1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni


Avariyali rejimlarni bartaraf etishda rele himoyasi va elektroavtomatikaning o‘rni


Download 0.49 Mb.
bet6/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1643822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M

1.3.Avariyali rejimlarni bartaraf etishda rele himoyasi va elektroavtomatikaning o‘rni
Rele himoyasi energosistemaning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlovchi avtomatikaning bir qismi bo‘lib, elektr sistemasida yuzaga keluvchi shikastlanish va nonormal rejimlarni rele himoyasi aniqlaydi, signal beradi va avtomatik ravishda bartaraf qilish uchun hizmat qiladi. Rele himoyasi himoyalanayotgan energosistema elementining holati va ishlash rejimlarini uzluksiz nazorat qiladi va ularda shikastlanish yoki nonormal rejim yuzaga kelganda ishga tushadi.
Elektr tarmoqlaridagi shikastlanishning asosiy turi – qisqa tutashuvlardir.
Qisqa tutashuvning asosiy sabablari quyidagilardir:

  • Elektr simlarining izolyatsiyasini buzilishi

  • Ishchi xodimlarning noto‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishlari

  • Izolyatorlarning hayvonlar va qushlar tarafidan ifloslanishi natijasida to‘silib qolishi

  • Xizmat qilayotgan qurilmalarni yillar o‘tib eskirishi va boshqa uchrab turadigan xolatlar.

Qisqa tutashuvni bartaraf etishda rele himoyasiga qo‘yiladigan talablar quyidagicha:

  • Tanlash rele himoyasining shikastlangan elementini to‘g‘ri aniqlash va faqat uni elektr tarmog‘ining shikastlanmagan qismidan uzish xususiyatiga aytiladi.

  • Tezkorlik – Elektr tarmog‘ining shikastlangan elementining tezlik uzish shikastlanish hajmini kamaytiradi yoki oldini oladi. Shikastlanmagan elementlarning normal ishlashini saqlab qoladi va generatorlarning parallel ishlashidagi buzilishni oldini oladi.

Energosistemada turg‘unlikni saqlab qolish uchun shikastlanish paydo bo‘lgandan so‘ng, 330 – 500 kV li tarmoqlarda 0.1 – 0.12 sekundgacha, 110 – 220 kV li tarmoqlarda esa 0.15 – 0.3 sekundgacha, 6 – 10 kV li tarmoqlarda 1.5 – 3 sekund vaqtda uzishi shart. Ishlash vaqti 0.1 – 0.2 sekundgacha bo‘lgan himoyalar tez ishlaydigan himoyalar deyiladi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling