1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan tanishish


Download 221.91 Kb.
bet14/17
Sana03.02.2023
Hajmi221.91 Kb.
#1152713
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mehrigiyo Feruz Yulduzi

15.Moliyaviy xisobot.
Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan:

  • barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;

  • yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi;

  • korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.

Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.


Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:
1-«Korxona balansi»;
2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;
3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;
4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
5- «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».
Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi. Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.
Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta qo’shiladi.
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi. Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:

  • buxgalteriya balansi (1-shakl);

  • moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);

  • asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);

  • pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);

  • xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);

  • debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).


XULOSA.
Xulosa o’rnida quyidagilarni aytib o’tish mumkinki korxona hozirgi kunda o’rtamiyona korxonalardan hisoblanadi. Korxona hozirda ayyollar paltosi ishlab chiqarmoqda va uni chet elga eksport qilib kelmoqda. Malakaviy amaliyotni o’tash davrida korxonada bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Korxonada ishchi hodimlarga sharoit yaxshi yaratilmaganligi va oylik ish haqi pastligi sababli ishchi hodimlarda qo’nimsizlik darajasi mavjud. Bundan tashqari korxonaning asosiy ishlab chiqarish jihozlari eskirganligi uchun korxona to’liq quvvat bilan ishlamaydi, uzilishlar tez-tez takrorlanib turadi Agar bu kamchiliklar bartaraf etilsa bu muammoga barham beriladi. Bu korxonada qo’nimsizlik mavjdligiga sabab xususiy korxona bo’lganligi va bu korxonada ishchilarga yetarli darajada shart-sharoitlar yaratilmaganligi bo’lib hisoblanadi. Budjet tashkiloti bo’lmaganligi uchun bunday kamchiliklarga e’tibor sust, ishchilarning ishdan bo’shab ketishi tez bo’ladi va uzog’i 2 yilgacha ishlaydi. Qo’nimsizlik darajasini kamaytirish uchun bir qator islohotlar olib boorish talab etiladi. Ishchi –hodimlarga shart-sharoitlarni yaratish, ijtimoiy himoya qilish, moddiy va moliyaviy rag’batlantirish va ish haqlarini ko’tarish tavsiya etiladi. Bundan tashqari korxonaning hozirgi holatidan kelib chiqib investitsiya hajmini yanada oshirib ishlab chiqarish hajmini oshirish, shuningdek yana boshqa mahsulotlaarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish tavsiya etiladi. Bu bilan korxonada qo’shimcha ish o’rinlari yaratiladi, ichki bozordagi talabni qondirilishida esa milliy mahsulotlarning hajmi ortadi.
Amaliyotni о‘tashdan asosiy maqsad – olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, korxona boshqaruvini o’rganishni takomillashtirish bо‘yicha mavjud bо‘lgan qо‘llanma va yuriqnomalarni hamda bunda vujudga keladigan muammolarni yechishni о‘rganishdan iborat. Shu bilan birga, amaliyot jarayonida , korxona faoliyati umumiy asoslari bilan tanishish, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilishdan iborat.
Men о‘z amaliyot davrida korxona faoliyatini о‘rganish, asosiy operatsiyalarini, korxona ning maqsad va vazifalari, buxgalteriya hisobini tashkil qilish, ichki nazoratni olib borish yо‘llarini о‘rganishga harakat qildim. Amaliyot davomida olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlashga e’tibor qaratdim.
Shularni inobatga olgan holda mamlakatmizning islohotining asosi– mulkchilik shakllari va muldorlarning sinfining shakllanishiga, xо‘jalik yurituvchi subyektlarga erkinlik berilishi, xorijiy mamlakatlar bilan о‘zaro xamkorlik qilishiga asosiy ehtibor berilmoqda. Korxonaning moliyaviy axvolining, uning kо‘rsatkichlari orqali tahlil qilib, uning samaradorligiga baho beriladi. Korxonaning samarali faoliyatida mablag‘lar juda ham muhim sanalib, ayniqsa, korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini ilg‘or tashkil etishda korxonaning moliyaviy natijalarini shakllashtirishda ularning asosiy va aylanma mablag‘laring о‘rni va ahamiyati juda muhim sanaladi.
О‘quv tanishuv amaliyoti davomida “Mehrigiyo Feruz Yulduzi” M.CH.J si faoliyati bilan yaqindan tanishildim va u yerda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish bо‘yicha chora-tadbirlar. Bu mashina, mexanizmlar va agregatlar bir birlik mahsulotga sarflanadigan mahsulot sig‘imining kamayishi bilan birgalikda ruy beradi.
2. Xom - ashyolarning tejamli tur va shakllarini joriy etishga yо‘naltirilgan chora-tadbirlar. Ularning ishlatilishi natijasida 10-20% tejalishi mumkin, buning natijasida uning moliyaviy kо‘rsatkichlarini foyda miqdorini yanada oshirish imkoniyatiga ega bо‘linadi.
3. Korxonaning tayyorlov bazasida ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish, avtomatlashtirilgan uskunalarni joriy etish bо‘yicha chora-tadbirlar.



Download 221.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling