1. Xromosoma sonining o`zgarishi anomaliyasida paydo bo`ladigan kasalliklar
Trisomiya D sindromi, Patau sindromi (trisomiya - 13)
Download 11.83 Kb.
|
Документ genetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mushuk miyovlashi sindromi
Trisomiya D sindromi, Patau sindromi (trisomiya - 13).
Patau sindromi D guruh xromosomala- ridan biriga taalluqli geteroploidiya oqibatida kelib chiqadi. Kasal bola bar- vaqt ya`ni 3-4 oyligida o`lib ketadi. Patau sindromi ko`pincha qiz bolalarda 4000 chaqaloqdan bittasida uchraydi. Trisomiya-D sindromi Patau tomonidan 1966- yil tasvirlangan. Bu sindrom- 13 juft autosomaning trisomiyasi bo`lib, yirik- yirik A, B va S guruh xromosomalarning trisomiyalari kabi hamisha o`limga olib keladi. Bunda juft xromosomaning bittasida deletsiya natijasida har xil monosamiya sindromlari paydo bo`ladi. ''Mushuk miyovlashi'' sindromi Kasallikni 1960- yil Djekobs o`rgangan. 1963- yil 1- marta Leyenne tomonidan asosiy belgilari tasvirlab berilgan. Hozir 300 dan ortiq o`ziga xos sindromli bola aniqlangan. Barcha bemorlarga sitolo- giya usulda 5- gomologik xromosoma- dan birining qisqa yelkasini taxminan 1/3 ga qisqargani ma`lum bo`ldi. Bu kasalga nisbatan qiz bolalar ko`proq chalinadi. Hiqildoq muskullari anomali- yalari tufayli chaqaloq ovozi mushuk miyovlashini eslatadi. Kasal qo`l-oyoq, tana mushaklari tonusining pasayishi bilan xarakterlidir. Bu kasallikka chalin- gan bolalar o`sishdan qoladilar. Simp- tomatik davo qilinadi. Kasallik B guruh autosomaning 4- yoki 5- xromosoma kichik yelkasining deletsiyasi natijasida kelib chiqadi. Shuning uchun bu kasallik ''Mushuk miyovlashi'' deyiladi. AQLIY HUJUM 1. Xromosoma sonining o`zgarishi anomaliyasida necha xil kasallik paydo bo`ladi ? 2. Klaynfelter sindromi qachon vujudga keladi ? 3. Xromosomalar kompleksining buzilishi -...? 4. 21- xromosoma trisomiyasi - ... ? 5. ''Mushuk miyovlashi'' sindromi - ? 6. Jinsiy xromosomalar son anomaliyalarida qanday kasalliklar yuz beradi ? 7. X - Trisomiya sindromini 1- marta kim, qachon ta`riflagan ? 8. Klaynfelter sindromi yana qanday variant- larda paydo bo`lishi mumkin ? 9. Xromosomalar kompleksining buzilishiga nima deyiladi ? xromosomalar | kasalliklar ----------------------------------------- | XXX | X - Trisomiya | XXY | Klaynfelter XO |Shereshevskiy-Terner Xromosoma kasalliklari ______|_______ | | 1) jinsiy xromosoma 2) autosomalar soni soni o`zgarishida o`zgarishi anomaliyasi paydo bo`luvchi paydo bo`luvchi kasalliklar kasalliklar ____| _____| |_Klanyfelter sindromi; |_Daun sindromi; |_X-Trisomiya sindromi; |_Edvards sindromi; |_Shereshevskiy-Terner |_Patau sindromi; sindromi; Download 11.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling