1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan tanishish
Xususiy kapitalning buxgalteriya xisobi
Download 221.91 Kb.
|
Mehrigiyo Feruz Yulduzi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12. Majburiyatlarning buxgalteriya xisobi.
11.Xususiy kapitalning buxgalteriya xisobi.
Xususiy kapital xo‘jalik sub’ektining aktivi va majburiyatlari o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassamlashtiradi. Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to‘lash, qo‘shimcha investitsiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Xususiy kapital uch qismdan tashkil topadi: Nizom kapitali; Qo‘shilgan kapital; Rezerv kapitali. Korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantirishi talab etiladi. Bunday resurslar, odatda, xo‘jalik sub’ektlari ta’sischilari tomonidan o‘z xususiy mulklarini Nizom kapitaliga ulush sifatida qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Ushbu moliyaviy resurslarning asosiy manbalari bo‘lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, aksiya va obligatsiyalarni sotishdan olingan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari hisoblanadi. Tashkil etilayotgan xo‘jalik sub’ektining Nizom kapitali uning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan kiritilgan mablag‘lar hisobiga jamlanadi. U muassislarning umumiy mol-mulki va ayni vaqtdagi yuridik shaxs sifatida sub’ektning mol-mulki ham hisoblanadi. Demak, bu Nizom kapitali bir tomondan korxona o‘z mablag‘lari manbai bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, har bir muassisning mol-mulkidir. Nizom kapitali bo‘yicha muomalalar hisobi 8300-«Nizom kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar» schyotida hisobga olinadi. Ushbu schyot quyidagi uchta schyotni o‘zida jamlaydi: 8310-Oddiy aksiyalar 8320-Imtiyozli aksiyalar 8330-Pay va ulushlar 8310-Oddiy aksiyalar schyoti davlat ixtyoridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning Nizom fondini hamda aksiyadorlik va shirkat jamiyatlarining Nizom kapitalini hisobga olish uchun xizmat qiladi. 8320-Imtiyozli aksiyalar schyotida imtiyozli aksiyalar ko‘rinishida muomalaga chiqarilgan aksiyadorlik kapitalining miqdori hisobga olinadi. 8330-Pay va ulushlar schyotida aksiyadorlik shaklidan tashqari, boshqa mulkchilik turlarida tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning Nizom kapitali shakllanishi hisobga olinadi. 12. Majburiyatlarning buxgalteriya xisobi. Majburiyat - bu xo‘jalik subyektining amalga oshirilgan harakatlari (bitimlar) natijasida shakllangan jalb qilingan mablag‘lar manbai bo‘lib, tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki bajarilgan yshlar uchun kelgusi to‘lovlar uchun yuridik asos sifatida xizmat kiladi. Tenglamaning o‘ng va chap tomoni miqdori doimo moe keladi, chunki aynan bir narsa turli nuqtai nazar bilan ko‘rib chiqiladi. “Majburiyat” tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat hollarda har bir ta’rif o‘z muallifining fikr va qarashlarini tasdiklash maqsadida shakllantirilgan bo‘lib, ularda bu tushuncha bilan bog‘liq ko‘plab jixatlari bir tomonlama alohida asoslangan holda ko‘rsatilgan. Holbuki, ilmiy kategoriya va tushunchalar o‘rganilayotgan sohaning muhim jixatlarini qamrab olishi, ixcham, sodda va qulay tuzilishga ega bo‘lishi fanning ham, amaliyotning ham samarasini yanada oshiradi. Yuqoridagilarni umumlashtirib majburiyatlarni tavsiflovchi quyidagi holatlarini keltirish mumkin: majburiyatlar - avval bo‘lib o‘tgan xo‘jalik muomalalari natijasidir; majburiyatlar - bir korxonaning ikkinchisiga bo‘lgan qarzdorligidir; majburiyatlar - korxona aktivlarining kamayishiga sabab bo‘luvchi, undiriluvchi qarzdorlikdir. “Majburiyat” tushunchasining asosiy ta’riflarini muayyan tizimga asoslangan tahlili natijasida quyidagi xulosaga kelindi “majburiyat bir korxonaning ikkinchisiga bo‘lgan qarzdorligini ko‘rsatuvchi, ularning so‘ndirilishi esa, qarzdor korxonaning aktivlarini kamaytiruvchi, oldindan yuz bergan xo‘jalik muomalalarning natijasidir”. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda majburiyatlarning yuzaga kelish sabablarini quyidagicha tarkiblash mumkin: iqtisodiy aloqaga kirishayotgan korxonalar tomonidan shartnomaviy majburiyatlarni belgilashga ma’suliyatsizlik bilan yondashuvi, natijada, shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy holatlarning shartnoma shartlarida aniq ko‘rsatilmaganligi; majburiyatlarning o‘z vaqtida, to‘liq va aniq hisobi yuritilmasligi; mahsulot, ish va xizmatlarni sotishda hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan keng foydalanmaslik; korxonalarning moliyaviy ahvolini mukammal tarzda tahlil qilinmasligi hamda ularning natijalarini boshqaruv xodimlariga o‘z vaqtida taqdim etilmasligi; o‘zaro hisob-kitoblarda tomonlarning to‘lov layoqati pastligi; kredit tashkilotlari bilan mijoz o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarda korxonalar faoliyatini baholashdagi kamchiliklarning mavjudligi. Bizning fikrimizcha majburiyat uchta asosiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak: majburiyat, boshqa subyektga aktivlarning o‘tkazilishi, ishlar bajarib berilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi yoki hisob-kitob raqamidan pul to‘lab berilishi bilan qondirilishi mumkin; majburiyatlar munozarali bo‘lmasligi kerak, ya’ni korxona tomonidan tan olingan qarzdorlik majburiyatlar bo‘lib hisoblanadi; majburiyatning kelib chiqish sababi subyektiv omil tufayli bo‘lmasligi kerak. Birinchi holatda, majburiyatlarni qarzdor korxona tomonidan albatta to‘lanishi lozimligi nazarda tutilgan. Ularning o‘z vaqtida to‘lanmasligi turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, qarz bergan korxona o‘z haqini talab qilib, xo‘jalik sudiga murojaat qilishi mumkin. Buning natijasida, qarzdor korxona sudda yutqazib qo‘yishi hamda sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni, qarz summasini, qarzni o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun sud tomonidan belgilangan jarima summasini va etkazilgan ma’naviy zararni qoplab berishiga to‘g‘ri keladi. Bu holat korxonaga katta zarar yetkazib, uning moliyaviy ahvolini yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun majburiyatlarni, o‘z vaqtida mahsulot yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarib berish yoki pul to‘lovi orqali undirib borilishi talab qilinadi. Ikkinchi holat, qarzdor korxonada ham, qarz beruvchi korxonada ham majburiyat miqdori bir hil bo‘lishi hamda ushbu majburiyat har ikkalasi tomonidan tan olingan bo‘lishini anglatadi. Qarzdorlikning kelib chiqish sababi o‘rinli bo‘lishi kerak deyilganda, majburiyat paydo bo‘lishi uchun qarz bergan korxona tomonidan qarzdor korxonaga mahsulot yetkazib berilgan, xizmat ko‘rsatilgan, ishlar bajarib berilgan yoki pul ko‘rinishida to‘lov amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro iqtisodiy munosabatga kirishishlari natijasida paydo bo‘lgan majburiyatlarini o‘z vaqtida, aniq va to‘g‘ri hamda turlarga ajratgan holda hisobga olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, majburiyatlarni o‘z vaqtida va aniq hisobga olib bormasligi korxona uchun keyinchalik yuqorida aytib utilgan bir qator unumsiz xarajatlarni keltirib chiqaradi. Kreditorlik qarzi tashqaridan mablag‘lar kelishi hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida qarz paydo bo‘lib, uning yozilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, byudjetga qarzlar soliqlar hisoblanishi natijasida, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar ish haqi hisoblash bilan yuzaga chiqadi va hokazo. Qarz korxonaning turli bitimlarni bajarishi natijasida vujudga keladi va tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar yuzasidan kelgusidagi to‘lovlar uchun huquqiy asos bo‘lib hisoblanadi. Download 221.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling