Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bо‘yicha baholar quyi-dagicha farqlanadi:
ulgurji baholar;
chakana baholar;
sotib olish baholari;
smeta qiymati;
tariflar.
XYUS lar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloq xо‘-jaligi yoki boshqa XYUS larga yoki ta’minot tashkilotlariga sota-digan bahosi ulgurji baho deyiladi.
Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy istye’moli uchun kichik miqdorlarda sotiladigan nye’matlarga о‘rnatilgan baho chakana baho dyeb atadi.
Qishloq xо‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan о‘z mah-sulotlarini davlatga sotish sotib olish baholarida amalga oshi-riladi.
Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshoot-lar va b.) ning bahosi tо‘lanadi.
YUklarni tashish, elektr energiyasi, issiqlik, suv, sog’liqni saqlash xizmatlari, myehmonxona, sayyohlik va boshqa xizmatlarning bahosi tariflar orqali ifodalanadi.
О‘rnatilishiga qarab baholarning quyidagi turlari mavjud:
qat’iy baholar;
joriy baholar;
о‘zgaruvchan baholar;
almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar.
SHartnomada qayd yetiladigan va Shu shartnomaga muvofiq ravishda mahsulotni yetkazib berishning barcha muddatlari davo-mida о‘zgarmaydigan baholar qat’iy baholar deyiladi.
Joriy baho deyilganda Shu davrda mahsulotni yetkazib berish amalga oshirilgan baho tuShuniladi. Bunday baholar bir shartnoma doirasida о‘zgarishi mumkin va ular bozorning holatini о‘zida aks yettiradi.
О‘zgaruvchan baholar shartnomada ma’lum bir shart asosida, masalan, shartnomani ijro yetish paytida bozor bahosi о‘zgaradigan bо‘lsa (kо‘tarilsa yoki pasaysa), о‘zgartirilishi (qayta kо‘rib chiqilishi) mumkin dyeb qayd yetilgan baholardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |