1. Yengil atletika sport turin xakamlik paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari


Musobaqa hujjatlarini tayyorlash va nashr etish


Download 57.96 Kb.
bet15/16
Sana31.03.2023
Hajmi57.96 Kb.
#1311923
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-seminar Yengil аtlеtikа turlari bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)

Musobaqa hujjatlarini tayyorlash va nashr etish
Musobaqaning barcha hujjatlari shartli ravishda uch guruhga bo‘linadi:
-musobaqalarga qadar;
-musobaqalar vaqtida;
-musobaqalardan keyin bosib chiqariladigan hujjatlar.
Ko‘pgina bujjatlarni tayyorlash uchun ishtirokchining varaqasi
asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ishda qulaylik yaratish uchun varaqalar dastur nomerlariga qarab xatjildlarga joylanadi va har birining ustiga dastur turi, jinsi, rekordlari, razryad me’yorlari, keyingi davraga chiqish shartlari; mazkur turda ishtirokchilar soni, start vaqti yozib qo'yiladi.
Ishchi qaydnomalar hakamlik blanklariga bosib chiqariladi va ularda mazkur davra to‘g‘risidagi ma’lumotlar – musobaqalarning nomi va dastur nomeri, musobaqaning boshlanish vaqti, o‘tkazilish joyi, rekordlar, malakaviy me’yorlar hamda sportchilarning poyga (guruhlar, seriyalar, joylar) bo'yicha ro‘yxatlari albatta ularning qur’a bo‘yicha chiqish ketma-ketligiga ko‘ra yoziladi. Ishchi qaydnomalarinmg nusxasi start qaydnomalari o‘rnida ishlatilishi mumkin.
Kotibiyat tomonidan chiqariladigan start qaydnomalari miqdori (adadi) quyidagicha aniqlanadi:
Ma’muriyat - rasmiy shaxslar va mehmonlar soniga ko‘ra;
Ishtirokchi jamoalarga - vakillar orqali bir nusxadan chiqarilib, umumiy foydalanish uchun e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi;
Matbuot uchun - matbuot markaziga barcha hujjatlar 1-2 nusxadan jo'natiladi;
Hakamlar hay’atiga - papkalarga joylanib, guruh va xizmatlarning nomi yozib qo‘yiladi.
Ishchi hujjatlarning to‘plamlari:
- musobaqa Reglamenti;
- musobaqa Jadvali;
- toza qog‘oz varaqlari;
- ishchi qaydnomalar (taxminiy miqdori - yugurish turlariga - 9, texnik turlar - 7).
Ishchi qaydnomalardan tashqari hakamlar guruhlari papkalariga hakamlik blanklari ham joylanadiki, ular musobaqa o‘tkazish uchun zarur hisoblanadi.
Masalan,marradagi hakamlar guruhi uchun:
- marradagi katta hakam qaydnomalari;
- katta vaqt o‘lchovchi qaydnomalari;
- davralar bo‘yicha yugurish va oraliq vaqt hakamlari qaydnomalari;
- masofadagi hakamlarning yozuvlari blanklari joylanadi.
Sportcha yurish bo‘yicha hakamlar uchun - yurish bo‘yicha hakamlar yozuvlari, jamlovchi qaydnoma, uslub bo'yicha hakam qaydnomasi va h.k. blanklar taxlanadi.
Agar ishtirokchilarning varaqalariga natijalar hakamlar guruhlari kotiblari tomonidan yozilsa, u holda papkalarga varaqali xatjildlar ham joylanadi, bunda guruhdagi kotiblar soni bir nafar hakamga ko'paytiriladi.

Download 57.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling