1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni
Download 0.49 Mb.
|
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M
4. Xulosa
Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini iste’molchilarga sifatli, ishonchli yetkazib berishda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya bilan iste’mol qilinayotgan engergiyani bir – biriga nisbatan barqaror holatga olib kelishimiz zarur. uzoq vaqt davomida yuklanish ostida ishlayotgan transformatorlar, elektr tarmoqlar, ularga hizmat qiluvchi jihozlar, himoya qiluvchi qurilmalar, kommutatsion qurilmalar, kabel tarmoqlari va boshqa jihozlarni yangi turdagi energiya tejamkor turlariga almashtirish orqali modernizatsiya qilish. avariyalarni tezkorlik va ishonchlilik bilan to‘xtatish uchun yangi turdagi mikroprosessorli rele va avtomatika qurilmalariga almashtirish orqali iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiya yetkazib berish zarur. o‘chirish natijasida katta iqtisodiy zararlar keltirib chiqaradigan havo uzatish tarmoqlarida kuchlanish ostida ishlash metodlaridan foydalanish bo‘yicha kadrlar tayyorlash, himoya jihozlari va uskunalarning eng so‘nggi rusumli turlaridan olib kelish, mintaqa muhitiga moslashtirish orqali qarorlar va takliflar berish zarur. havo tarkibida chang moddalari ko‘p bo‘lgan hududlarda tarmoqdan uzmay turib izolyatorlarni kuchlanish yuvish ishlarini olib boorish bo‘yicha kadrlarni o‘qitish va tajriba ortirishlari uchun qo‘shni davlatlarga o‘rganuvchi sifatida jo‘natish va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadr sifatida respublikamiz hududida amaliy ishlarni bajarish zarur. avariyani keltirib chiqarayotgan sabablarni o‘rganish ularni oldini olish bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega malakali mutaxassislar bilan yangi ish boshlagan kadr o‘rtasida ustoz – shogird an’analarini shakllantirish, ularning tajribalariga amal qilish orqali yetuk mutaxassis bo‘lib yetishi uchun amaliy yordam berish zarur. aholi va tashkilotlarga tushuntirish ishlarini doimiy olib borish va ularni nazoratga olish ishlarini qilishimiz kerak bo‘ladi. Gazeta jurnal va ijtimoiy tarmoqlar orqali elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida bajarib bo‘lmaydigan ishlar haqida doimiy ma’lumotlar berib borish zarur. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling