Bozor turiga bog’liq ravishda baholarning quyidagi tur-lari mavjud:
auksion baholar;
birjaviy kotirovkalar;
savdolar baholari.
Sotib oluvchi tomonidan oldindan kо‘rilgan tovarlar partiya-si (loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bо‘yicha ommaviy sotish bahosiga auksion baholar deyiladi. Bunday baholar talab va taklif о‘rtasidagi nisbatning о‘zgarishi natijasida о‘rnatiladi (belgilanadi).
Birja orqali realizasiya qilinadigan standartlashtirilgan bir toifadagi tovarlarning (Shu jumladan, qimmatli qog’oz-larning ham) bahosi birjaviy kotirovkalar dyeb ataladi.
Savdolar baholari ixtisoslashtirilgan savdo alohida shakllarining bahosidan iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat (tyendyer)da oldindan ye’lon qilingan shartlarga kо‘ra tovar-larni yetkazishga buYurtmalar berish yoki ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun pudratlarni olishga asoslangan bо‘ladi.
Hududiy bozorlarga bog’liqligini nazarda tutib baholar-ning turlari quyidagicha farqlanadi:
yagona baholar;
mintaqaviy baholar;
mahalliy baholar.
YAgona baholar mamlakatning barcha hududlarida amal qila-di. Ular davlat tomonidan о‘rnatiladi va tartibga solinadi.
Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududlarida shakllanadi. Bunday baholarning tarkibiga qishloq xо‘jaligi mah-sulotlari va xom ashyo, gaz elektr energiyasining baholarini kiri-tish mumkin.
Shu mintaqaning о‘zida ishlab chiqariladigan va istye’mol qilinadigan mahsulotlarga о‘rnatilgan baholar mahalliy baho-lar deyiladi.
Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bо‘yicha baholarning quyidagi turlari mavjud:
erkin (bozor) baholar(i);
qayd yetilgan (qat’iy) baholar;
tartibga solinadigan baholar;
pryestij (kamyob, obrо‘li) baholar;
parityet (tyeng) baholar.
Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va xizmatlarni kо‘rsa-tuvchilar tomonidan bozor kon’Yunkturasiga muvofiq ravishda talab va taklif asosida qо‘llaniladigan baho erkin (bozor) baho-lar(i) deyiladi.
5.Baholarning shakllantirish metodlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |