1. Yevropa haqida


Yevropa qit’asinining iqtisodiy rivojlanish bosqichlari


Download 420 Kb.
bet6/15
Sana13.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1091593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

2. Yevropa qit’asinining iqtisodiy rivojlanish bosqichlari.
Bugungi kunda olimlar tomonidan islom madaniyati bilan Yevropa madaniyatining o‘zaro munosabatlari masalasi imkon qadar tadqiq qilingan. G‘arb olimlari negadir o‘zlarining bugungi madaniyatini qadim Yunon madaniyatining bevosita davomi, deb da’vo qiladilar. Bu masalani rossiyalik ma’rifatparvar olim Ismoil Gasprinskiy (1851-1914) maxsus o‘rgandi. Uning fikricha, yunon madaniyati oldin islom dunyosiga yoyilgan va bir necha asr musulmonlar uni taraqqiy ettirib, nuqsonlarini ozaytirib, Yevropaga yetkazgan. Amerikalik olim A. Draber “Yevropa aqliy taraqqiyoti tarixi” kitobida Sokrat, Platon, Aristotel kabi antik davr olimlarining asarlarini G‘arbga musulmonlar tanitganligi haqida gapirib, “Yevropaning bugungi ulug‘ ziyosi musulmonlar yoqqan sham va chiroqlarning yog‘dusidan maydonga kelgan”1, deb e’tirof etgan edi. Ma’lumki, yunon madaniyati musulmonlar hayotiga VIII asrda Abbosiy xalifa Abu Ja’far Abdulloh Al-Mansur zamonida kirib keldi. Ilm-fanni sevgan oqil xalifa hind olimlaridan ilmi nujumni, yunonlardan fanlarning asoslarini o‘rganib, ularni tarjima qilishni o‘ylab yurardi. 431 yili dunyoviy qarashlari uchun Efes ibodatxonasida sazoyi qilinib, yurtidan badarg‘a bo‘lgan patriarx Nastor izdoshlari Eron, O‘rta Osiyo, Arabiston shaharlarida darbadar kezib yurardilar. Iste’dodli nastoriylar guruhining daragini eshitgan Abu Ja’far ularni darhol o‘z himoyasiga olib, tarjima ishlarini boshlab yubordi. Qisqa muddatda antik davrning nodir asarlari arab tiliga o‘girilib, Bag‘dod, Shom, Xorazm kutubxonalari ilm-hikmat xazinalariga yetkazildi. Xususan, bu jabhada Xorun ar-Rashid, Ma’mun, Abu Ja’far kabi xalifalar himmat va fidoyilik ko‘rsatishdi. Arablar Ispaniyasi Yevropa ilm-fani rivojiga ulkan xizmat qildi. O‘sha davrda Andaluziya poytaxti Qurtabo xalifaligi xazinasi jami Yevropa mamlakatlari xazinasini birga qo‘shganda ham ko‘proq edi. I.Gasprinskiy “Dorul–rohat musulmonlari” asarida ta’kidlashicha, “1852 yilda Qurtabo kutubxonasida 600 mingta kitob bo‘lgan, butun o‘lkada esa 70 ta ulkan kutubxona ishlagan. Yevropaliklar Andaluziya maktab-madrasalariga kelib o‘qigan. Yevropa Qurtabo madrasalaridan andoza olib, o‘z universitetlarini quradi...Xullas, insoniyat taraqqiyotini yangi bir bosqichga ko‘targan Yevropa ilm-fanining tamal toshi olis XII-XIII asrlarda Andaluziyada – musulmonlar Ispaniyasida qo‘yildi. Biroq har narsaning o‘z kushandasi bo‘lganidek, mutaassiblik degan ofat juda qisqa muddatda o‘lkadagi yuksak islom madaniyatini yo‘q qilib tashladi. Qirol Ferdinand (1452–1505) Andaluziyani musulmonlar qo‘lidan qaytarib olgach, o‘lkani johilona bir sur’atda musulmonlikdan “tozalash” boshlandi”.

Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling