Mеva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2019-yilning yanvar-avgust oylarida jami 938,4 ming tonnadan ziyod
mеva-sabzavot mahsulotlari 870,2 mln. AQSh dollariga eksport qilindi (o`sish
sur`ati mos ravishda - 119,3 % va 147,2 %). Mеva-sabzavot mahsulotlarining
eksport tarkibiga qaralsa, 429,8 mln. AQSh dollariga teng 594,0 ming tonnadan
ortiq sabzavot, shuningdek 440,4 mln. AQSh dollari qiymatidagi 344,4 ming
tonna meva va rezavorlar eksport qilindi (qiymat ko`rinishidagi o`sish sur`ati
o`tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 192,3 % va 119,8 % ni tashkil
etdi).
Hukumatimiz tomonidan qishloq xo`jaligi va bog`dorchilikni rivojlantirishga
katta e`tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi
yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2019 yilning yanvar-avgust oylarida
umumiy eksportdagi meva va sabzavotlarning ulushi 7,0% ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |