1. Ventilyator qurilmalarining elektr yuritmalari va elektr ta’minoti sxemalari


Yer оsti lаhim o’tish kоmplеkslаrini elеktr tа’minоti sхеmаlаri


Download 77.36 Kb.
bet16/17
Sana09.10.2023
Hajmi77.36 Kb.
#1695828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Topshiriqlar

20.Yer оsti lаhim o’tish kоmplеkslаrini elеktr tа’minоti sхеmаlаri.
Ko’mirqazib olish texnologik jarayoni uchta asosiy funktsiyadan iboratdir: ko’mirni qazib olish, uni shtrek bo’ylab qayta yuklash punktiga eltish va krovlyani boshqarish. Bu jarayonlarning har birini mos funktsional mashinalar: qazib oluvchi, tashuvchi va mexanizatsiyalashgan mustahkamlagichlar bajaradi.
Qazib oluvchi mashinalarga ishchi organi yordamida ko’mirni massivdan ajratib oluvchi kesuvchi (vrubovыe) mashinalar, qazib oluvchi (ochistnыe kombaynы) kombaynlar va qirg’ich (strugovыe) qurilmalari kiradi.
Kesuvchi mashina faqat bir tomonli texnologik sxema bo’yicha ishlaydi, ya’ni zaboy bo’ylab bir tarafga kesish jarayonini bajaradi, orqaga bo’sh ishsiz holatda qaytadi. Kesuvchi mashina bar yordamida qatlam tagidan kesilgan tirqish hosil qiladi.Kesilgan massiv burg’ulash-portlatish usuli bilan buziladi.Bu mashinalarning harakatlanish usuli trossni o’zining barabani 2 ga o’rash hisobiga amalga oshiriladi.
Qazib oluvchi kombaynlar.Qazib oluvchi kombaynlar –(15.1-rasm) bu shunday kombinatsiyalashgan mashinalarki, bir vaqtning o’zida ikki, uchta jarayonni - ko’mirni massivdan ajratib olish (zarubku, otboyku) va uni zaboy konveyeriga yuklashni mexanizatsiyalashtiradi. Qazib oluvchi kombaylar qazish chegaralariga qarab keng va tor qamrovchi kombaynlar guruxlariga bo’linadi. Keng qamrovchi kombaynlar ishchi organi qamrash kengligi 1m dan ortiq (odatda 1,6; 1,8; 2m), tor qamrovchilar esa –1 m va undan kam bo’ladi. 15.1-rasm. Yer osti konlarida ishlatiluvchi qazib olish kombayniQazib oluvchi kombaylarni shartli ravishda qazib olayotgan qatlam qalinligi bo’yicha: yupqa ( 0,8 m gacha qalinlikda), kichik qalinlikdagi (0,8—1,5 m), o’rta qalinlikdagi (1,5—3,5 m) va qalin (3,5 m dan oshiq) qatlamlarda ishlatiluvchi guruxlariga ajratish mumkin.
Keng qamrovchi kombaynlar - asosan kesuvchi mashinalar bazasida uning ishchi organi va transmissiyasini konstruktiv o’zgartirish orqali yaratilgan. SHuning uchun ularning ishlash chegarasi bir tomonlama texnologik sxema asosida belgilanadi.Misol uchun,
15.2-rasm. Keng qamrovchi kombaynlar yordamida ko’mir qazish texnologiyasi: a-kesuvchi mashina bilan; b-Donbass ken qamrovchi kombayni bilan; v -2KTSTG – keng qamrovchi kombayni bilan.
«Donbass-1G» kombaynining tuzilishi va texnologik sxemasini keltiramiz (15.2-rasm,b). Bu kombayn quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: elektryuritgich 4, harakatlantirish mexanizmi 3, baraban 2 va sim arqon 1 dan tashkil topgan tortish organi; uzatish mexanizmi 5 (transmissiyasi); rasshtbovshik 6; kombinatsiyalashgan ish bajaruvchi organ 7 (buzuvchi shtanga va diskli 8 aylana bar); pritsepli aylana yuklagich 9. «Kirovets» keng qamrovchi kombayni (0,6-0,8 m qalinlikdagi qatlamlarga mo’ljallangan) «Donbass-1G» dan farq qilib, diskli buzuvchi shtangasi bo’lmaydi. Aylana yuklagichi esa 2 xil konstruktsiyalidir: aylanasimon sidirgichli zanjiri pritsepli va bir aylanali sidirgichli bitta tayanchga ega bo’lgan zanjir.
2KTSTG kombayni tuzilishi va texnologik ishlash sxemasi yuqoridagilardan farq qiladi. Uning ishchi organi 4 ta burg’ulash koronkasidan va kesuvchi zanjirli chegaralovchi aylana bardan iborat (15.2-rasm, v).
Hozirgi vaqtda keng qamrovchi kombaynlar deyarli ishlatilmaydi, ular o’z o’rnini to’la ravishda tor qamrovchi kombaynlarga bo’shatib berishgan. Keng qamrovchi kombaynlardan faqatgina «Kirovets» va 2KTSTG kombaynlarigina ayrim shaxtalarda ishlatilmoqda.
Tog’-kon kovlash ishlari mexanizatsiya sohasida asosiy yo’nalishlar kombayn va komplekslarni keng tadbiq etish hisoblanadi. Bu yo’nalishlar keyingi yillarda yetarli darajada amalga oshirilmoqda. Ko’mir qazish kombaynlaridan farqli o’laroq tavsifi bo’yicha texnologik jarayonda kovlab kiradigan kombaynlar tegishli transport vositasida bir vaqtning o’zida ham yig’ishtirish va yuk tushirish ishlarini bajarib, jins va ko’mirlarni ishlab chiqarish ishlaridan o’tishi kerak. SHu sababli ham konstruktsiyaning ijrochi organidan tashqari kovlab kiradigan kombayn o’ziga shunday elementlarni oladiki, yuklovchi sifatida, yuk tushirgich –yuk ortgich bunkeri, nasos stantsiyalari, chang so’ruvchi uskunalari va boshq.
Bularning hammasini ayrim elementlar uchun induvidual elektroyuritgichli ko’p yuritgichli elektrouzatmali kombayn aniqlab beradi. Kombaynlarning elektrouzatmalari o’rnatilgan quvvati yig’indisikeng chegarada tebranishi va ahamiyatli kVt miqdorga yetadi4PU - 63; PK-Zr - 65; GPKS-175 - 185; 4PP-5 - 350; «Ural-10KSA» - 475; «Ural-20KSA» - 533. Kovlab boradigan kombaynlar RVni bajarishda seriyali elektr jihozlari bilan ishlab chiqarilib, komplektlanadi. Kombaynlarni elektr ta’minoti elektr tarmog’idan 380 va 660 V kuchlanishda amalga oshiriladi.
Kombaynlarning elektr jihozlari elektr yuritgich uzatmasidan, boshqarish va blokirovka, yoritish asbobi, ishga tushiruvchi va himoyalovchi apparaturali boshqarish stantsiyasidan iborat. Asosiy uzatmali elektr yuritgichlariga VRP, VRT, VAOPK-280, EKV2-160-4 va boshqalar kiradi. Kuchlanish odatda masofadan turib magnit kuchaytirishgich (ishga tushirgich) orqali uzatiladi, u shtrekda kovlanayotgan joydan 100-150 m masofada joylashgan bo’lib, msolashuvchan kabel bo’yicha RSHVS shtepselli ajratgich orqali boshqarish stantsiyasiga, undan esa fara va uzatmali yuritgichga uzatiladi.
1 Rasm.GPKS yuritgichli kombaynning printsipial elektr sxemasi:
M1- ijrochi organ; M2-konveyer, M3-tebranuvchi qism; M4 –yuk tushirgich-yuk ortgich; elektro yuritgichlar stantsiyaning har bir kombaynda o’rnatilgan boshqarish pulьtidan boshqariladi.Boshqaruv stantsiyasi apparat bo’linmasi va kabel chiqarish bo’linmasdan iborat. Apparat bo’linmasida yuritgich bilan rostlanadigan apparatura, himoya apparati, tushiruvchi transformatorlar, oraliq relesi va hokazolar joylashtiriladi.
Kabel chiqaruvchi bo’linma yuritgich yordamida kabellarni birlashtirish uchun xizmat qiladi, sirenasi va yoritish farasi boshqaruv stantsiyasiga ulanadi.

Download 77.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling