1. Yer osti suvlari. Asosiy qism. Tog’ jinslarining to’yinish zonasi


Download 27.25 Kb.
bet3/4
Sana08.06.2023
Hajmi27.25 Kb.
#1464798
1   2   3   4
Bog'liq
1. Yer osti suvlari. Asosiy qism. Tog’ jinslarining to’yinish zo (1)

Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari. Kimyoviy tog` jinslari eritmalardagi kimyoviy moddalarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv xavzalarida, sho`r suvli buloqlarda kuzatiladi. Kimyoviy tog` jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit, gips osh tuzi kiradi.
Oshtuzi - qatlamlar xolida sho`r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar orasida uchraydi. Osh tuzining rangi hosil bo`lish sharoitiga va tarkibidagi aralashmalarga qarab, oq, sariq, qizil, havo rang bo`ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan.
Gips va angidrit bug`lanish kuchli bo`lgan va suvi oqib chiqib ketmaydigan dengiz qo`ltiqlarida tuzlarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Gips mayda donli zich yoki tolasimon oq, kulrang, sariq rangdagi jinsdir. Xajmiy og`irligi 2200 kgG`m3. mustaxkamligi 20MPa

Diatomit - bo`shroq tsementlangan diatom suv o`tlaridan tarkib topgan, sergovak, oq, och ko`lrang sargish kremniyli jins. Har doim tarkibida gil loyqalari uchraydi. Kremniyning miqdori 80 -95 % ni tashkil etadi.

Yer osti suvlari sathining joylashishi ikkita - aeratsiya va to‘yinish zonasiga bo‘linadi. To‘yinish zonasi - bu barcha bo‘shliqlar suvga to‘lgan, umumiy gidrostatis bosim ostidagi zona. Aeratsiya zonasida g‘ovaklaming ayrim qismlari havo, ayrimlari esa suv bilan to‘ldiriladi. To‘yinish zonasi grunt suvlari zonasi deb ataladi. Aeratsiya zonasini bir nechta zonalarga ajratish mumkin. Todd ulami quyidagi zonalarga ajratadi16: 1. Tuproq suvlari zonasi. Yer yuzasiga yaqin bo‘lgan qatlamda joylashgan suvlar tuproq suvlari deb ataladi. U tuproqning o‘simlik ildiz joylashgan qatlamlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu zonaning kuchliligi doimiy emas va u tuproq hamda o‘simlik turiga bogTiqdir. Ushbu zonada suvlar gigroskopik, kapilyar va gravitatsion ko‘rinishda uchraydi. 2. Qatlamlararo zona. U ikkita qatlamlar orasidagi bo‘shliqlarda, ya’ni tuproq suvlarining quyi chegrasidan kapilyar suvlarining yuqori chegarsida orasidagi suvlarga qatlamlar aro suvlar zonasi deyiladi. 3. Kapilyar zonaning tagi. Yer osti suvlari yuzasidan kapilyar zonasi jiyagig oralig‘idagi chegarasiga. Kapilyar jiyakning quw ati tuproq xarakteriga bog'liq bo‘lib, nafaqat hududdan hududga, bal’kim bitta yonbag‘ir oralig‘ida ham o‘zgarishi mumkin. 4. To ‘yingan zona. To‘yinish zonasida tuproq va tog‘ jinslari bo‘shliqlari suv bilan toTgan bo‘ladi. Yer osti suvlarining hajmini va ulaming harakatlanish tezligini aniqlashda, yer osti suvlari havzasining geologiyasi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarga ega boTish zarur. Tog‘ jinslari zich joylashgan hududlarda, tog‘ jinslarining gidrogeologik xarakteristikalari ma’lum 15 Warren Viessman, Jr. Gary L.Lewis. Introduction Hydrology. 2008. 5-betidan olingan 16 Warren Viessman, Jr. Gary L.Lewis. Introduction Hydrology. 2008. 5-betidan olingan 49 bo‘lishi kerak. G ‘ovak tog‘ jinsli hududlarda yer osti suvlarining miqdori ko‘pchilikni tashkil etmaydi. Yer yuzasiga yaqin bo‘lgan tuproq qatlamida joylashgan va odatda, mavsumiy ravishda bo‘ladigan suvlar tuproq suvlari deb ataladi. Bunday suvlaming asosiy manbai yog‘in-sochin hamda atmosferadagi namlikdir. Shuning uchun ham ular yilning namlik ko‘p boigan mavsumlaridagina hosil bo‘ladi. Tuproq suvlari boshqa yer osti suvlariga qaraganda anchagina yuqorida joylashgan va ulardan suvsiz yoki sal nam qatlam - aeratsiya zonasi bilan ajralgan boiadi. Aeratsiya zonasi yer osti suvlarini Yer yuzasidan pastki qatlamlarga va pastki atlamlardan yer yuzasiga bug‘ shaklida o‘tkazib turadi. Yer osti suvlari gidrosferaning tashkil etuvchilari orasida hajmi jihatidan Dunyo okeanidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ulami o‘rganish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Yer osti suvlarining paydo boiishi-genezisi haqida turli davrlarda olimlar turlicha fikr-mulohazalar va farazlar (gipotezalar) bayon qilganlar. Hozirgi vaqtda ilmiy nuqtai-nazardan asoslangan va shu tufayli mutaxassislar tomonidan qabul qilingan nazariyalar quyidagilardan iborat: - Y.Zyussning yuvenil nazariyasi; - A.F.Lebedevning kondensatsion nazariyasi; - infiltratsion (sizib o‘tish) nazariyasi; - relikt yer osti suvlari nazariyasi. Yer osti suvlarining yuvenil nazariyasi avstraliyalik geolog-olim Y.Zyuss tomonidan ilgari surilgan va shu tufayli uning nomi bilan ataladi. Bu nazariyaga ko‘ra yer osti suvlari qisman magmadan chiqadigan bugiam ing sovushi va quyuqlashishi natijasida hosil boiadi. Kondensatsion nazariyaga ko‘ra yer osti suvlarining m aium qismi tog‘ jinslari va tuproq-gruntdagi bo‘shliqlarga havo bilan kirib qolgan suv bugiarining sovigandan keyin kondensatsiyalanib, suyuq holatga aylanishi natijasida paydo boiadi. Infiltratsion (sizib o‘tish) nazariyasiga ko‘ra yer osti suvlarining katta qismi yomg‘ir, qor suvlari, daryolar, kanallar hamda ariqlardagi suvlaming yerga shimilishidan hosil boiadi. Bu fikrlar ancha il50 gari aytilgan bo‘Isa ham, uning nazariya sifatida shakllanishida A.F.Lebedevning xizmatlari kattadir. Relikt yer osti suvlari nazariyasining mohiyati shundan iboratki, unga asosan yer osti suvlarining ma’lum qismi qadimgi zamonlarda dengiz yoki ko‘llar ostidagi cho‘kindi tog‘ jinslarining bo‘shliqlarida mavjud bo‘lgan suvlar hisobiga hosil bo‘ladi. Bunday suvlar “qolib ketgan” yoki “ko‘milib qolgan” (relikt) suvlar deb ataladi. Yuqorida bayon qilingan nazariya va gipotezalarga mos ravishda yer osti suvlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - vadoz yer osti suvlari; - yuvenil yer osti suvlari; - sedimentatsion yer osti suvlari. Vadoz yer osti suvlari, ya’ni yeming ustki qatlami- po‘stidagi suvlar o‘z navbatida uch turga bo‘linadi: - infiltratsion yer osti suvlari; - inflyuatsion yer osti suvlari; - kondensatsion yer osti suvlari. Infiltratsion yer osti suvlariga donador tog‘ jinslari orasidan shimilib, yer ostiga o‘tgan suvlar kiradi. Inflyuatsion suvlarga esa tog‘ jinslaridagi yoriqlar va bo‘shliqlar orqali yer ostiga o‘tadigan suvlar kiradi. Yer osti yoriqlarivabo‘shliqlaridauchraydiganbug‘ko‘rinishidagi nam havoning kondensatsiyalanishi natijasida kondensatsion yer osti suvlari hosil boiadi. Vadoz suvlar Yer kurrasida suvning umumiy aylanishida faol ishtirok etadi, aniqrog‘i ular Yer yuzasidagi suv havzalari hamda atmosferadagi namlik bilan chambarchas bogiangan. Yuvenil yer osti suvlarining kelib chiqishi magmatik va metamorfik jarayonlar bilan bog‘liqdir. Bu guruhdagi yer osti suvlari vodorod (N) va kislorod (0 2) molekulalarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgach, tabiatda suvning aylanishida birinchi marta ishtirok etadi. Sedimentatsion yer osti suvlari yuqorida qayd etilganidek, uzoq vaqt davomida suvning tabiiy aylanishida qatnashmasligi mumkin. 51 1.6.3. Yer osti suvlarining turlari, tasniflari Tabiatda, kelib chiqish sharoitiga ko'ra, bir turli boigan yer osti suvlarini ajratish mushkul. Chunki bir geologik strukturaning geologik tarixi mobaynida yer osti suvlarining to'yinishida yuqorida qayd etilgan har uch guruh suvlari ham qatnashishi mumkin. Yer osti suvlari joylashish sharoitiga qarab: - tuproq suvlari; - grunt suvlari; - qatlamlar orasidagi (bosimli) suvlarga boiinadi. Qayd etish lozimki, tuproq suvlari ham, grunt suvlari ham, qatlamlar orasidagi suvlar ham tog‘ jinslarining g‘ovaklari, yoriqlari hamda karst bo‘shliqlarida boiishi mumkin. Yer qobigining yuza qismi yer osti suvlarining joylashishiga qarab ikki zonaga - aeratsiya va to ‘yittish zonalariga boiinadi. Aeratsiya zonasida tog' jinslari g'ovaklari suv bilan to ia qoplanmagan boiib, u yerda atmosfera havosi ham mavjud boiadi. To'yinish zonasida esa tuproq va tog‘ jinslari bo‘shliqlari suv bilan toigan boiadi. Yer yuzasiga yaqin boigan tuproq qatlamida joylashgan va odatda, mavsumiy ravishda boiadigan suvlar tuproq suvlari deb ataladi. Bunday suvlaming asosiy manbai yogin-sochin hamda atmosferadagi namlikdir. Shuning uchun ham ular yilning namlik ko‘p boigan mavsumlaridagina hosil boiadi. Tuproq suvlari boshqa yer osti suvlariga qaraganda anchagina yuqorida joylashgan va ulardan suvsiz yoki sal nam qatlam - aeratsiya zonasi bilan ajralgan boiadi. Aeratsiya zonasi yer osti suvlarini Yer yuzasidan pastki qatlamlarga va pastki qatlamlardan Yer yuzasiga bug‘ shaklida o‘tkazib turadi. Tuproq suvlaridan pastda joylashgan suv qatlami grunt suvlari deb nomlanadi. Grunt suvlari suv o‘tkazmaydigan qatlamning ustida yigiladi va odatda qum hamda shag‘al qatlami orasida sizib yuradi. Bu yerga Yer yuzasidan yomgir, qor va daryo suvlari sizib o‘tadi. Chunki grunt suvlarining ustida suv oikazmaydigan qatlam boim aydi. Grunt suvlari faqat ogirlik kuchi ta’siri ostida sizib, harakatga keladi, ular bosim kuchiga ega emas. Odatda, quduq suvi grunt suvlari qatlamidan hosil boiadi. Tabiiy sharoitda, Yer po‘sti qatlamlarining geologik tuzilishiga bogiiq hol52 da, bunday yer osti suvlari grunt suvlari oqimini yoki grunt suvlari havzasin i hosil qilishi mumkin (1.6.1-rasm). Gidrogeologik kesma bo‘yicha, grunt suvlarining ostida qatlamlar orasidagi suvlar joylashadi. Suv o‘tkazmaydigan tog‘ jinslaridan tashkil topgan ikki qatlam orasidagi bo‘shliqlarda mavjud boigan suvlarga qatlamlar orasidagi suvlar deb ataladi. Gidrogeologik kesma bo‘yicha bunday suv qatlamlari bir-ikkitadan tortib, o‘n-o‘n beshtagacha va hatto undan ham ko‘proq boiishi mumkin. Qatlamlar orasidagi bosim kuchiga ega boigan suvlar artezian suvlari deb ataladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Tog’ jinslarining to’yinish zonasida yer osti suvlarininf asosiy harakat qonunlari mavzusi yuzasidan xulosam shundan iboratki tog’ jinslarining to’yinish zonalaridan asosiylari suvlardab ya’niy qor,yomg’ir va do’llardan keying suvlarning ozuqaviy moddasidir.suvlar yillar davomida suv o’zanlarining daryo,botqoq va shu kabi suv havzalarida yer osti tog’ jinslari shakllanib boradi.Ular yillar davomida yig’ilib so’ng tog’ jinslarini hosil qiladi.


Download 27.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling