Xashaki sabzi. chorva mollari va parrandalar uchun karotin moddasiga boy oziqadir. YAngi yig‘ishtirib olingan ildizmevani tarkibida 12-15% quruq modda, 9% atrofida karbon suvlari, 25-150 mg.gacha karotin, 0,14-0,16 oziqa birligi mavjud. Tarixi.Sabzining vatani Janubiy Osiyo bo‘lib, shu erdan Ovropa mintaqasiga tarqalgan.Dehqonchilikda bundan 2000 yil ilgari ma’lum bo‘lib oldin dorivor o‘simlik sifatida ekilib kelgan. Ikkinchi vatani Afg‘oniston, O‘zbekiston,Tojikiston va Hindistonning bir qismi hisoblanadi.O‘zbekistonda sabzi 5-10 ga ekiladi, hosildorligi 200-300 s/gani tashkil qiladi. - Xashaki sabzi. chorva mollari va parrandalar uchun karotin moddasiga boy oziqadir. YAngi yig‘ishtirib olingan ildizmevani tarkibida 12-15% quruq modda, 9% atrofida karbon suvlari, 25-150 mg.gacha karotin, 0,14-0,16 oziqa birligi mavjud. Tarixi.Sabzining vatani Janubiy Osiyo bo‘lib, shu erdan Ovropa mintaqasiga tarqalgan.Dehqonchilikda bundan 2000 yil ilgari ma’lum bo‘lib oldin dorivor o‘simlik sifatida ekilib kelgan. Ikkinchi vatani Afg‘oniston, O‘zbekiston,Tojikiston va Hindistonning bir qismi hisoblanadi.O‘zbekistonda sabzi 5-10 ga ekiladi, hosildorligi 200-300 s/gani tashkil qiladi.
Tarixi Xashaki lavlagini kelib chiqishi qand lavlagidek bo‘lib, XVIII - XIX asrlarda lavlagi ildizmevalari xo‘raki, qand va em xashak yo‘nalishlari uchun etishtiriladigan bo‘ladi. Xashaki lavlagi evropa mamlakatlarida : Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Daniya va boshqa sutchilik qoramolchiligi rivojlangan mamlakatlarda ko‘p tarqalgan. Bu mamlakatlarda ildizmevalilar hosili gektariga 600-900 s.ni tashkil qiladi. - Tarixi Xashaki lavlagini kelib chiqishi qand lavlagidek bo‘lib, XVIII - XIX asrlarda lavlagi ildizmevalari xo‘raki, qand va em xashak yo‘nalishlari uchun etishtiriladigan bo‘ladi. Xashaki lavlagi evropa mamlakatlarida : Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Daniya va boshqa sutchilik qoramolchiligi rivojlangan mamlakatlarda ko‘p tarqalgan. Bu mamlakatlarda ildizmevalilar hosili gektariga 600-900 s.ni tashkil qiladi.
- Hamdo‘stlik mamlakatlarida hozirgi vaqtda xashaki lavlagi 1,8 mln. gektar atrofida maydonni egallaydi. Ildizmeva hosili 204-215 s. ga teng. O‘zbekistonda 1999 yili xashaki lavlagi ekilgan maydoni 14,71 ming gektar bo‘lib, ildizmeva hosili 198,9 s. ni tashkil etgan, ayrim ilg‘or jamoa xo‘jaliklarida gektaridan 800 - 1000 s. va undan yuqori hosil olingan. O‘zbekiston sharoitida o‘rug‘ hosili 15-20 s. ni tashkil etadi.
- Biologiyasi. Xashaki lavlagining issiqlik va yorug‘likka bo‘lgan talabi qand lavlagi bilan bir xil. Xashaki lavlagining nafas olishi yuqori bo‘lgan ildizmevasida qand moddasining ko‘p to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi.qand lavlagining ildizmevasida qand moddasini yuqori bo‘lganligi uchun o‘simliklarni sho‘rga va kuzgi sovuqqa chidamliligi xashaki lavlagiga nisbatan ancha yuqori. Xashaki lavlagi ildiz mevasini ko‘proq qismi er ustida joylashgani uchun kuzgi sovuq tez ta’sir etadi.
- Xashaki lavlagi ham qand lavlagiga o‘xshab oziqa moddalarga talabchan . Tuproqda etarli darajada oziqa moddalar bo‘lgandagina u yuqori hosil berishi mumkin. Xashaki lavlagi er osti suvlari chuqur joylashgan, unumli, sho‘rlanmagan tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |