1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni
Yo‘riqnomalar va mashqlar o‘tkazish
Download 0.49 Mb.
|
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4. Ish o‘rganish va asosiy ishchi vazifasini bajarish tartiblari.
3.3. Yo‘riqnomalar va mashqlar o‘tkazish.
Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni (maxsus ishlarni) bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida bilimlar sinovidan o‘tganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv bo‘lishi shart. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:balandlikda bajariladigan ishlar, tok o‘tkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlar, izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta’mirlash, izolyatorlarni va biriktiruvchi qisqichlarni o‘lchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni moylash, bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatish, uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash ya'ni megaommetr bilan ishlashdan tashqari. Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda to‘ldirilishi mumkin. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlariga jalb qilinishi taqiqlanadi. 3.4. Ish o‘rganish va asosiy ishchi vazifasini bajarish tartiblari. 1000 V dan yuqori kuchlanishli bo‘lgan havo liniyalarida quyidagi ishlarni bajarishda ish rahbari tayinlanishi shart: Havo liniyalarining muhofaza zonasida yuk ko‘tarish mashina va mexanizmlaridan foydalanib ishlash; barcha turdagi tayanchlarni o‘rnatish va demontaj qilish bo‘yicha; boshqa havo liniyalari va transport magistrallari bilan kesishgan joylarda; yangidan qurilgan havo liniyalarini ulash bo‘yicha; simlar va troslarni ulash sxemalarini o‘zgartirish bo‘yicha; ko‘p zanjirli havo liniyalarida, agar uning bir zanjiri ikkinchisi bilan ustma-ust joylashgan bo‘lsa, yoki zanjirlar soni ikkitadan ko‘p bo‘lgan va ularning biri yoki barcha qolganlari kuchlanish ostida qolgan bo‘lsa, uning o‘chirilgan zanjirida; odamni erdan izolatsiya qilish bilan tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish ostida ishlar bajarilganda. Naryad beruvchiga yuqorida qayd qilingan ishlardan tashqari boshqa ishlarga ham ish rahbarini tayinlashga ruxsat beriladi. Havo liniyalarining tok o‘tmaydigan qismlarida, kuchlanishni olmasdan turib, quyidagi ishlarni farmoyish bo‘yicha bajarish mumkin: yer sathidan odam oyog‘igacha hisoblanganda 3 m gacha ko‘tarilib bajariladigan ishlar; tayanchlarning konstruktiv qismlarini buzmasdan bajariladigan ishlar; tayanchlar ustunini 0,5 m gacha chuqurlikda qazish ishlari; kesilgan daraxtlar simga ag‘anab tushmasligiga, shox-shabbalar kesilganda odamlar simlarga yaqin kelib qolmasligiga va ular simlar ustiga tushmasligiga qarshi ko‘riladigan choralar talab qilinmaydigan havo liniyalari trassalarini daraxt va shox-shabbalardan tozalash bo‘yicha ishlar. II guruhga mansub bir xizmatchiga havo liniyalarida farmoyish bo‘yicha quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi: ob-havo yaxshi bo‘lganda va yo‘l sharoitlari qulay joylardagi havo liniyalarini ko‘rib chiqish; - tayanchlardagi doimiy belgilarni tiklash, o‘lchash vositalari yordamida burchaklarni o‘lchash, tayanchlar atrofidagi maydonchani yong‘inga qarshi tozalash, tayanchlardagi bandajlarni bo‘yash. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling