1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo kontseptsiyasi
Download 144 Kb.
|
Azamatov Feruz Kurs ishi
Davlat nomi
2017-yir-avgust 2018-yil ar-avgust 9-yil yanvar-avgust O`zbekiston Respublikasining ayrim hamkor davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasi
EKSPORT Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish bo`yicha hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosat muayyan natijalarga erishishga imkon berdi. Jumladan, hisobot davrida tovarlar va xizmatlar eksportida ishtirok etgan korxonalar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 952 taga ko`payib, ularning umumiy soni 4 840 tani tashkil etdi. Hisobot davrida tovarlar va xizmatlar eksporti bilan shug`ullanuvchi xo`jalik yurituvchi subyektlarning eksport hajmi 12 463,0 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (o`tgan yilning shu davriga nisbatan o`sish sur`ati 46,7 % ga teng). Eksport tarkibida tovarlar 82,4 % ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (15,6 %), to`qimachilik va to`qimachilik buyumlari (8,4 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,2 %), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (5,1 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,8 %) hissasiga tog`ri kelmoqda. Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 8 518,9 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 22,8 % ga o`sdi. 2019-yilning yanvar-avgust oylarida eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida o`tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli o`zgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni ta`kidlash joizki, o`tgan yilning mos davriga nisbatan, kimyo mahsulotlari va buyumlaridan tashqari tovar va xizmatlar tarkibi turlarini eksport qilish hajmlarining o`sishi kuzatildi. So`nggi uch yil davomida eksport tarkibi dinamikasida diversifikatsiya kuzatildi. Jumladan, energiya manbalari va neft mahsulotlari ulushi 3,1 foiz punktga oshib, 15,6 % ni, oziq-ovqat mahsulotlari - 2,0 % ga, qora metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar - 0,3 % punktga oshdi. Eksport tarkibi boshqa turlari ulushining pasayishi eksport tarkibida oltin hamda energiya manbalari va neft mahsulotlari ulushining sezilarli darajada o`sishi bilan izohlanadi. Paxta tolasi eksporti ulushining pasayishi uning mamlakatimizda qayta ishlanishini ortishi va shu asosda tayyor to`qimachilik mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish maqsadida ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi. Eksportning eng katta ulushi tabiiy gaz (umumiy tovarlar eksporti hajmidagi ulushi 17,2 %), to`qimachilik mahsulotlari (10,2 %), mis va mis buyumlari (4,5 %), meva va rezavorlar (4,3 %) hissasiga to`g`ri keladi. So`nggi uch yil ichida MDH mamlakatlariga eksport hajmi oshdi, ularning umumiy eksport hajmidagi ulushi 2017 yildagi 32,1 % dan 2019 yilda 32,8 % gacha ortdi. Mos ravishda, boshqa xorijiy mamlakatlarning umumiy eksportdagi ulushi 67,2 % tashkil etdi. Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy (eksport umumiy hajmining 16,1 %), Rossiya (12,8 %), Qozog`iston (7,8 %), Turkiya (6,2 %), Qirg`iziston (3,9 %), Afg`oniston (2,9 %) va Tojikiston (1,6 %) hissasiga to`g`ri keladi. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar eksporti bo`yicha yettita asosiy hamkor davlatlardan biri bo`lgan Tojikiston eksport ulushi bo`yicha Eron Islom Respublikasini ortda qoldirib o`z o`rniga ega bo`ldi. Shu bilan birga, Qirg`iziston yildan yilga Afg`oniston bilan bir qatorda o`z mavqeini mustahkamlamoqda. Hamkor mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar eksporti bo`yicha jug`rofiyasi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 145 davlatdan 166 davlatgacha o`sdi. Download 144 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling