1. Yevropa haqida


Davlatlar Soni, mln. kishi


Download 420 Kb.
bet5/15
Sana13.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1091593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

Davlatlar

Soni, mln. kishi

Ishchi kuchi soni, mln. kishi

Ulushi, %

Rossiya

142

75,2

52,8

Germaniya

81

44,0

54,3

Fransiya

66

29,6

44,8

Buyuk Britaniya

63

31,9

50,6

Italiya

61

25,3

41,5

Ispaniya

47

23,1

49,1

Ukraina

45

22,2

49,3

Polsha

38

17,9

47,1

Ruminiya

22

9,3

42,3

Portugaliya

11

5,5

50,0

Gretsiya

1

4,9

50,4

Belgiya

10

5,0

50,0

Vengriya

10

4,2

42,0

Chexiya

10

5,5

55,0

Belarus

10

5,0

50,0

Yevropa Ittifoqi

498

229,0

46,0

Yevropa jami aholi soni

715

344,6

48,2

Yevropa aholi migratsiyalarining ham yirik markazi hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan beri Yevropa aholisi okean orti mamlakatlarda ko'chib o'tadigan eng katta region hisoblanadi. Bir asr davomida (1815-1914-yillar) emigratsiya 35-40 mln. kishini qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida ayrim davlatlardan yoppasiga aholining emigratsiyasi kuzatildi. XX asr 50-yillarining o`rtalarida G`arbiy Yevropada emigratsiya immigratsiyadan ustun kelardi, lekin keyinchalik ahvol keskin o`zgarib, G`arbiy Yevropa dunyodagi eng ko`p aholini qabul qilish markaziga aylanib qoldi. 70-yillarning boshida immigrantlar soni 10 mln. bo`lsa, 90-yillarning boshida ularning soni 15 mln.ga yetdi.


G`arbiy Yevropaga aholining oqib kelishi sabablarini chet el va mahalliy geograflar o`rganib, quyidagi xulosaga keldilar. Immigrantlar, asosan, katta pul toppish hamda mehnat va hayotning qulay sharoitlari izidan keladi. Tahlil natijasida aniq bo`ldiki, immigrantlarning aksariyat qismi yirik sanoat rayonlarida va katta shaharlarda istiqomat qiladi. Masalan, Fransiyadagi immigrantlarning 37% i Parijda, ularning 24% i esa Bryussel (Belgiya)da yig`ilgan. Buning asosiy sababi past malakali, "kelgindi” ishchilar, eng avvalo, qurilish, tog`-kon sanoatida hamda farrosh, gazeta sotuvchisi bo`lib ishlaydi. Masalan, Fransiyadagi "kelgindi” ishchilarning 45% i qurilish sanoatida, 40% i yo`l ishlarida, 15% i avtomobilsozlik sanoatida ishlaydi. Sharq davlatlari bilan bir qatorda Yevropani ham qadimgi shaharlar vatani deb atasa bo`ladi. Bundan kelib chiqadiki, bu regionda, boshqalardan farqli o`laroq, urbanizatsiya jarayoni ertaroq paydo bo`lgan. XX asr boshidayoq butun jahon yirik shaharlarining 1/3 qismi Yevropaga to`g`ri kelar edi. Hozirgi vaqtda bunday shaharlar soni 400 taga yetgan. Mamlakatlarning urbanizatsiya darajasi 80% dan past emas. Yevropa mamlakatlarida aholini taqsimlashning zamonaviy shakli – shahar aglomeratsiyasi vujudga kelgan va u rivojlanib bormoqda. Ularning taqsimlanishi quyidagicha: Fransiyada – 74, GFR – 72, Buyuk Britaniyada – 68, Italiyada – 56, Ispaniyada – 37, Niderlandiyada – 22, Shvetsiyada – 11 va Belgiyada 10 ta shahar aglomeratsiyasi joylashgan. Buyuk Britaniyaning eng asosiy va katta London-Liverpul megapolisida 30 mln. kishi istiqomat qiladi.



Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling