1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni


Download 0.49 Mb.
bet5/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1643822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M

www.uzbekistonmet.uz veb-saytining «Onlayn maslahatchi» dasturlari orqali qayd etilgan murojaatlarga berilgan javoblar bir necha mingtadan oshdi.
,, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari “ aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan 2022-yil davomida sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida 28 marta yoritildi.
Shundan:
2022-yilning 1-yarmi davomida sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida 17 marta yoritilgan;
2022-yilning 2-yarmi davomida sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida 11 marta yoritilgan.
,, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari “ aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan 2022-yil davomida xorij mabuotida mualliflik maqola e’lon qilinmadi
1.2. Neytrali yerga ulanmagan tarmoqlarda avariyali rejimlarni xususyiyatlari.

Neytrallarining ish rejimiga ga qarab elektr tarmoqlari to‘rt guruhga bo‘linadi:



  • Neytrallari yerga ulanmagan tarmoqlar.

  • Neytrallari yerga rezonansli ulangan tarmoqlar.

  • Neytrallari yerga samarali ulangan tarnoqlar.

  • Neytrallari qo'zg'almaydigan ulangan tarmoqlar.

Mamlakatimiz hududida neytrallari yerga ulanmagan hamda neytrallari yerga rezonansli ulangan tarmoqlar kuchlanishi 3 – 35 kV li tarmoqlar va transformator yoki generatorlarning neytrallari kirib, ular yerdan izolyatsiyalanadi yoki yerga yoy so‘ndiruvchi g‘altaklar orqali ulanadi.
Xalqaro elektrotexnika qo‘mitasi MEK tavsiyasiga ko‘ra yerga samarali ulangan neytralli tarmoqlarga neytrallari yerga bevosita yoki katta bo‘lmagan aktiv qarshilik orqali ulangan yuqori va o‘ta yuqori kuchlanishli tarmoqlar kiradi. Mamlakatimiz hududida bunday guruhlarga yerga qo‘zg‘almaydigan ulangan neytralda ishlaydigan kuchlanishi bo‘yicha 110 kV va undan yuqori bo‘lgan tarmoqlar kiradi.
Elektr enrgiyasida ishlaydigan har qanday agregat, jihoz va ishchi hodimlarni avvalambor havfsizligi muhim ahamiyatga ega. 36 V kuchlanishdan boshlab Inson hayoti uchun havfli hisoblanadi. 0.1 A tok kuchi insonni o‘lim bilan yakunlashi mumkin. Bunday baxtsiz hodisalarni oldini maqsadida biz ishlayotgan elektr jihozlarni va ish maydonini yerlatgichlar bilan himoya qilib olishimiz kerak bo‘ladi. Elektr uskunalari neytrallari deb generator yoki transformatorlarning yulduz shaklida ulangan chulg‘amlarining umumiy nuqtasiga aytiladi.
Mashina va transformatorlar neytrallarining yer bilan tutashish turi ko‘p jihatdan elektr uskunalarining izolyatsiyalanish sifati va kommutatsiya jihozlarini tanlashga, o‘ta kuchlanishlar kattaligi va ularni cheklash usullariga, yer bilan bir faza orqali qisqa tutashuvdagi toklarning kattaligi, releli himoyaning ish sharoiti va elektr tarmoqlaridagi xavfsizlikka, aloqa liniyalariga ko‘rsatiladigan elektromagnit ta’sir va hokazolarga bog‘liq.
Elektr qurilmalarinung neytral nuqtalari holatiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lib neytrali to‘g‘ridan – to‘g‘ri yerga ulangan qurilmalar

  • Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lib neytrali izolyatsiyalangan qurilmalar

  • Kuchlanishi 1000 V dan yuqori biror liniya yer bilan tegishi natijasida qisqa tutashuv sodir bo‘lganda yerga o‘tadigan tok kuchi Iz ≤ 500 A kichik bo‘lsa neytrali izolyatsiyalangan qurilmalar

  • Kuchlanishi 1000 V dan yuqori va qisqa tutashuv toki Iz > 500 A katta bo‘lsa neytrali to‘g‘ridan – to‘g‘ri yerga ulangan qurilmalar

1000 V dan yuqori elektr tarmoqlarda esa elektr uskunalar elektr ta’minotining uzluksizligi, xizmat ko‘rsatish xavfsizligi, ishonchliligi va tejamkorliligi bilan aniqlanadi.
Eng kop tarqalgan past kuchlanishli tarmoqlar - kuchlanishi 380/220, 220/127, 660/380 V bo‘lgan elektr tarmoqlardir. Bunday tarmoqlar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib ko‘pchilik iste’molchilar ular orqali ta’minlanadi. PUE qoidalariga ko‘ra havfsizligi va ekspluatatsiyasi qulay bo‘lishi uchun ularning neytrali chuqur yerga ulanadi.
Uch fazali iste’molchilar (dvigatellar) bir fazali qisqa tutashuv rejimida
nosimmetrik kuchlanishlar sistemasiga ulangan xolda qoladi, ayniqsa
elektrodvigatellar uchun bu rejim katta xavf tug‘diradi. Elektromagnit maydon
o‘zining uch fazalik xususisyatini ya’ni statordagi elektr maydon bilan rotorning aylanish tezliklari o‘zgaradi va pulbsatsiyalangan maydon ko’rinishini oladi. Elektrodvigatelning aylantiruvchi momenti kamayadi, dvigatel to‘xtab qolishi ham mumkin, qarshilik kamayib, iste’mol qilinayotgan tok keskin ortadi. Elektrodvigatel chulg‘amlari qizib ketadi. Quyidagi suratda 3 fazali liniya kuchlanishiga elektr matori va har bir faza kuchlanishiga alohida yoritish qurilmalari nol simga ulanganini ko‘rishimiz mumkin. Elektr xavfsizligi uchun motorning korpusi va boshqa metall qismlar yerga ulanadi. Har bir fazaning yerga ulanishi qisqa tutashuvga olib keladi, shu fazadagi saqlagich kuyadi va tarmoqni shikastlanishdan saqlaydi.

1.2.1-rasm. Neytrali qo'zg'almaydigan ulangan tarmoq.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlar neytrallik rejimi
bo‘yicha yerga ulanish toki kam bo‘lgan tarmoqlarga I ≤ 500 A va 6, 10, 35 kV
va yerga ulanish toki katta bo‘lgan tarmoqlarga Iz > 500 A va U > 110 kV
bo‘linadi. Yerga ulanish toki kam bo’lgan tarmoqlar izolyatsiyalangan yoki
kompensatsiyalangan neytrali bilan ishlaydi.
Normal holatda tarmoqda yuklanish toklaridan tashqari uch fazali o‘tkazgichlar orasida sig‘im toklari IC ham oqadi.
Uch fazali sistema simmetriyali bo'lganda, IC = 0 va betaraf nuqta
orqali tok oqmaydi. Agar biror faza yerga ulanib qolsa misol uchun quyidagi rasmdagi C faza bo‘lsin , tok yerga ulangan joydan neytrallangan nuqtaga oqadi . Iq.t juda katta, chunki yerning tok oqishiga bo‘lgan qarshiligi kichik. Shuning uchun faza o‘tkazgichining yerga ulanib qolishi neytral nuqtasi bevosita yerga ulangan tarmoqlarida qisqa tutashuvga olib keladi va elektr tarmog‘i saqlagich orqali uziladi.

1.2.2-rasm. Neytrali yerdan izolyatsiyalangan elektr tarmoq.
Bunda bir tarafdan ta’minlanayotgan avtomatik qayta ulash uskunasi ishlaguncha yoki shikastlangan joy tuzatilguncha elektr energiya bilan ta’minlanmaydi. Sig'imning qarshiligi juda katta bo‘lganligi sababli shikastlangan sig‘imga oqayotgan tok IC qisqa tutashuv toki Iq.t. ga nisbatan juda kichik va iste’molchilarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi.
Neytrali izolyatsiyalangan yuqori kuchlanishli tarmoqlar yerga ulanish toki kichik bo'lgan elektr tarmoqlarga tegishli. Biror faza yerga ulanib qolsa qisqa tutashuv toki faza va yer bilan tutashgan joydan shikastlanmagan fazalar sig'imiga va keyin
tarmoqlardan neytral nuqta orqali shikastlangan joyga oqadi. Quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
Biroq fazadagi kuchlanish oshadi. Agar normal holatda izolatsiya faza kuchlanishi ta’sirida bo‘lsa (faza va yer orasi), faza yer bilan tutashganda “yer” C nuqtaga suriladi. Misol uchun A faza va yer orasidagi kuchlanish liniya kuchlanishiga teng bo‘ladi, ya’ni √3 marta oshadi (3Uf). Shunday qilib, neytral nuqtasi yerdan izolyatsiya qilingan sistemada biror fazani yer bilan tutashuvi iste’molchini o‘chirilishiga olib kelmaydi. Lekin izolyatsiya √3 marta kattaroq kuchlanishni
ko‘tarishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Izolyatsiyaga faza kuchlanishi tushadi u
shu kuchlanishda uzoq muddat ishlab turishi lozim.
Neytral nuqtasi kompensatsiyalangan yuqori kuchlanishli tarmoqlar yerga tutashuv toki past bo‘lgan tarmoqlar sarasiga kiritiladi. Bunday elektr tarmoqlarining betaraf nuqtasiga yer bilan tutashgan yoy so‘ndiruvchi sig‘im toklarini kompensatsiyalaydigan elektr g‘altagi joylashlashtiriladi. Simmetrik sistema uchun neytralva yer potentsiali bir xil bo‘lganligidan normal rejimda g‘altakka tok oqib bormaydi. Yoy so‘ndiruvchi g‘altakneytralga, sig‘im toklarini kompensatsiya qilish uchun o‘rnatiladi.


  • 1.2.3-rasm neytrali yerga samarali ulangan tarmoqlar

Kompensatsiyalangan tarmoqlarning kamchiligi – izolyatsiyasini
kuchaytirish talab qilinadi va yoy so‘ndiruvchi g‘altak o‘rnatilishi kerak bo‘ladi.
Kompensatsiyalangan tarmoqlarning afzalligi – neytrali izolyatsiyalangan tarmoqlardagidek biror faza simi yerga ulanib qolsa, iste’molchi tarmog‘i o‘chirilmaydi, liniya ishchi holatda qoladi.
Biroq fazaning yer bilan tutashuvi tufayli, neytral nuqtasi yerdan izolatsiya qilingan elektr tarmoqlaridagi kabi qolgan ikki shikastlanmagan fazaning yerga nisbatan kuchlanishi √3 marta oshadi, neytral nuqta bilan yer orasidagi kuchlanish esa faza kuchlanishga teng bo‘lib qoladi. Bu kuchlanishlar orasidagi farq
tufayli tok shikastlangan joydan g‘altakka va bir vaqtning o‘zida shikastlanmagan faza sig‘imlarida IC oqadi. Faza o‘tkazgichi yer bilan tutashgan joydagi tok IL va IC toklari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. IL induktiv, IC sig‘im toklar bir biriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lib, bir birini kompensatsiya qiladi ( a rasm ). Shikastlangan joyda hosil bo‘lgan elektr yoyi ancha kamayadi va so‘nadi, chunki g‘altak induktivlikdan tashqari aktiv qarshilikka ham egadir. Induktiv va sig‘im toklari tengligida hosil bo‘lgan kompensatsiya rezonans kompensatsiyasi deyiladi. Yerga
tutashuv tokining mumkin bo‘lgan qiymati 10-30 A atrofida bo‘lib, tarmoqning kuchlanishiga bog‘liqdir. Agar bu tok mumkin bo‘lgan qiymatdan katta bo‘lsa, yoy faza yer bilan tutashgan joyda o‘chmasligi va izolyatsiya shikastlanishi mumkin. Neytral nuqtani yer bilan elektr yoyini o‘chirish g‘altagi orqali ulashimiz yerga tutashuv tokini anchaga kamaytiradi. Shuning uchun yoy tutashgan joyda turg‘un holatda bo‘lmaydi va tezda o‘chadi. Yoy o‘chgandan so‘ng, kuchlanish asta-sekin o‘zining dastlabki holatiga qaytadi, buning natijasida qaytadan yoy hosil bo‘lishi va kommutatsiya kuchlanishlarining oshish ehtimoli juda kamayadi. Bunday tarmoqlarda bir fazaning yerga tutashuv toki 50 A dan oshmaydi.

Yuqori kuchlanishli yopiq yerlangan neytralli tarmoqlar – Yuqori kuchlanishli yerlangan neytralli tarmoqlarga yerga tutashuv toki katta bo’lgan


(IZ > 500 A), nominal kuchlanishi 110 kV dan yuqori bo’lgan tarmoqlar kiradi.
Transformatoming neytral nuqtasi qarshiligi kam bo’lgan (Rer< 1 Om) yerga
ulanish qurilmasi yordamida yerga ulanadi. Tarmoqning normal rejimlarida
fazalarda ishchi toklaridan tashqari I, sig’im toklari oqadi. Uch fazali tarmoq
simmetrik bo‘lganida neytral simda tok oqmaydi, ya’ni EInol= 0 bo’ladi. Sig’im toki I, induktiv tokga IL nisbatan kam bo’ladi.
Biror faza simi yerga ulanib qolsa, tarmoqda qisqa tutashgan yerga tutashtiruvchi qurilma yer va nol nuqtasidan qisqa tutashuv joyigacha bo’lgan
tarmoq uchastkasining qarshiliklarini o‘z ichiga olgan kontur yuzaga keladi. Hosil bo’lgan uchastkaning qarshiligi kam bo‘lganligi tufayli bunday yerga ulanish qisqa tutashuv rejimini yuzaga keltiradi. Tarmoqda katta qiymatli qisqa tutashuv toklari oqadi va rele ximoyasi vositalari ishga tushib, tarmoq uchastkasi (sekundning o’ndan bir qismi davomida) ajratiladi.
Yuqori kuchlanishli neytrali yerlangan tarmoqlarning kamchiliklari:
• qisqa tutashuvda tarmoqning uzilishi elektr ta’minotida uzilishlarni yuzaga
keltiradi;
• katta miqdordagi qisqa tutashuv toklarni o’tkazib yuborish uchun murakkab sistemali ko’p metal sarfi talab qiladi, yerga ulanish qurilmalari uchun qo’shimcha kapital mablag‘lar kerak bo’ladi
• ayrim holatlarda bir fazali qisqa tutashuv tokining kattaligi uch fazali qisqa tutashuv tokidan ortib ketadi, shu sababli transformatorlar neytrallarining bir qismi yerga ulanish tarmog‘idan uzib qo‘yiladi.

1.2.1-jadval. Elektr tarmoqlarining neytrali turilicha ulangandagi afzalliklari va kamchiliklari.



Tarmoq turi

Qo‘llanilish sohasi

Afzalliklari

Kamchiliklari

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan neytrali chuqur ulangan elektr tarmoqlar

Kuchlanishi 380/220, 220/127, 660/380 V to‘rt simli tarmoq

Uch fazali va bir fazali iste’molchilar avtonom ishlab turishi mumkin

Nol sim uchun qo‘shimcha metall sarf bo‘ladi

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan neytrali izolyatsiyalangan elektr tarmoqlar

Kuchlanishi 660V, 380V, 220V, bo‘lgan asosan uch fazali simmetrik iste’molchilar bo‘lgan elektr tarmoqlar

Elektr tarmoqlar uchta simdan iborat bo‘lganligi uchun o‘tkazgich materiallari sarfi kam bo‘ladi

Izolyatsiyasi muntazam ravishda (sistemaviy) nazorat qilib turilishi zarur

Yerga ulanish toki kam bo‘lgan neytrali izolyatsiyalangan elektr tarmoqlar

Kuchlanishi 6, 10 va 35 kV bo‘lgan elektr tarmoqlar

Biror faza o‘tkazgich simi yerga ulanib qolsa istemolchi o‘chirilmaydi

Faza va yer orasidagi izolyatsiya kuchaytirilgan bo‘ladi

Yerga ulanish toki katta bo‘lgan neytraliga kompetsatsiyalovchi g‘altak ulangan elektr tarmoqlar

Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori 110kV va 220 kV li transformatorlarning bir qismi yerdan ajratib qo‘yilgan

Izolyatsiyasini kuchaytirish zarurati yo‘q

Qisqa tutashuv rejimida iste’molchi tarmoqdan uziladi




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling