1. Yevropa haqida
Olimlar va adiblarning vatanparvarligi
Download 420 Kb.
|
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari
Olimlar va adiblarning vatanparvarligi
Endi ushbu qit’aning rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan olim va adiblarning vatanparvarlik tashabbuslari (g‘oyalari, ta’limotlari) haqida hikoya qilmoqchiman. Ingliz olimi Jon Lokk (1632–1704) 1688-1689 yillarda o‘zining siyosiy kompromiss to‘g‘risidagi ta’limotini yaratdi. Olim xususiy mulkka ega bo‘lish inson oilasining yashashi uchun zarur ehtiyojni ta’minlaydi, inson zarur narsalarga ega bo‘lgan taqdirda, individual rivojlanishga e’tibor beradi, degan xulosaga keladi. Chunki mulkka ega bo‘lish inson individualligi shakllanishiga yordam beradi. XVII asrga kelib, Gollandiya va Angliya milliy sanoatni rivojlantirib, Yevropada industrlashtirish davriga tamal toshini qo‘yishdi. Industrlashtirish aslida, modernizatsiyaning birinchi talabi edi. Ko‘p o‘tmay, Fransiya, keyinroq german davlatlari Prussiya, Avstro-Vengriya an’anaviy jamiyatdan zamonaviylikka o‘tdilar. Modernizatsiyaga oid qarashlar jamiyatda shakllanmagani bois, ilmiy va amaliy izlanish, ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish masalasi ko‘ndalang turardi. Bu borada fransuz ma’rifatchilarining qo‘shnilar tajribasini chuqur o‘rganishga intilishini zo‘r harakat, deb baholaymiz. O‘sha davrda fransuzlar iqtisodiy, siyosiy borada peshqadam Angliya va Gollandiya davlatlaridagi “noyob” modernizatsiya yangiliklarini o‘zlashtirdilar. 1722 yilda fransuz adibi F. Volter(1694–1778) Gollandiyaga ikkinchi marta borganida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishdan ta’sirlanib, ushbularni yozib qoldirdi: “Dunyoning yirik savdo portlari joylashgan shaharni sinchiklab ko‘zdan kechirdim. Portda mingdan oshiq kemalar turibdi. Amsterdamning besh yuz ming aholisi orasidan bironta bekorchi, kambag‘al, olifta yoki bironta kalondimog‘ odamni ko‘rmadim. Biz piyoda, xizmatkor yordamisiz, oddiy xalq ichida yurgan pensioneriy (shunday lavozim egasi–B.O.)larni uchratdik. U yerda devor ustiga chiqib, shahzodani poylashmaydi. Mamlakatda mehnat va kamtarlik hukmron”. Angliya hayoti bilan tanishgani borgan F. Volter 1726 yildagi safari oxirida mashhur “Falsafiy maktublar” yoki “Ingliz millati haqida maktublar” asarini bitdi. Bu gal adib milliy iqtisod qaysi yo‘ldan ketishini tahlil qilarkan: “Angliya shahar ahlini boy qilgan savdo ularni ozod qilishga imkon bergan, ozodlik, o‘z navbatida, savdoni kengaytirgan, shuning o‘zi davlatni ulug‘vor qilgan. Savdo yordamida angliyaliklar dengiz kuchlarini o‘z amriga bo‘ysundirgan”2 deb yozadi. Fransuz faylasufi Sharl de Monteskyo (1689–1755) ham Yevropaning o‘tmishi va hozirgi hayotini maxsus tadqiq qiladi. Adib “Qonunlar ruhi haqida” asarida u shunday yozadi:“Inglizlar dunyoning boshqa xalqlariga qaraganda, uchta elementdan unumli foydalangani, ya’ni buyuk ahamiyatga molik din, savdo-sotiq va ozodlikni asraganini juda maqtaydi. Tadqiqotiga manba to‘plash maqsadida butun Yevropani kezib chiqadi. Angliya parlamentining qariyb 12 soatlik yig‘ilishida hukumat bilan muxolifat o‘rtasidagi munozaraning guvohi bo‘ladi. Bu foydali safar Monteskyoda hokimiyatning bo‘linishi haqidagi nazariya g‘oyasini berdi. U qonun chiqaruvchi, ijro, sud hokimiyatlari faqat qonun asosidagina hokimiyatni saqlab turishi mumkin, degan xulosaga kelgan dunyodagi ilk nazariyotchi bo‘ldi. Lokk, Volter, Monteskyolardan keyin siyosiy fikrlar rivojini J. Russo (1712–1778), E.Berk (1729–1797), J.Medison (1751–1836) kabi olimlar ajoyib nazariyalari bilan boyitdilar. Shunday qilib, bir asr mobaynida keng quloch yoygan ma’rifatchilik harakati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy hayotini demokratik tartibotlar asosida qurishga ishontirdi. Ammo o‘sha davrda Yevropa davlatlarida madaniyatlarning xilma-xilligi ayrim muammolarni o‘rtaga qo‘ydi. Birinchidan, davlatlarda turli siyosiy modellar (konstitutsion monarxiya, prezidentlik, parlament respublikasi); ikkinchidan, parlament saylovini o‘tkazishning har xil mexanizmi (majoritar, proporsional, aralash); uchinchidan, davlat birligini ta’minlashda yondashuvlar (unitar davlat, federatsiya) modernizatsiya jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazardi. Yevropa barcha muammolarni uyg‘unlashtirgan yagona g‘oyaga katta ehtiyoj sezardi. O‘shanda nemis olimi Maks Veber (1864–1920) zamonaviy axloqiy nazariyalarni tahlil qilib, protestant etikasi ruhi asosida kapitalizm rivojlanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. U “Protestantcha etika va kapitalizmning ruhi” (1905) asarida barcha g‘oyalarini ilgari surib, markscha ta’limotga qarshi chiqdi. Ko‘plab dinlarning “xo‘jalik etika”sini qiyosiy tahlil qilib, “kapitalizm dastavval G‘arbda rivojlanishi mumkin”, degan xulosaga keldi. Olim dinlar ichki mohiyatini tahlil qilib, din sanoat kapitalizmi rivoji va ijtimoiy taraqqiyotga g‘ov bo‘lishini yaxshi tushundi, boylikka egalikni Xudoning ne’mati, deb bilishga g‘arbliklarni da’vat etdi. Yirik ingliz olimi Arnold Toynbi (1889–1975) 1934–1961 yillarda 12 jildlik“Tarixni bilish” asarida evolyusion jarayonlar, Sharq va G‘arbning bir-birini boyitgan umumiy jihatlarini yaxshi yoritadi. “Bu monumental asarda Toynbi ko‘p faktik materiallar asosida 26 jamiyat va 21 sivilizatsiyaning vujudga kelishi, ravnaq topishi va yemirilishi jarayonini tadqiq qildi”. Albatta, ular orasida O‘rta Osiyonikiga ham alohida o‘rin ajratilgan edi. Toynbining birinchi xizmati, keyingi avlodlarga bebaho o‘lmas asarini yozib qoldirgan bo‘lsa, ikkinchisi, sivilizatsiyalarning sinishi, tanazzul bosqichlariga jamiyatdagi ichki portlash sabab bo‘lishini, uchinchisi, sivilizatsiyalarni rivojlantiruvchi kuch ijodiy elita ekanligini isbotlab berdi. Tarixiy epopeyada Gabsburg monarxiyasi davrida imperator Iosif II ning qayta qurish, XIX asr boshida pruss iqtisodiy islohotlari, Rossiyada krepostnoylik huquqining bekor qilinishi, Yaponiyada Meydzi inqilobi, Eronda “Oq inqilob” elitaning tashabbusi, tashkilotchiligi va kuch-qudrati tufayli ro‘y bergani tadqiq etildi. Download 420 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling