1. Xizmat ko’rsatish turlari va ularni tahlil qilish. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir
Komunal va maishiy xizmat ko’rsatishning mehmonxona misolida
Download 1.19 Mb.
|
1. Xizmat ko’rsatish turlari va ularni tahlil qilish. Ishlab chi
Komunal va maishiy xizmat ko’rsatishning mehmonxona misolida.
Mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish avvalo, xizmat ko‘rsatish turiga bog’liq bo‘ladi va u xizmat ko`rsatish servisi bilan ifodalanadi. Mehmonlar nuqtai nazaridan, xizmat ko`rsatish servisi mehmonxonada eng muhimi hisoblanadi va bu xizmat hodimlari mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘lishadi va ular bilan bog’liq barcha vazifalarni bajarishadi. Mehmonxonalarda xizmat ko`rsatish servisini menejer boshqaradi va unga shvetsarlar, bagaj tashuvchilar, liftchilar, yo‘lak xizmatkorlari, joylashtiruvchilar, haydovchilar (ijaraga olingan mashinalar va mehmonlar avtomobillarni joylashtirishga xizmat qiluvchilar) bo‘ysunadi. Avvalo, mijozlar tasavvuridagi mehmonxona haqida birinchi muhim vazifa xizmat ko`rsatish xizmati xodimlari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Odatda mehmonlarni mehmonxona ostonasida birinchi bo`lib shvetsarlar-eshik og`alari kutib olishadi. Ular mehmonlar bilan salomlashishi, mashinalardan tushushlariga ko`maklashishlari lozim. Shvetsarlar mehmonxonada mavjud xizmatlar, mehmonxona tadbirlari (konferensiya, banketlar), mehmonxona joylashgan joy, uning tevarak-atrofi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo`lishlari zarur. Shu bilan birga, mehmonlarni xonaga kuzatib borish, yuklarini yetkazib kelish bilan daxlsiz-yo`lak xizmatkorlari shug’ullanadi. Kuzatib kelish vaqtida ularga mehmonlar bilan so`zlashib borish tavsiya etiladi. Bunda albatta, mehmonxonada mavjud xizmatlar haqida ma’lumot berish ayniqsa juda muhim: restoranlar, kafe, barlar, kirxona kimyoviy tozalash, basseyn, sportzallari mavjudligi ularning ish rejimi haqida so`zlab berish kerak. Birinchi darajali mehmonxonalar nomerda xizmat ko‘rsatuvchi «Room service» xizmatiga ega bo‘lishi kerak. Agar ushbu xizmat to‘g'ri tashkil etilsa, mehmonxona daromadining 15% ni tashkil etishi mumkin. «Room service»da menyu odatda cheklangan bo‘ladi, lekin yuqori darajali mehmonxonalarda ushbu xizmat orqali restoran taomlariga ham buyurtma berish mumkin. Ushbu xizmatda eng asosiysi - yetkazib berish tezligi, shuning uchun maxsus servis lifti bo‘lishi talab etiladi. Taom telejkalarda, taomning zaruriy haroratini ta'minlovchi maxsus konteynerlarda olib kelinadi. Xizmatning asosiy ishi nonushtaga to‘g'ri keladi ( 70%gacha). Ertalabki buyurtmaning % qismi bu oddiy «kontinental» nonushtadir. «Room service» xizmatiga telefon orqali yoki mehmon kechqurun o‘z nomeri eshigining tashqi qo‘lida osib qo‘ygan kartochka orqali buyurtma beriladi. Kichik mehmonxonalarda ushbu xizmatlarning ish vaqti chegeralangan. Katta mehmonxonalarda uzluksiz ishlaydi. «Room service»da narxlar restorandan ko‘ra qimmatroq bo‘ladi. Demak, mehmonxona oziq-ovqat kompleksining bu xizmati sifatini oshirish uchun quyidagi ikki yo‘nalishda ish olib borish zarur: -birinchidan, buyurtmani o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash, - iloji boricha xizmat narxlarini arzonlashtirishga erishish.3 Zaruriy uskunular masalan, servis aravachasi,kerakli haroratni saqlab turuvchi maxsus qopqoqli tarelkalar va boshqa narsalarni buyurtma berish. Menyu tuzilayotganda ayniqsa ehtiyotkor bo‘lish zarur, tayyorlangan taom ham ishtahali va ham sifatini yo‘qotmasligi muhimdir. Nomerda xizmat ko‘rsatish menyusi o‘rta hol mijozlar ta'biga mo‘ljallangan. Hatto besh yulduzli otellarda ham oddiy gamburgerni menyudan olib tashlash kerak emas, chunki uni bolalar yaxshi ko‘radi. Ko‘pincha ortiqcha tashvish orttirmaslik uchun(taomni tayyorlash Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling