1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish


Tug‘ilgandan to 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni logopedik tekshirish


Download 30.48 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi30.48 Kb.
#188212
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 6

Tug‘ilgandan to 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni logopedik tekshirish

Ilk yoshdagi bolalarni logopedik tekshirishning maqsadi–bolaning nutqini rivojlanishini uning yoshiga, intellektual rivojlanishiga mosligini, nutqidagi buzilishlarni aniqlash va nutqining xususiyatlarini o‘rganishdir.



Ilk yoshdagi bolalarni logopedik tekshirishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bolaning nutqini paydo bo‘lgunicha davrining xususiyatlarini va ilk nutqiy rivojlanishini aniqlash va tavsiflash;

  • impressiv (nutqnitushunishni) nutqning rivojlanish darajasini aniqlash va tavsiflash;

  • ekspressiv nutqning (faol nutqni) rivojlanish darajasini aniqlash va tavsiflash;

  • nutq buzilishlarini differensial tashxis qilish;

  • nutq paydo bo‘lgunga qadar va nutqning yuzaga kelgandan keyin rivojlanish darajasining bolani umumiy psixik rivojlanishiga mosligini, muvofiqligini aniqlash;

  • logopedik korreksiyaning mos sharoitlarini aniqlash;

  • ota-onalarga nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish yuzasidan maslahatlar berish.

Tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi nutq buzilishlarini aniqroq belgilash uchun quyidagicha tasnifdan foydalanish mumkin:

  • nutq paydo bo‘lgunga qadar rivojlanishning orqada qolishi;

  • nutqning rivojlanishini sustlashishi;

  • ekspressiv nutqning shakllanishini orqada qolishi;

  • impressiv nutqning rivojlanishini orqada qolishi (shartli ravishda sensor alaliyaning kelibc hiqish taxmini);

  • artikulyatsiya motorikasining (artikulyatsiya a’zolari harakatlarining) qo‘pol buzilishlari natijasida nutqning rivojlanishdan orqada qolishi (shartli ravishda anartriya, dizartriyaning kelib chiqishi);

  • aloqaning buzilishlari natijasida kelib chiqqan nutqning rivojlanishini orqada qolishi (bolalar autizmi va boshqalarda);

  • eshitishning pasayishiga bog‘liq nutqning rivojlanishini orqada qolishi;

  • bilish faoliyatining buzilishi natijasida nutqning rivojlanishini orqada qolishi (rivojlanishning total orqada qolishida);

  • periferik nutq apparatining to‘liqligining buzilishi natijasida nutqning rivojlanishini orqada qolishi (shartli ravishda rinolaliya varianti);

Nutq buzilishlarinin gushbu sistematizatsiyasi orqali bolaning nutqiy rivojlanishidagi buzilishlarni ancha aniq belgilash uyordmida korreksiyalash yordamining muqobil, maqsadga yo‘naltirilgan dasturini ishlab chiqishga imkon beradi. Masalan, intellekt yoki eshitish nuqsonlari birlamchi bo‘lgan bolalarga oligofrenopedagog va surdopedagog bilan korrkksion mashg‘ulotlar, aloqa qilishning buzilishi natijasida nutqning rivojlanishi orqada qolgan bolalarga psixolog va logopedning yordami tavsiya etiladi. 3 yoshdagi bolalarni eshitishini pedagogik jihatdan tekshirish, murakkab jarayon hisoblanadi. Bu tovushlar bola uchun sekin-ast so‘zsiz ta’sir etmay qo‘yadi. Ko‘pgina normal eshituvchi bolalar ularga qaratilmagan odattiy shovqinlarga, nutqiy signallarga diqqatlarni qaratmaydilar. Ovoz chiqayotgan tomonga boshlarini qayiltirib qarashlari uchun ularga odattiy bo‘lmagan signallar yoki bolani javob berishiga majbur etuvchi sababni ko‘rsatish lozim. Tovush chiqaruvchi manba sifatida do‘mbira, surnay, baland va pichirlab “av-av-av”(kuchuk ) va “ pi-pi-pi”(qushcha) ovoziga taqlid qilish, bolani ismini, “kksh” kabi tovushlar birikmasini aytish. Tovushlarni bolani orqasidan 6 metr masofadaifodalanishi kerak. Ko‘ruv idrokiorqali nutqida ifodalashini cheklash lozim.

Ilk yoshda ovozga reaksiya qilish tovush chiqayotgan tomonga boshini o‘girib, 6 metr masofadan pichirlab gapirishga ovoz chiqarib javob reaksiyasini (tovushni o‘xshatish, nutqni qaytarish) berishi.

Bolada 2-3 yoshda tovushga shartli ravishda harakatli reaksiyalari paydo bo‘ladi. Bu bola shivirlaganni eshityaptimi va qanday masofa oralig‘ida ekanligini aniqlashga yordam beradi. Bolaninig eshitishi pasaygan deb gumon qilinsa, uni maxsus audiologik tekshiruvga yo‘naltirilishi kerak.

Ilk yoshda ko‘rishi pasayganlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

- taktil organ sifatida og‘izdan qo‘shimch afoydalanish;

-predmet yoki rasmlarni ko‘zining oldigacha keltirib qarashi, predmet yoki tasvir mayda detallarini e’tiborga olmaslik.



Ilk yoshdagi bolalarni bilish jarayonlarini tashxis qilishning o‘ziga xos tomonlari bu bolaning psixik faoliyatini ifodalovchi alohida vazifalarni bajarilishini taxlil qilishga tekshiruvchilarning diqqat markazini qaratishidir. Bunda faqatgina natijasigagina emas, balki vazifa bajarish bo‘yicha tashkiliy faoliyatini imkoniyatlari qandayligiga e’tibor qaratiladi. Ilk yoshda bilish faoliyatining asosiy baholash parametrlari quyidagilar deb xisoblash mumkin:

  • vazifani qabul etishi;

  • vazifani bajarish yo‘li;

  • tekshiruv jarayonida o‘rgatilishi;

  • o‘ziningfaoliyatnatijalarigamunosabati.

Vazifani qabul etish deganda bolani bajarish sifatidan qat’iy nazar berilgan vazifani uni bajarishga roziligi nazarda tutiladi. Bu vazifani bajarishning birinchi, absolyut zaruriy shartidir. Bunda bola o‘yinchoq yoki kattalar bilan muloqot qilishga qiziqish bilan qaraydi.
Ilk yoshdagi kichkintoylarni rivojlantirish usullaridan bir i uning tana kismlari bilan tanishtirishdir. Bu bolaga o‘zini shaxs sifatida anglashini rivojlantiradi, uning diqqatini shakllantiradi va muloqat qilishga o‘rgatadi. Qizikarli tomoni shundaki, bola tana qismlaridan aynan yuz kiyofasiga katta qiziqish bilan qaraydi, u inson qiyofasini qolgan barcha taassurotlar ichidan ajratib oladi. Bajarayotgan ishlaringiz xaqida bolaga og‘zaki tushuntirish berish juda muximdir. “Biz xozir ishtonchani kiyamiz, oldin chap oyokni, keyin o‘ng oyoqni. Endi botinkachani kiyamiz va sayr qilishga boramiz” kabi
shuntirishlarni bola doimo zshitishi lozim. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ona va bola artikulyatsion xarakat tovushlarni qaytarish bilan o‘ynashi qabul qilingan. Masalan, onalabini trubkashaklidaoldingachikaradiva bola uningorkasidantakrorlaydi. Yoki bola tovush chiqaradi, ona esa takrorlaydi. Bu kabi mashg‘ulotlar bolada muloqat ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun juda foydali. O‘yinlarni bola xayotining birinchi xaftasidayoq boshlash kerak,bola ovoz chiqarish va “gu-gulash'’ vaqtidayok tovushlarni bir biriga bog‘lay boshlaydi “o-yy-ii”, “o-t-a-a”, “b-b-u-v-i”. Kichkintoy bilan “suxbat vaqtida” uni navbat bilan gapirish koidasiga o‘rgating. Bola biron bir so‘z aytib, javob uchun pauzani ushlang va so‘ngra uning o‘rniga javobni ayting, shunday qilib bolada muloqatdagi muxim ko‘nikmalardan birini shakllantirasiz. Bolaga o‘z yaqinlarining ismlarini aytishni urgating. Bola o‘z oila a’zolariga qaragan vaqtda ularni “o‘rganadi” yoki ular muloqatga kirishadi. Ungakarab “ota - buota”, - deb takrorlangso‘ngra, boladan: “otaqaerda?”, “Obidkaerda?”- deb so‘rang. Kichkintoy bilan “suxbat vaqtida” uni navbat bilan gapirish qoidasiga o‘rgating. Bola biron bir so‘z aytib, javob uchun pauzani ushlang va sungra uning o‘rniga javobni ayting, shunday qilib bolada muloqatdagi muxim ko‘nikmalardan birini shakllantirasiz.Barmoqlar bilan o‘yin xam muxim va foydali xisoblanadi, “zag‘izg‘on- zag‘izg‘on, qaerda yashading - uzoqda”. Nutq va mayda motorikaning (barmoq bilak xarakatlari) rivojlanishi o‘rtasida bevosita bog‘lanish mavjud.

Bu o‘yinda eng asosiysi yaqinlarning akterlik maxoratingiz va xissiy xolatni yorkin ko‘rsata olishingizdadir. Shunda bu o‘yin kichkintoyingiz va siz uchun xakikiy kuvonchli xamda roxatli faoliyatga aylanadi.




Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling