1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish


Download 30.48 Kb.
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi30.48 Kb.
#188212
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 6

Ilk yordam texnologiyasi:

Bu bola va oilasining hayot faoliyatini meyorlashtirish imkonini yaratadigan maxsus 0profilaktik, diagnostik, davolov va reabilitatsiya tadbirlarining ketma-ketligidir. Bola va oilaga ushbu texnologiya bo‘yicha yordam quyidagilardan tashkil topadi:



  • Bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni tashxis qilish, yordam ko‘rsatishning yo‘nalishini aniqlash va oilaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ma’sul mutaxassisni biriktirish;

  • Ota-onalar bilan hamkorlikda bola va oilasi uchun yakka yordam dasturini tuzish;

  • Yakka yordam dasturi bo‘yicha barcha sohalarda xizmat ko‘rsatish, ota-onalar va bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish;

  • Dasturning samaradorligini kuzatib borish, o‘zgartirishlar kiritish va zarur bo‘lsa korrektirovkalash;

  • Bola boshqa muassasalarga o‘tkazilgan taqdirda abilitatsiyaning izchilligini ta’minlash.

Bolani to‘g‘ri o‘stirish uchun uning ehtiyojlarini aniqlash zarur. Masalan, agar bola tengdoshlaridan harakatlanish doirasida ortda qolmasa ham, uning nutq tizimida muammolari bor bo‘lsa, biz butun e’tiborni xuddi shu narsaga qaratishimiz, zo‘r berishimiz kerak bo‘ladi.

Uch yoshgacha bo‘lgan bolaning o‘sishi qanchalik beshikast ekanligini aniqlash uchun “Bolaning psixo-ijtimoiy rivojlanishi xaritasi” dan foydalaniladi. RBIMM xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan metodika bola hayotining turli bosqichlaridagi xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon bo‘lishini ifodalaydi. Bola egallagan har bir yangi xulq uning rivojlanishida yuksalish darajasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Sog‘lom bola xulqining repertuari yoshi katta bo‘lishi bilan kengayadi, xulqning turli shakllarini egallash tartibi esa ancha mustahkam bo‘ladi. So‘rovnomaning yuqori sifati shu bilan belgilanadiki, uning bandlari bola xulqining kuzatilishini yengil tavsiflaydi, ehtimolga yaqin javoblar esa “ha” va “yo‘q” qa olib kelinadi. Ota-onalar uchun afzalligi shundan iboratki, ular bolani har turli vaziyatlarda doimo kuzatadilar, mutaxassis esa qisqa vaqt ichida, ko‘pincha o‘rganilmagan sharoitda baholashi kerak. Bundan tashqari, javoblar jarayonida savolnomaning bandlari asosida ona o‘z bolasini yaxshiroq bilib oladi, uning bola rivojlanishi haqidagi savollarga qiziqishlari kuchayadi.

Bola o‘sayaptimi va uning imkoniyatlari ham kengayayapti. Albatta, bolalar bir- birlariga o‘xshamaydilar, lekin muayyan yoshdagi ko‘pchilik bolalar uddasidan chiqadigan ba’zi faoliyatturlari mavjud. Xuddi shu faoliyat turlari bolaning psixo–ijtimoiy rivojlanishi xaritasiga kiritilgan. Faoliyat turlarining soni bolalarning yoshi kattalashishi bilan o‘zgaradi – eng kichik bolalar uchun beshtadan, 19-24 oylik bolalar uchun o‘n birtagacha; ularning mazmuni ham o‘zgaradi – avval bu oddiy (harakatli va hissiy) reaksiyalar, keyin esa bolaning murakkab harakatlari, uning bir joydan boshqa joyga ko‘chishi, nutq xususiyatlari yanada ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi.

Xaritaning alohida bandlari asosida bolaning psixo-ijtimoiy rivojlanishi darajasining umumiy ko‘rsatkichi, ya’ni uning ko‘pchilik tengdoshlari bajara oladigan ko‘nikmalar darajasi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich bolaning nutqiy, motor (harakatli) va ijtimoiy rivojlanishi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.




Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling