1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo kontseptsiyasi
Download 144 Kb.
|
Azamatov Feruz Kurs ishi
O ‘zbekiston va AQSh. Yirik siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga
ega dunyoning yetakchi davlati - AQSh bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish 0 ‘zbekiston uchun ustuvor ahamiyatga ega. ≪ O‘zbekiston Respublikasi va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risida Deklaratsiya ≫ ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Amerika kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalar tog‘-kon va neft gaz komplekslari, agrosanoat kompleksi texnologik bazalari, oziq-ovqat sanoati va transport infratuzilmasini rivojlantirish kabi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida amalga oshiriladi. Yaponiya davlatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u 0 ‘zbekiston mustaqilUgini 1991-yil 28-dekabrda tan olgan. Ikki davlat o'rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 26-yanvarda o‘rnatilgan. Shu qatorda, ≪ 0 ‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya qo‘shma bayonoti≫, ≪ 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati va Yaponiya hukumati o‘rtasida imzolangan bitimlarga 0 ‘zbekistonning huquqiy vorisligi haqida maktublar almashinuvi≫, shuningdek, ≪ 0 ‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida do‘stona, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonet≫ imzolandi. Ikki tomonlama munosabatlaming rivojlanishida 1994-yil tuzilgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbek-Yapon va Yapon-O‘zbek qo‘mitalari muhim rol o‘ynaydi. Muntazam ravishda respublikaga Yaponiyaning nufiizli parlament vakillari, ishbilarmon davralari va siyosiy partiyalari rahbarlari tashrif buyurmoqda. Mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish va moliyaviy hamkorlik, neft-gaz va to‘qimaehilik tarmog‘i, mineral xom-ashyo bazalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsion seminarlar, konferensiyalar, prezentatsiyalar tashkil etilmoqda. Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat hamda moliya vazirliklari bilan birgalikda doimiy asosda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tkazilmoqda. 1 Каримов И. A. 2014 йил юкори усиш суръатлари билан ривожланиш, барча мавжуд имкониятларнисафарбар этиш, узини оклаган ислохотлар стратегиясини изчил давом эттириш йили булади. — Т.: «Узбекистон», 2014.7-8 б. 2 Vahabov A.V.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy m unosabatlar: darslik /A.V. Vaxabov, D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev. — Toshkent: Baktria press, 2015. — 584 b. Download 144 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling