1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni


III-bob. Fan va texnika yutuqlari asosida ekspluatsiya ishlarining optimizatsiya monitoringi


Download 0.49 Mb.
bet12/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1643822
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M

III-bob. Fan va texnika yutuqlari asosida ekspluatsiya ishlarining optimizatsiya monitoringi.
3.1. Elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xodimlari bilan kvalifikatsiya ishlarini tashkil etish.
Xodimlarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirish tartibi elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi talablariga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilar, o‘zlariga yuklatilgan vazifalar doirasida ushbu qoidalarni bilishlari va ushbu qoidalarga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhga mansub bo‘lishlari shart.
Qo‘yilgan talablarga javob beradigan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi va xodim guvohnomani ish vaqtida o‘zi bilan olib yurishi shart.

3.2. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari va muhofaza zonasida taʼmirlash ishlarini bajarish tartiblari.


Elektr tarmoqlari qurilishi uchun yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.
Elektr tarmoqlarining muhofaza zonasi – yer uchastkasi yoki yuzasidan tubigacha suv makonidir. Ularga egalik qilish va ulardan foydalanishning alohida tartibi belgilanadi. Mazkur Qoidalarga muvofiq belgilangan elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari ajratilgan yer uchastkalari hisoblanadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar trassalarning ijroiya topogeodeziya sur’atlari materiallarini ularni yerdan foydalanishning tegishli xaritalariga kiritish uchun hududiy arxitektura va qurilish organlariga taqdim etishi shart.
Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari hududlar kadastr bo‘yicha bo‘lingan va yer uchastkalari kadastr bo‘yicha suratga olingan holda qishloq joylarda yer resurslari tuman xizmatlari tomonidan, shaharlar va posyolkalarda ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan naturada belgilanadi hamda kadastr ishida qayd etilishi va yer uchastkaning kadastr rejasida aks ettirilishi kerak.
Ifloslantirish va elektr tarmoqlarining korroziyaga uchrashi manbai bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarida ifloslanish va korroziyaga uchrashni cheklovchi yoki elektr tarmoqlarining ifloslanish (korroziya) zonasidan chiqarish bilan bog‘liq chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.
Mavjud elektr tarmoqlari muhofaza zonalarining yer maydoni yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari, shu jumladan ijarachilardan olib qo‘yilishi mumkin emas.
Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘larning qo‘riqxona zonalari va davlat biosfera rezervatlaridan tashqari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda elektr tarmoqlari qurilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish
Elektr tarmoqlari ushbu elektr tarmoqlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan tashkilotlar tomonidan muhofaza qilinadi.
Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari mazkur Qoidalar bilan:
20 kV kuchlanishli liniyalar uchun-10 metrgacha
35 kV kuchlanishli liniyalar uchun-15 metrgacha
110 kV kuchlanishli liniyalar uchun-20 metrgacha
220 kV kuchlanishli liniyalar uchun-25 metrgacha
500 kV kuchlanishli liniyalar uchun-30 metrgacha masofada chetdagi simning liniyasidan har ikki tomon bo‘yicha turuvchi cheklangan vertikal tekislik yer uchastkasi va havo makoni shaklidagi elektr uzatish havo liniyasi bo‘ylab;
yer yuzasida (ularning cheklanmagan holatida) har ikki tomonidan 2 metr chetdagi sim proyeksiyasida turgan yer uchastkasi, cheklangan parallel to‘g‘ri shakldagi ming voltgacha elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab (binolarga kirish uchun tortilgan simlardan tashqari;
har ikki tomondan bir metr chetdagi kabellarda turgan, kabel liniyalari shaharlarda yo‘laklar ostidan o‘tgan taqdirda-0,6 metr binolar va inshootlar tomonga va ko‘chaning odamlar yuradigan tomoniga 1 metr yer uchastkasi, cheklangan parallel to‘g‘ri shakldagi elektr uzatish yer osti kabel liniyalari bo‘ylab;
har ikki tomondan chetdagi kabellardan 100 metrgacha masofada turgan vertikal tekislik o‘rtasidagi tubning suv yuzasidan suv makoni uchastkasi shaklida elektr uzatish suv osti kabel liniyalari bo‘ylab belgilanadi.
Elektr uzatish liniyalari bilan eng yaqindagi binolar va inshootlar, shuningdek daraxtlar va boshqa ko‘p yillik o‘simliklar o‘rtasidagi yo‘l qo‘yiladigan eng kam masofa elektr qurilmalarini loyihalashtirish va o‘rnatish asosida belgilanadi.
Mazkur qoidalarning nazarda tutilgan hollarda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari o‘lchovi va ularning rejimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda elektr tarmoqlari o‘z qaramog‘ida bo‘lgan tashkilot tomonidan belgilanadi. Elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish uchun kirish yo‘llari va boshqa inshootlar Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Agar elektr uzatish liniyalari o‘rmon massivlari orqali o‘tsa, bevosita simlarga yaqin joyda o‘sgan daraxtlar elektr uzatish liniyasidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan kesib tashlanadi. Elektr uzatish liniyalari parklar, bog‘lar va boshqa ko‘p yillik daraxtlar orqali o‘tsa daraxtlarni kesish elektr uzatish liniyasidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra esa ushbu daraxtlar o‘z ixtiyorida bo‘lgan tashkilot tomonidan yoki bog‘lar va boshqa ko‘p yillik daraxtlarning egalari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan elektr uzatish liniyasidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda kesiladi.
Tor yo‘llar ochish uchun daraxtlarni kesish elektr tarmoqlari egalari tomonidan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining shartlari bo‘yicha amalga oshiriladi. “Daraxtlarni kesish qoidalari” buzilishiga yo‘l qo‘ygan elektr tarmoqlari egalari buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Avariya holatlarining oldini olish uchun elektr uzatish liniyalari o‘tgan joylarda ushbu liniyalar trassasiga tutashib ketgan o‘rmon massivlarida ayrim daraxtlarni ushbu daraxtlar qaraydigan tashkilotning ruxsati bilan, keyinchalik o‘rmon kesish chiptalari (dalolatnomalari)ni belgilangan tartibda rasmiylashtirgan va kesish joyini kesish qoldiqlaridan tozalagan holda kesishga ruxsat beriladi.
Kabel langar, baliqchilik changagi yoki boshqa usul bilan yuqoriga ko‘tarilgan taqdirda kapitanlar, kema egalari kabelni holi qilish choralarini ko‘rishga va yuz bergan voqea to‘g‘risida eng yaqindagi energiya ta’minoti tashkilotiga xabar qilishga majburdir.
Uzilgan, yerda yotgan yoki osilib turgan elektr uzatish havo liniyasi simini ko‘rgan, shuningdek tirgakning yiqilishi yoki simning uzilishi xavfini sezgan fuqarolar bu haqda darhol eng yaqindagi energiya ta’minoti tashkilotiga yoki tuman (shahar) hokimligiga xabar berishi shart.
Ixtiyorida elektr tarmoqlari va kabel liniyalari bo‘lgan tashkilotning yozma roziligisiz elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida:

materiallari va boshqa tez yonadigan materiallarni joylashtirish;

  • har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal ta’mirlash,

rekonstruksiya qilish yoki buzish, har qanday turdagi kon, ortish-tushirish, suv havzasi tubini chuqurlashtirish, tuproq kavlab olish, portlatish, melioratsiya ishlarini amalga oshirish, daraxtlar va butazorlarni ekish va kesish, dala shiyponlari qurish, mol uchun qo‘ra, sim to‘siqlar qurish, uzumzorlar va bog‘lar uchun shpalerlar o‘rnatish, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish;

  • baliq va boshqa suv jonivorlarini suv osti changaklari bilan tutish, suv

o‘simliklari chiqarib olish, muzni yorish va tayyorlash, yo‘l yuzasidan yuk bilan yoki yuksiz balandligi 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashina va mexanizmlarning yurishi, 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda, shudgorlanadigan yerlarda esa 0,45 metrdan ortiq chuqurlikda qazish ishlarini amalga oshirish, shuningdek tuproqni tekislash taqiqlanadi.
Elektr tarmoqlarining normal ishlashini buzishi, ularning shikastlanishiga yoki baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan biror-bir harakatni sodir etish, jumladan:

tayanchlarga chiqish;

  • har qanday uyumlar hosil qilish;

  • ozuqa, o‘g‘it, poxol, o‘tin va boshqa materiallarni to‘plash, olov

yoqish;

  • o‘yinlar uchun sport maydonlari, stadionlar, bozorlar qurish, jamoat

transportining to‘xtash komplekslari, mashina va mexanizmlarning barcha turlari to‘xtaydigan joylari qurish, belgilangan tartibda ruxsat berilgan ishlarni bajarish bilan band bo‘lmagan odamlarning ko‘p to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish;

boshqarilmaydigan modellarini uchirish;

  • quvvati 500 kV bo‘lgan elektr uzatish liniyasining muhofaza zonasida

temir yo‘l transportidan tashqari barcha transport turlarining to‘xtashi taqiqlanadi.
Elektr tarmoqlari ustidan va ular yaqinidan havo kemalarining parvozi, havo makonidan boshqacha tarzda foydalanish, shuningdek elektr tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘idan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni yuritishga yozma rozilik olgan tashkilotlar elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida ushbu tarmoqlarning saqlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlariga rioya qilgan holda ularni bajarishlari shart.
Elektr tarmoqlari muhofaza zonalari yaqinida ularning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan portlatish, qurilish ishlari va boshqa ishlarni olib boruvchi tashkilotlar ishlarni bajarish boshlanishidan kamida 12 sutka oldin elektr tarmoqlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan tashkilotlar bilan elektr tarmoqlari saqlanishini ta’minlovchi ushbu ishlarni bajarish shartlari va tartibini kelishishga hamda tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga majburdir.
Elektr tarmoqlari muhofaza zonalarida portlatish ishlarini olib borishga yozma rozilik ushbu ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining tegishli ruxsatnomasi taqdim etilgandan keyin beriladi.
Ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlarga elektr tarmoqlari muhofaza zonalarida ishlarni olib borishga yozma rozilik berish rad etilishining sabablari ko‘rsatilishi kerak va rad etish yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. O‘zlarining yer uchastkalari orqali elektr tarmoqlari o‘tadigan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu liniyalar saqlanishini ta’minlashga ko‘maklashadigan o‘zlariga bog‘liq barcha choralarni ko‘rishga, elektr tarmoqlari egalari bilan ushbu ishlarni amalga oshirish joyi va muddatlari oldindan kelishilmasdan binolar va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslikka majburdir.
Elektr tarmoqlarini qayta o‘rnatish va ko‘chirish elektr tarmoqlari egalari bilan kelishilgan texnik shartlar bo‘yicha, ishlarni bajaruvchilar, asosiy qurilishni yoki ishni amalga oshiruvchi yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer egalari hisobiga amalga oshiriladi.
Yer ishlarini amalga oshiruvchilar ushbu ishlarni olib borishning texnik hujjatlarida qayd etilmagan yer osti kabellari aniqlangan taqdirda aniqlangan kabellar atrofida ish olib borishni darhol to‘xtatishga, ularning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishga va bu haqda joylardagi davlat hokimiyati organlariga va elektr tarmoqlari egalariga xabar berishga majburdir.
Agar elektr tarmoqlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlari va maxsus rejimli obyektlar hududidan o‘tsa, u holda tegishli tashkilotlar elektr tarmoqlari egalariga sutkaning istalgan vaqtida ko‘zdan kechirish va ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma berishi kerak.
Muhofaza zonalari va o‘rmon so‘qmoqlarida elektr tarmoqlari egalariga:
elektr tarmoqlariga, asbob-uskunalar va transformator kichik stansiyalariga foydalanish xizmati ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan yo‘llar, kirish yo‘laklari va boshqa inshootlar qurishga (yer ajratish va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutashishga qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha), keyinchalik albatta ko‘mib tashlagan va yerlarni tekislagan holda ushbu elektr tarmoqlarini ta’mirlash uchun chuqurlar va xandaklar ochishga, o‘rmon so‘qmog‘ining belgilangan kenglikda bo‘lishini ta’minlash uchun daraxtlarni kesishga ruxsat beriladi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishga mo‘ljallangan yerlarda elektr tarmoqlaridan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini olib borishga (avariya-tiklash ishlaridan tashqari), qoidaga ko‘ra, ushbu yo‘llar qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan band bo‘lmagan paytda ruxsat beriladi.
Avariyalarni tiklash ishlari (ekin bor-yo‘qligidan qat’i nazar) istalgan davrda o‘tkazilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlar bajarilgandan keyin elektr tarmoqlari egalari qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli holatga keltirishlari, shuningdek, agar elektr tarmoqlarining shikastlanishi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilar tomonidan mazkur qoidalar talablari buzilishi oqibatlari bo‘lmasa, avariya-tiklash ishlarini yuritishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilarga yetkazilgan zararni qoplashi kerak.
Elektr uzatish liniyalarining muhofaza zonasi temir yo‘l yoki avtomobil yo‘llari polosasi, quvurlar, aloqa liniyalari, boshqa elektr uzatish liniyalari va hududning mos kelish uchastkalaridagi o‘zga obyektlarning qo‘riqlanadigan zonalariga to‘g‘ri kelib qolganda ushbu zonalardan foydalanish tomonlarning kelishuviga ko‘ra manfaatdor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yo‘l qoplamalari va tuproq olinishini talab etuvchi elektr tarmoqlarini ta’mirlash ishlari (avariya-tiklash ishlaridan tashqari) bunday ishlarni olib borish shartlari tegishli yo‘l tashkilotlari bilan, shaharlar va boshqa aholi punktlari doirasida – joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgandan keyin olib borilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajarish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot elektr tarmoqlari egalariga tegishli organ tomonidan ishlarni bajarish zarurligi to‘g‘risida bildirishnoma olingan kundan boshlab 3 kun muddatda yuborilishi kerak. Ish joylarini to‘sish tegishli organlar bilan kelishiladi.
Avariya-tiklash ishlari ularni amalga oshirish shartlari oldindan kelishilmasdan, biroq ishlar bajariladigan joyga yo‘l tashkiloti yoki joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakilini albatta chaqirgan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ishlarni bajaruvchi elektr tarmoqlari egalari transport va yo‘lovchilar uchun zarur ogohlantirish belgilari qo‘ygan holda avariya joylarini aylanib o‘tish yo‘llari qurishlari hamda ishlarni bajarish tugallangandan keyin tuproqni tekislashi va yo‘l qoplamalarini tiklashi kerak.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida ushbu elektr tarmoqlari shikastlanganligini ogohlantirishda va barcha yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur qoidalar talablariga rioya etishini ta’minlashda elektr tarmoqlari egalariga ko‘maklashadilar.
Sanoat qurilishi va boshqa qurilish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ajratiladigan uchastkalarda elektr tarmoqlari mavjud bo‘lgan taqdirda mazkur uchastkalarni olgan tashkilotlar ulardan foydalanishni elektr tarmoqlarining tegishli egalari bilan kelishishi shart.
Elektr tarmoqlariga ega bo‘lgan yer uchastkalarida qurilishga rozilik olish uchun quruvchilar tomonidan ushbu obyekt loyihasi mazkur elektr tarmoqlari egasiga taqdim etilishi kerak.
Avariya vaziyatlarida loyihasiz bajariladigan qurilish, ta’mirlash ishlari va boshqa ishlarni bajarish (yer osti kabel liniyalari trassalarida-chuqur qazish, yo‘llarni vaqtincha aylanib o‘tish, kirish yo‘lini yopish va suv chiqarish uchun tuproqni qazish, dalalarni tekislash, qoziqoyoq qoqish, to‘siq uchun tayanch o‘rnatish, tuproq namunasi olish, turli maqsadlar uchun xandaq qazish va boshqalar) uchun elektr tarmoqlari egalarining yozma roziligi olinishi kerak.
Loyihasiz amalga oshirilayotgan ishlar bajarilayotgan zonada yer osti elektr kabellari bo‘lishi mumkinligini aniqlash uchun ishlarni bajaruvchilar tomonidan viloyat, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)dan axborot olinishi kerak.
Elektr tarmoqlari muhofaza zonasida amalga oshiriladigan ishlarning buyurtmachisi (quruvchi) ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr kabeli joylashgan joyni texnik hujjatlar bo‘yicha aniq belgilash, ularning chuqurligini aniqlash va qurilayotgan obyekt inshootlari bilan o‘zaro joylashishini aniqlash uchun elektr tarmoqlari egasining vakilini chaqirishi shart.
Yer osti elektr kabellarining aniq joylashishini belgilash ishlar bajariladigan zonada ularning butun uzunligi bo‘yicha amalga oshiriladi hamda buning uchun elektr tarmoqlari egasi javob beradi.
Qurilish uzoq muddat davomida olib borilgan taqdirda ishlarni bajarish zonasida yo‘l osti elektr kabellarining aniqlashtirilgan trassasi bo‘yi 1,5-2 metr bo‘lgan ko‘rsatkich qoziqlar bilan belgilanishi kerak. Ko‘rsatkich qoziqlar trassaning to‘g‘ri uchastkalarida barcha trassa burilishlarida trassaning to‘g‘ri o‘qidan 0,5 metr cheklanishning barcha nuqtalarida har 15-20 metrga, shuningdek ishlar qo‘lda bajariladigan tuproqni qazish chegaralarida o‘rnatiladi.
Ko‘rsatkich qoziqlar o‘rnatish, quduq qazish ishlari elektr tarmoqlari egasining vakili ishtirokida quruvchining kuchi va mablag‘lari hisobiga bajariladi.
Trassani ko‘rsatkich qoziqlar bilan belgilamasdan yer ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlar boshlangungacha ishlarni bajaruvchilar yer osti elektr kabellari trassalarining joylashishi, ularning joyidagi belgilanishi bilan tanishishi kerak. Ular bilan, shuningdek elektr kabellari saqlanishini ta’minlovchi qo‘lda va mexanizatsiya usulida yer ishlarini bajarish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomalar beriladi. Bundan tashqari, ular elektr kabellarida odamlarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan kuchlanish borligini hisobga olgan holda elektr toki urish xavfi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan elektr kabel liniyalari shikastlantirilganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilishlari kerak. Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlarni olib borishda ushbu elektr kabellari egasining vakilini chaqirish zarurligi ko‘rsatilishi, zarur hollarda esa, qo‘lda bajariladigan ishlarning sxemasi berilishi kerak.
Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalaridagi ishlar ularning bajarilishi uchun mas’ul shaxsning kuzatuvida bajarilishi kerak. Havo va kabel liniyalarining muhofaza zonasida ishlarni bajaruvchilar ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr tarmoqlari egasiga telefonogramma orqali yoki shaxsan ularni bajarishda vakillar hozir bo‘lishi zarur bo‘lgan ishlarni bajarish sanasi va soati to‘g‘risida ma’lum qilishlari kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan vakillar ish bajarilayotgan joyga kelmagan taqdirda ishlarni bajaruvchilar bir sutka mobaynida bu haqda elektr tarmoqlari egasiga xabar berishlari shart.
Elektr tarmoqlari va kabel liniyalarining muhofaza zonasida ko‘rsatib o‘tilgan vakillar hozir bo‘lmagan holda yer ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Yer osti kabellarining bevosita yaqinida tuproq ishlarini faqat belkuraklar yordamida, qattiq zarb bermasdan bajarishga yo‘l qo‘yiladi, zarbali asboblar (lom, kirka)dan foydalanish taqiqlanadi. Elektr kabel tarmoqlarining ishlab turgan kommunikatsiyalar bilan kesishgan joylarda yer ishlari eng qisqa muddatlarda o‘tkazilishi kerak. Ixtiyorida qurilayotgan yoki ishlayotgan elektr uzatish kabel liniyalari bo‘lgan tashkilotlar ko‘rsatib o‘tilgan liniyalarni begona toklardan himoya qilish choralarini ko‘rishi kerak.
Ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlarning xodimlariga ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun boshqa tashkilotlarning hududida joylashgan tarmoqlar obyektlariga belgilangan tartibda to‘siqsiz kirish huquqi beriladi. 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalari bilan kesishish joylaridagi avtomobil yo‘llarida ushbu liniyalarning muhofaza zonalarida transport to‘xtashini taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilishi kerak.
Tabiiy ofatlar tufayli elektr tarmoqlari shikastlanganda, shuningdek shikastlanishining oldini olish maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimliklariga zarur hollarda ularning vakolatlari doirasida elektr tarmoqlari va inshootlari shikastlanishini bartaraf etish va shikastlanishining oldini olish ishlariga tashkilotlarni jalb qilish huquqi beriladi. Bunday hollarda bajarilgan ishlarga haq to‘lash va sarflangan moddiy resurslar qiymatini qoplash ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalaridagi va ular yaqinidagi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlar xodimlarining elektr tarmoqlari saqlanishini ta’minlashga va baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan talablarini bajarishga majburdir. Ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlarning xodimlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan muhofaza zonalarida mazkur qoidalar talablari buzilgan holda bajarilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish huquqiga egadir.
Yer osti kabellari, ular elementlarining havo liniyalari shikastlangan taqdirda ishlarni bajaruvchi bu haqda darhol ushbu elektr tarmoqlarining egalariga ma’lum qilishi va shikastlanishni zudlik bilan bartaraf etishda yordam ko‘rsatishi, shu jumladan ishchi kuchi va mexanizmlar ajratishi shart.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling