1. Yevropa haqida


Download 420 Kb.
bet7/15
Sana13.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1091593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

Rivojlanish bosqichlari
Yevropa siyosiy tarixi IX asrda Angliyada ilk markazlashgan davlatning shakllanishi bilan boshlangan edi. Normandiya qiroli Vilgelm Fotih Angliyani 1066 yilda zabt etganidan keyin markazlashgan davlat yaratish harakati yangi bosqichga ko‘tarildi. XII asrda qirol hokimiyati yanada kuchaydi. 1689 yilga kelib huquqiy hujjatlar to‘plamidan iborat “Huquqlar to‘g‘risida bill” qabul qilindiki, u Angliya siyosiy tizimining shakllanishi va takomillashuvida hal qiluvchi omil bo‘ldi (hozirgacha u Konstitutsiya rolini o‘ynaydi). Ta’kidlash joizki, aynan mazkur hujjatning tarixiy ildizlariga muvofiq, AQShning Konstitutsiyasi dunyoga keldi! Germaniya siyosiy tizimining shakllanishi davri ham o‘ziga xos tarzda kechdi. “Germaniyada 1356 yilda imperator Karl IV davrida Oltin Bulla qabul qilindi. “Bulla” so‘zining mazmuni keng, u birinchidan, “yumaloq muhr”ni nazarda tutsa, ikkinchidan, “qonunlar to‘plami” degan ma’noni bildiradi. Aynan ana shu 1356 yilda qabul qilingan Oltin Bullada imperatorni saylash qoidalari ilk bor belgilab qo‘yilgan. Ana shu hujjatga ko‘ra, nemis kurfyurstlari, ya’ni knyaz yoki beklari “Muqaddas nemis millati imperiyasi”ning imperatorini saylash huquqiga ega bo‘lishgan. Rasman bu qoida to 1806 yilga qadar, ya’ni Napoleon I tajovuzigacha davom etgan bo‘lib, ushbu tarqoq “imperiya” Muqaddas Rim imperiyasi nomi bilan yuritilgan”.
Inqilobiy kashfiyotlar qit’aning rivojida yetakchi rol o‘ynagan. Misol uchun 1440 yilda nemis Iogann Gutenberg bosma stanokni kashf qilib, kitob chiqarishni yo‘lga qo‘ygani, Xristofor Kolumb Amerikani ochgani (1492), Vasko da Gama Afrikani aylanib o‘tib, Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini kashf qilgani (1498), F. Magellan o‘zining uzoq davom etgan sayohatiga asoslanib (1519–1522), Yer kurrasining sharsimonligini isbotlagani, shuningdek, geografiya, geodeziya fan sifatida e’tirof etilgani, kimyo va astronomiyada yirik yutuqlarga erishilgani G‘arbning eng katta yutug‘i bo‘ldi. Jahonda modernizatsiyani tarixda ilk marta G‘arb davlatlari boshlab berishdi. XVI asrning birinchi yarmida shakllanishga ulgurgan reformatsiya (lot. “reformare”– “shaklini o‘zgartirmoq”, “tuzatmoq”) harakati davrida protestantizmga asos solingani ma’naviy inqilobga teng hodisa bo‘ldi. Xristianlikning pravoslav va katoliklikdan keyingi uchinchi ko‘rinishi bo‘lgan protestantizm ( “rrotestants” –“norozilik bildiruvchi”, “oshkora isbot qiluvchi”) Germaniyada dvoryanlar sinfining hukmron Rim papasiga qarshi harakatidan boshlangan edi. So‘ngra, u Angliya, Shotlandiya, Daniya, Shvesiya, Finlyandiya, Norvegiya, Gollandiya, Chexiya, Vengriya, Shveysariya va qisman Germaniyada xristianlikning katolik tizimidan ajralib ketishiga sabab bo‘ldi. Protestantizm ta’limoti tarixiy xizmati shundaki, u ruhoniy hokimiyatning dunyoviy hokimiyatdan ustunligiga, katolik cherkoviga va Rim papasining peshvolik roliga putur yetkazdi, shaxsiy e’tiqodni dindorlikdan yuqori qo‘ydi, insonni feodal illatlardan ozod qilib, xususiy mulk hissini uyg‘otdi.

Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling