1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni


Ishonchlilikni oshirish metodlari


Download 0.49 Mb.
bet10/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1643822
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M

2.2. Ishonchlilikni oshirish metodlari.
Elektr energiyasini uzatishda havo liniyalarida sodir bo‘ladigan texnologik buzilish sabablarini ko'rib chiqamiz.
Havo liniyalarining normal ishlashi va uning texnik holatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar aniqlangandan va tuzatilgandan so‘ng, texnologik buzilish sodir bo‘lgan tarkibiy element o‘rnatiladi. Ushbu ma'lumotlarning uzoq vaqt davomida rasmiy ravishda to'planishi. Statistik ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida shuni ta'kidlash mumkinki, texnologik buzilishlarga eng moyil bo'lgan tarkibiy element simdir.
Nosoz tarkibiy element aniqlanganda, har bir alohida holatda, texnologik buzilish tekshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun dastlab baxtsiz hodisalar va qoidabuzarliklarning tabiati aniqlanadi, so'ngra ushbu elementlarning texnologik buzilishlarga olib kelgan sabablari va uning paydo bo‘lishi bilan bog'liq holatlar aniqlanadi.
Tahlil natijasida texnologik buzilishi fizik hodisa sifatida quyidagi bosqichlarga muvofiq rivojlanadi:
1-bosqich: ta'sir omillari deb ataladigan havo liniyalariga ta'sir qilish va unga bog‘liq holatlarning paydo bo'lishi;
2-bosqich: ta'sir omillarining namoyon bo‘lishi, ya'ni texnologik buzilish sababining paydo bo‘lishi o'rganilmoqda;
3-bosqich: texnologik buzilish sabablarini rivojlantirish o‘rganilmoqda;
4-bosqich: texnologik buzilish tabiatining yakuniy shakllanishi o‘rnatiladi.
Elektr ta’minoti ishonchligini oshirish usullari ikki guruhga bo‘linadi
Tashkiliy usullari
Texnika usullari
Tashkiliy usullari

  • Mehnat intizomini mustahkamlash

  • Ishchi hodimlarning malaksini oshirish

  • Remont va proflaktika sinovlarini eksplutatsiya qoidalarida ko‘rsatilgan muddatlarda bajarish

  • Reja bo‘yicha o‘tkazuvchi remont va proflaktika ishlarini korxonaning tehnologiya qurilmalariremont bo‘ladigan muddatga tayinlash va boshqalar

Tehnika usullari

  • Elektr tarmoqlarini rezervlash ya’ni ikki tomondan ta’minlanuvchi liniyalar qo‘llash, liniyalarni xalqa sistemasiga o‘tkazish yoki tayanchlarda 6 ta sim orqali ikkita liniya tortish

  • I va II–toifali iste’molchilarga rezerv elektr stansiyalari orqali ta’minlash

  • Elektr tarmoqlarida avtomatika va telemexanika vositalarini qo‘llash

Elektr energiyasini iste’molchilarga yetkazib berishda asosan havo uzatish liniyalaridan foydalaniladi va ularda yuz beruvchi qisqa tutashuvlarning ko‘pligi qisqa muddatda o‘z - o‘zidan yo‘q bo‘ladi. Qayta ulash avatomatika qurilmalalari APV qo‘llanilsa rele himoyasi qisqa tutashgan liniyani uzgandan so‘ng uni qayta ulab 76 % hollarda ishlashdan saqlab qoladi. Ikki marta takrorlab ulovchi 2 APV esa 80 % hollarda liniyani ishlashdan saqalab qoladi.
Elektr ta’minoti sistemasining alohida qismlarini ishonchliligini oshirish
Elektr tarmoq rivojlanishining solishtiruvchi barcha variantlari iste’molchilarga bir xil darajada elektr energiya yetkazib berilishini ta’minlashi kerak. Har bir variantda belgilangan vazifalarni foydalanish ko‘rsatkichlarini normative hujjatlarda keltirilgan darajada saqlanishini ko‘zda tutuvchi ishonchlilikni ta’minlash lozim.
I–toifa iste’molchilari uchun elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzilish ko‘riladigan zarar iqtisodiy ekvivalent sifatida ifodalash mumkin bo‘lmagan asoratlar bilan bog‘liqdir. I va II–toifa iste’molchilarini ta’minlovchi elektr t armoq sxemasining ishonchlilik darajasini baholovchi sifatida ishonchlilikning quyidagi tehnik ko‘rsatkichlari qabul qilingan. Ishdan chiqish oqim parametri yillik o‘rtacha ishdan chiqishlar soni ishdan chiqish/ yil
Elektr energiyasi bilan ta’minlashning qayta tiklanish o‘rtacha vaqti
Tm yil/ishdan chiqish
Yil davomida ishdan chiqmaslik ehtimolligi p nisbiy birlikda
II–toifa iste’molchilarida elektr bilan ta’minlanishdagi uzilish ko‘riladigan zarae iqtisodiy ekviva‘lent ko‘rinishda ifodalanishi mumkin bo‘lgan talofatlarga olib keladi. Bunda elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzulishdan qutuladigan yillik o‘rtacha xalq xo‘jalik zarari U ( ming so‘m/yil ) keltirilgan harajat ifi=odasiga kiritiladi.
Z = pn K + I + U (2.2.1)
Avariya natijasida elektr energiyasi bilan ta’minlashning buzilishidan ko‘riladigan yillik va o‘rtacha zarar quyidagicha topiladi.
UM =  Tт Рeng katta yuklama yuklama Usolishtirma zarar (2.2.2)
bu yerda Рeng katta yuklama - normal holatdagi eng katta umumiy yuklama kW
yuklama - iste’molchi yuklamasining chegaraviy koeffitsienti. Olingan ishdan chiqishda uzilib qoladigan yuklamani normal holatdagi umumiy eng katta yuklamasiga nisbatiga teng. Elektr energiyasi bilan ta’minlash to‘liq uzilganda ю = 1, to‘liq zaxiralangan taqdirda ishdan chiqish yuz bersa, yuklama talab etuvchi quvvatni olaveradi va bunda ю=0.
Usolishtirma zarar - elektr energiyasi bilan ta’minlashning majburiy uzulishidan ko‘riladigan o‘rtacha yillik solishtirma zarar ming so‘m ( kW * yil )
 va Tm ning qiymatlari qo‘llanmalardan olinadi.
UOM yuklamaning tarkibi va ю ga bog‘liq ravishda tipik bog‘lanishlardan aniqlanadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling