Reja:
Kirish
1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo
Xalqaro savdo kontseptsiyasi
2. O’zbekiston tashqi savdo aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi
3.O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi
4.O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalari.
Xulosa.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda tashqi savdo siyosatini amalga oshirish maqsadida har yili Rivojlanish davlat dasturi qabul qilinadi. Jumladan, jahondagi rivojlangan davlatlar bilan savdo aloqalarini yaxshilash, mamlakatimizning export-import salohiyatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarini har tomonlama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit, investitsiya va narx-navo siyosati yuritishni, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda bu aloqalarning samaradorligini oshirishni ta’minlash, talab-ehtiyojlarni o‘rganish va shu asosda jahon tovarlar bozorining, investitsiya, injiniring, konsalting, marketing bozorlarining va boshqa ishlar hamda xizmatlar bozorining, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanish tamoyillari istiqbolini belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini narx-navo, valyuta, moliya, kredit, huquqiy masalalar yuzasidan, tashqi bozorning chet elga chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnikaviy xususiyatlariga bo‘lgan talablar yuzasidan tijorat asosida uslubiy, axborot va maslahat yo‘sinidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash kabi ustuvor davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |