1. Yevropa haqida


Yevropa mamlakatlari aholisi


Download 420 Kb.
bet4/15
Sana13.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1091593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

Yevropa mamlakatlari aholisi
Yevropada murakkab demografik vaziyat mavjud bo'lib, u mamlakatlar va regionlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past darajadagi tug'ilish va tabiiy o'sish mavjud bo`lgan Yevropaga hozirgi vaqtda barqaror tarzda «Demografik qish» holati xosdir. Tug'ilish va tabiiy o'sish sur’atlari XX asrning ikkinchi yarmida keskin qisqardi. Tug'ilish 26-28 promilledan 11-13 promillega, tabiiy o'sish 16-18 promilledan 2-4 promillega tushib qoldi. Tug'ilish va tabiiy o'sish darajalarining keskin pasayishi har xil sabablar bilan bog'langan.
Hozirgi vaqtda tug'ilishning nisbatan yuqori ko`rsatkichlari Irlandiya, Luksemburg, Malta, Islandiya va Makedoniya mamlakatlarga xosdir. O'rtacha tug'ilish darajasi Avstriya, Shvetsariya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Gretsiya, Finlyandiya, Fransiya, Slovakiya, Shvetsiyada kuzatilmoqda. Shular bilan birga, tug'ilish darajasi keskin pasayib, tabiiy o'sish manfiy ko'rsatkichga ega (o'lganlar soni tug'ilganlar sonidan ortiq) bo'lgan mamlakatlar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda. Bolgariya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Ukraina, Ruminiya, Estoniya, Moldova Vengriya shunday mamlakatlar jumlasidandir. Mazkur davlatlarda tug`lish yoshidagi ikki ayolga tug'ilgan ikki-uch bola to'g'ri kelmoqda, xolos. Natijada, aholining mutlaq soni kamaymoqda.
Yevropa aholi o'rtasida umumiy o'lim koeffitsiyentining nisbatan yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Aholining har 1000 kishiga nisbatan o'lganlar soni bu yerda 2013-yilda 12 kishini tashkil etdi. Bu ko'rsatkich aholining yosh-jins tarkibida keksa yoshdagilarning ulushi yuqori bo`lgan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va b.) da yana ham yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Shu vaqtning o‘zida aholi tarkibida bolalar va yoshlar salmog'i nisbatan katta bo'lgan mamlakatlar (Portugaliya, Polsha, Gretsiya, Italiya, Albaniya)da umumiy o‘lim koeffitsiyenti birmuncha past. Yevropa davlatlari (Albabaniyadan tashqari) aholi sonini tabiiy takror barpo etilishining birinchi turiga mansubdirlar. So'nggi chorak asrda Bolgariya va Vengriyada faol demografik siyosat olib borildi. Shunga qaramasdan, aholining o'sish sur’atlari deyarli o'zgarmadi va uning darajasi pasayishda davom etdi. Oqibatda, Vengriyada aholi soni 1980-2012-yillarda 245 ming kishiga qisqardi. Ruminiyada har 1000 ta tug'ilgan go'dakdan 23 tasi bir yoshga yetmasdan o'lmoqda. G'arbiy Yevropada bu ko‘rsatkich 5-8 bolaga to‘g‘ri keladi. Umumiy tarzda shuni ta’kidlash mumkinki, XX asrning so'nggi 10 yili va XXI asrning dastlabki davrida Sharqiy Yevropada qoniqarsiz demografik vaziyat yuzaga keldi.


Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling