1. Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari xalqaro turizm harakatlarining rivojlanish dinamikasi
Yaqinda, shuningdek, qayta tiklangan arabning muhim shaharlariga xos yana bir bino bor
Download 0.51 Mb.
|
Misr turizimining dinamikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I Xalqaro forum
- Ziyorat turizm elchisi
- Xalqaro ziyorat turizm
Yaqinda, shuningdek, qayta tiklangan arabning muhim shaharlariga xos yana bir bino bor: "karvonsaroy", uzoqdan "soux" bilan savdo qilish uchun kelgan savdogarlar turadigan va sotiladigan yoki yaqinda sotib olinadigan mahsulotlarni saqlaydigan mehmonxona turi.
Islomiy Qohirani yuqoridan ko'rish uchun minoraga chiqishga harakat qiling, bu ko'rinish ham betartib, ham sirli. Xon al-Xalilida har qanday didga mo'ljallangan do'konlardan tashqari, taniqli Misr yozuvchisi, o'ziga xos Qohiralik Xorxe Amadoning nomi bilan atalgan mashhur Naguib Mahfuz kafe va restorani ham bor. Bu mahalliy me'yorlar bo'yicha turistik va qimmat, ammo toza va yoqimli. Tashrif buyuradigan yana bir joy - bu bozorning kirish qismidagi xiyobondagi tashqi qismi bo'lgan El Fishawy kafesi va devorlari nometall bilan o'ralgan ichki xonadir. Qohirada choy ichish va nargile (quvur turi) ni tatib ko'rish uchun eng yaxshi joylardan biri - an'anaviy lazzatlarda, qulupnay, olma yoki malinada. Unutilmas! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan joriy yilning 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Mazkur muhim voqea ikki davlat uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etish o‘rinlidir. Misr va O‘zbekiston munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini izchil ravishda tahlil etsak, o‘zaro aloqalar barqaror ravishda, do‘stona ruhda ko‘plab sohalarda kengayib borayotganiga guvoh bo‘lamiz. Jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishida turizm sohasining jadallashishini ko‘rishimiz mumkin. Misrning turizm sohasidagi katta salohiyati O‘zbekiston uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi. Ta’kidlash joizki, 2022 yilda “Piramidalar o‘lkasi”ga tashrif buyurgan turistlar soni 11 million kishini tashkil etdi va bu 2021 yildagiga nisbatan sayyohlar ulushi 40 % oshganligini ko‘rsatdi (2021 yilda 8 million). Turizm sohasida Misrda 3 milliondan ortiq kishi faoliyat yuritib, mamlakatga qariyb 30 milliard AQSH dollari miqdorda foyda olib keladi. Bu davlat Yalpi ichki mahsulotining 5,6% tashkil etadi. 2022 yil yakuniga ko‘ra, Misr aholisi 105 million kishiga yetdi. Bu Misr arab mamlakatlari ichida eng ko‘p aholiga ega davlat ekanligini ko‘rsatib turibdi. Mazkur holat ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlik o‘zaro sayyohlar almashinuvi darajasida ham amalga oshirilsa, bu mamlakatimizga tashrif buyurayotgan turistlar ko‘lamining ortishiga xizmat qiladi. Bunda, albatta, yurtimizning musulmon o‘lkalari uchun nufuzli ziyoratgohlardan biri va islom dini buyuk allomalari istiqomat qilgan zamin ekanligini inobatga olsak, fikrimiz zamiridagi muddao yanada yaxshiroq namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, Misrning nafaqat qadimiy obidalari, balki turfa xil noyob muzeylari bilan ham xorijiy sayyohlarni jalb eta olishi bu davlat bilan turizmning muzeyshunoslik sohasi bo‘yicha izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yish manfaatli bo‘lishini tasdiqlamoqda. Hozirgi kunda Misrda 70 dan ortiq muzeylar o‘z faoliyatlarini ko‘rsatmoqda. Bularning ichida mashhurlari sifatida Qohira davlat muzeyi, katta Misr muzeyi, Kopt muzeyi, islom san’ati muzeyi, Nubiya muzeyi va Iskandariya milliy muzeyini keltirish mumkin. Misr muzeylari eksponatlari jihatidan boyligi va me’morchiligining noyobligi bilan dunyoning boshqa muzeylaridan ajralib turadi. Misol tariqasida aytsak, Qohiradagi islom san’ati muzeyi kolleksiyasining o‘zi o‘rta asrlarga taalluqli bo‘lgan arab, turk va fors xalqlarining 100 mingdan ortiq qo‘l hunarmandchiligi san’at durdonalarini o‘z ichiga oladi. Ikki davlat ham insoniyat tamaddunining qadimiy o‘choqlaridan hisoblanadi. Bu haqda mamlakatlarimizda qad ko‘targan va saqlanib qolgan me’moriy obidalarning soni va salmog‘i guvohlik bermoqda. Bunday holat turizm sohasini iqtisodiyot uchun strategik yo‘nalishga aylanishiga zamin hozirlaydi. Hozirda Misr tomonining O‘zbekiston bilan turizm doirasidagi hamkorlik aloqalarini faollashtirishga qiziqishi kuzatilmoqda. Har ikki mamlakat sayyohlik sohasida o‘zaro hamkorlik qilish uchun cheksiz salohiyatga ega. Rivojlangan infratuzilma va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasiga ega bo‘lgan Misr dunyodagi eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Har yili qariyb 8 million kishini tashkil etuvchi sayyohlik safarlari hajmi bo‘yicha mamlakat mintaqadagi yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ko‘p yillik hamkorlik faoliyatini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, ushbu hamkorlik 1995 yilda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va Misrning Turizm vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi doirasida amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda Misrning O‘zbekiston turizm salohiyatini jahon miqyosiga olib chiqilishidagi say-harakatlarini keltirib o‘tishimiz mumkin. Xususan, Misr birinchilardan bo‘lib, Xalqaro turizm tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasini (2014 yil 1-3 oktyabr) o‘tkazishda Samarqand shahri nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Shu jihatda, O‘zbekiston o‘zining boy madaniy va tarixiy me’rosi va qulay iqlim sharoiti bilan Arab Respublikasi aholisi uchun eng avvalo mamlakatga "ziyorat turizmi"ni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan istiqbolli turizm manzilidir. 2018 yil 6 sentyabrda imzolangan O‘zbekiston Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim ushbu sohadagi aloqalarning izchil tus olishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, 2019 yil 21-23 fevral kunlari Buxoro shahrida Ziyorat turizmi bo‘yicha o‘tkazilgan “I Xalqaro forum”da Misr Vakillar majlisi Ijtimoiy birdamlik, oila va nogironlar qo‘mitasi raisi, “Misrni qo‘llab-quvvatlash” fraksiyasi rahbari, Misr sufiylar tariqatlarining Oliy kengashi raisi doktor Abdulhodiy al-Qasabiy bosh mehmon sifatida ishtirok etdi. O‘z o‘rnida doktor Abdulhodiy al-Qasabiy O‘zbekistonning Misrdagi “Ziyorat turizm elchisi” etib tayinlangan. Xususan, ushbu tadbir doirasida Misrning “Al-Jumhuriya” gazetasi, “Al-Usbu’”, “Al-Qohira24”, “Sada al-Balad” kabi elektron nashrlarda O‘zbekiston Xalqaro ziyorat turizmi haftaligiga bag‘ishlangan xabarlar tarqatildi. Abdulhodiy al-Qasabiy Xalqaro ziyorat turizmi haftaligidagi ishtirokiga bag‘ishlangan maqolada ikki mamlakat va xalqlarimiz o‘rtasidagi rishtalar uzoq o‘tmishga borib taqalishiga e’tibor qaratilgan. Misr matbuotida chop etilgan xabar va maqolalarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda, Misrning Yaqin Sharqda muhim o‘ringa ega ekani ham alohida qayd etilgan. Shuningdek, 2022 yil 1-3 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Xalqaro ziyorat turizm” haftaligida ham al-Qasabiy ishtirok etdi. 2022 yil yanvar-mart oylari davomida Misr hukumatiga qarashli “Nile Culture” telekanalida “Barcha tillarda” ko‘rsatuvining O‘zbekistonga bag‘ishlangan 3 ta maxsus soni namoyish etildi. Bundan tashqari, Misrlik turoperatorlar O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro sayyohlik yarmarkalarining an’anaviy ishtirokchilari hisoblanadi. Jumladan, joriy yilning 21 fevral kuni «O‘zbekiston Gidlari forumi—2023» VI an’anaviy gidlar forumi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Misr o‘rtasida Qo‘shma harakatlar rejasi imzolandi. Shuningdek ikki davlat turizm doirasidagi amaliy natijalarini quyidagilarda qayd etish mumkin. 2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab O‘zbekiston va Misr shaharlari o‘rtasida “Toshkent-Sharm ash-Shayx” va “Sharm ash-Shayx-Toshkent” yo‘nalishlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” va Misrning “Air Cairo” aviakompaniyalari tomonidan haftasiga bir martadan sayyohlik reyslar hamda har shanba kunlari “Qohira-Toshkent-Qohira” yo‘nalishida “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Fly Egypt” kompaniyalari tomonidan ikki mamlakatga turli maqsadlarda tashrif buyurayotganlar uchun reyslar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miriziyovning Misr Arab Respublikasiga tashrifi doirasida, “Air Cairo” aviakompaniyasi raisi Husayn Sharif va O‘zbekiston vakillari o‘rtasida O‘zbekiston va Misr o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi sonini oshirish va geografiyasini kengaytirish imkoniyati muhokama qilindi. Natijalar esa, Misrning ikki yirik aviakompaniyasi ushbu aviaqatnov yo‘nalishida faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Shuningdek, boshqa yo‘nalishlar qatori Xurgada va Sharm Al-Shayxga parvozni haftasiga 14 taga yetkazish borasida muzokaralar amalga oshirildi. Xulosa o‘rnida aytganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Misrga tashrifi ikki davlatni yanada yaqinlashtirishi hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Davlatlar o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik yangi mazmun hamda shakl bilan to‘ldirishni talab etiladigan rivojlanish bosqichiga yetib keldi. Ushbu jarayonda ikki tomonlama aloqalarga yangicha ruh berilishi o‘zaro manfaatli bo‘lishi shubhasiz. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling