1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni
Download 0.49 Mb.
|
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M
Tok himoyasi – himoyalanayotgan ob’ektda tok oldindan belgilangan ma’lum qiymatlar chegarasidan chiqqanda ishlaydigan himoyaga aytiladi.
Maksimal tok himoyasi – faza toki oldindan belgilanga ma’lum qiymatdan ortganda ishlaydigan himoyaga aytiladi. Maksimal tok himoyasi MTH va tok otsechkasi orasidagi farq himoyaning tanlash hususiyatini ta’minlashda. Maksimal tok himoyaning tanlash hususiyati hayallash vaqtini to‘g‘ri tanlash va Tok otsechkasi TO ning tanlash hususiyati esa – ishga tushish tokini to‘g‘ri tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. MTH maksimal yuklama toklari va motorlarning ishga tushish toklaridan, TO himoyalanayotgan ob’ektning so‘ngidagi maksimal qisqa tutashuv toklaridan himoya qiladi. Bir tomondan manbaga ulangan elektr uzatish liniyalarida MTH asosiy himoya bo‘lib hisoblanadi va har bir liniyaning manba tomondan hisoblaganda boshlanish nuqtasiga o‘rnatiladi. MTH qisqa tutashuv yuz berganda ishonchli ishlashi va maksimal yuklama toklari hamda elektromatorlarning o‘z yuzgizish toklari ta’sirida ishlamasligi kerak. Bundan tashqari shikastlanmagan liniyaning MTH si tashqi qisqa nuqtasi uzilgandan keyin dastlabki holatiga qaytishi, ya’ni yuklama toklari ta’sirida ishlashda davom etmasligi kerak. MTH ning ishga tushish toki IHimoya = Kz * KYu * IIsh.max / KQ (1.3.1) Kz = 1.1, … 1.2 zahira koeffitsienti KYu – Elektromatorlarning o‘z yurgizish tokini hisobga oluvchi koeffitsienti xisoblanadai, va KYu = 2 … 3 olinadi KQ = 0.8 Tok relesining qaytish koeffitsienti IIsh.max – ishchi maksimal tok Tok relesining ishga tushish toki IR.I.T = Ksx * IHimoya / KT.T (1.3.2) Ksx – sxema koeffitsienti, himoyaning tok transformatorlari yulduz yoki to‘la bo‘lmagan yulduz sxemasi ulanganda Ksx = 1 va uchburchak yoki rele ikki fazaning toklari farqigan ulanganda Ksx = 1.73 olinadi. KT.T – Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti TO qisqa tutashuvni tezlik uzishni ta’minlovchitok himoyasining bir turidir. TO asosan manbaga yaqin bo‘lgan liniyalarda qo‘llaniladi. Chunki bunday liniyalardan katta qisqa tutashuv toklarining uzoq vaqt o‘tishi xavfli hisoblandi va agar salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi ham mumkin bo‘ladi. TO ning tanlash hususiyati uning ishlash zonasini cheklash yo‘li bilan amalga oshiriladi, ya’ni keyingi liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda ishlamasligi kerak. Buning uchun TO ning ishlasj toki himoyalanayotgan liniyaning so‘ngi nuqtasida qisqa tutashuv bo‘lganda himoydan o‘tadigan maksimal tokdan katta bo‘lishi kerak. TO ning ishlash toki IHimoya = Kz * Ik.max (1.3.3) Ik.max - himoya qilinayotgan ob’ektning manba tomonidan hisoblaganda so‘ngida qisqa tutashuv bo‘lganda hosil bo‘ladigan eng katta tok Kz – zahira koeffitsienti Differensial himoya tez ishlaydigan va absolyut tanlashga ega bo‘lgan himoya hisoblanadi. Ular himoyalanayotgan ab’ektning boshlang‘ich va oxirgi qismlaridagi toklar ayirmasiga farqi bo‘yicha ishlashga mo‘ljallangan. Bo‘ylama differensial himoya himoyalanayotgan elementning boshlanish va so‘nggidagi toklarni taqqoslashga asoslangan. Toklar qiymati va fazasi bo‘yicha taqqoslanadi. Bo‘ylama differensial himoyalar transformatorlar, quvvati katta elektromatorlar, generator va uzun bo‘lmagan liniyalarda qo‘llaniladi. Bo‘ylama differensial himoyani bajarish uchun liniyaning boshlanish va so‘ngiga bir xil transformatsiya koeffitsientiga ega bo‘lgan tok transformatorlari o‘rnatiladi . 1.3.1-rasm. Ko‘ndalang differensial himoya. Ko‘ndalang differensial himoyalar ikki yoki undan ortiq bir xil parametrlarga ega bo‘lgan parallel liniyalarni himoya qilish uchun ishlatiladi va uning ishlash prinsipi liniyalarning bir xil nomdagi fazalaridan toklarni qiymati va fazalari bo‘yicha taqqoslashga asoslangan. Liniyalarning qarshiliklarga teng bo‘lganligi sababli bu toklar bir biriga teng bo‘ladi ya’ni II = III , liniyalardan birida qisqa tutashuv sodir bo‘lsa tenglik buziladi. Liniyalarning boshlanishida bu toklarning fazalari bir xil lekin qiymatlari teng emas, liniyaning so‘nggida qiymatlari bir xil ammo qiymatlari qarama – qarshi yo‘nalishga ega bo‘lib qoladi. 1.3.2-rasm. Bo‘ylama differensial himoya. Quyidagi rasmda parallel liniyalarning bitta fazasi uchun ko‘ndalang differensial himoya sxemasini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Sxemada ko‘rib turganimizdek tok transformatorlari ikkilamchi toklarning farqi KA differensial rele ya’ni tok relesining cho‘lg‘amidan o‘tadigan qilib ulanadi. Normal rejim va tashqi qisqa tutashuvlarda bu farq nolga teng bo‘lganligi uchun rele ishlamaydi, ammo liniyalarni birida qisqa tutashuv sodir bo‘lsa ikkilamchi toklarning qiymatlari teng bo‘lmaydi va rele ishga tushib himoya zonasini himoya qiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling