1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo kontseptsiyasi
Download 144 Kb.
|
Azamatov Feruz Kurs ishi
Qurilish materiallari importi
2019-yilning yanvar-avgust oylari mobaynida 877,6 mln. AQSh dollari miqdorida qurilish materiallari importi amalga oshirildi. Bu ko`rsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan 16,2 % ga o`sib, umumiy import hajmining 5,5 % ini tashkil qildi. Import qilingan qurilish materiallari tarkibidan yog`och va yog`och mahsulotlari (45,8 %), sement (13,7 %), shisha va shisha buyumlar (4,7 %) hamda asbest (2,2 %) asosiy ulushni egallagan. 2019-yilning yanvar-avgust oyida qurilish materiallari import hajmi 2018-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Qurilish materiallari importi hajmining o`sishiga yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik, xususan, keng ko`lamdagi qurilish-rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirilishi sabab bo`lmoqda. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, davlatimiz tomonidan qurilish mahsulotlari importi o`rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki bozorni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan ta`minlash bo`yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Yuqorida qayd etib o`tilganidek, import tarkibida asosiy ulushni tashkil qilayotgan mashina va asbob-uskunalar hamda kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar asosan qaysi davlatlardan respublikamizga olib kirilayotganligi quyidagi jadvallardan ko`rish mumkin. Yurtimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va dunyo mamlakatlari bilan olib borilayotgan mustahkam aloqalar natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati oshib bormoqda. Shuningdek, hukumatimiz tomonidan bir qator soliq, bojxona imtiyozlarining yaratilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarilishi milliy mahsulotlarimizni tashqi bozorlarda mustahkam o`rin egallashlari uchun zamin yaratmoqda.
Download 144 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling