1. Yer osti suvlari. Asosiy qism. Tog’ jinslarining to’yinish zonasi


Download 27.25 Kb.
bet2/4
Sana08.06.2023
Hajmi27.25 Kb.
#1464798
1   2   3   4
Bog'liq
1. Yer osti suvlari. Asosiy qism. Tog’ jinslarining to’yinish zo (1)

Changsimon va gilli jinslar. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq, kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi.
Lyoss va lyossimon jinslar tuzilishi jixatidan o`ziga xos fizik va mexanik, kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma`lum sharoitdagi ulkalarida hosil bo`lgan cho`kindi tog` jinsidir. “Lyoss” so`zi nemischa yumshoq uvalanadigan ma`noni bildiradi.
Lyoss sergovak, sariq yoki bo`z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda tez uvalanadigan jins bo`lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan.
Lyosslar quyidagi xususiyatlariga qarab ajratiladi: 1. Rangi sarg`ish, och malla sarg`ish. 2. Serg`ovak. G`ovaklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin, diametri 3mm gacha. G`ovaklik jins xajmining 45-50% ni tashkil etadi 3. Kaltsiy va magniy karbonat tuzlari jins massasining 5% dan ko`prog`ini tashkil etadi. 4. Lyoss qatlamida qum va shag`al linzalari bo`lmasligi kerak. 5. Jinsni tashkil qiluvchi zarrachalarning 50% dan ko`pi 0,05mm dan 0,001mm gacha bo`lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar 10% gacha bo`lishi va 0,25mm li zarrachalarning bo`lmasligi. 6. Jarliklarda vertikal tarzda ajralish xususiyatiga ega. 7. Uzoq vaqt suv ta`sir etganda o`z massasi ta`sirida cho`kishi. 8. uqori darajada suv o`tkazuvchanligi. 9. Quruq xolda qattiq, namlanganda tez ivib loy xoliga kelishi. 10. Tarkibida tez eriydigan tuzlarning ko`p miqdorda bo`lishi.
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo`lish va olib borib yotqizilishi sharoitiga qarab eol, prolyuvial, elyuvial, delyuvial, allyuvial va flyuvio-glyatsial turlarga ajratiladi.
Tsementlangan cho`kindi jinslarTabiatda chaqiq yumshoq jinslar faqat qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan, balki yer ostida siljiyotgan suvlar eritib olib kelgan oxak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta`sirida tsementlanishi xam mumkin. Bu xolda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho`kishi, natijasida jins zarrachalarini bir-biriga biriktirib tsementlaydi. Natijada konglomerat (shagaltosh), brekchiya (qirrali tosh), qumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar hosil bo`ladi.
Konglomyerat (shag`altosh) - silliqlangan shag`al, brekchiya - qirrali (sheben) jinslarining temir, fosfor, oxak, kremniy yoki gilli moddalar bilan tsementlanib birikishidan hosil bo`ladi. Xajmiy og`irligi 1500 - 2900 kgG`m3. Mustaxkamligi 5 dan 160 MPa gacha.
Qumtoshlar qumlarning tsementlanishi natijasida paydo bo`ladi. Ayniqsa, kremniy oksidi yordamida birikkan, tsyementlangan qumtoshlar mustaxkam va nurash jarayoniga chidamli bo`ladi. Xajmiy ogirligi 1800 - 2500 kgG`m3, mustaxkamligi 5...200 MPa.
Alyevrolitlar qumoq tuproqning tsementlanishidan hosil bo`ladi. Alevrolitlar jichlashgan jins bo`lib, suvda ivimaydi va o`z xossalariga ko`ra qumtoshlarga yaqin turadi.
Argillitlar - tsementlangan gil tuproq bo`lib, suvda ivimaydi. Tsementlanish va yangi jins hosil bo`lish jarayonida birlamchi gilli moddalarning bir qismi xlorit, muskovit va boshqa minerallarga aylanadi.

Download 27.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling