1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish


yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish


Download 30.48 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi30.48 Kb.
#188212
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 6

1 yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni eshitishini pedagogik jihatdan tekshirish, murakkab jarayon hisoblanadi. Bu tovushlar bola uchun sekin-asta so‘zsiz ta’sir etmay qo‘yadi. Ko‘pgina normal eshituvchi bolalar ularga qaratilmagan odattiy shovqinlarga, nutqiy signallarga diqqatlarni qaratmaydilar. Ovoz chiqayotgan tomonga boshlarini qayiltirib qarashlari uchun ularga odattiy bo‘lmagan signallar yoki bolani javob berishiga majbur etuvchi sababni ko‘rsatish lozim. Tovush chiqaruvchi manba sifatida do‘mbira, surnay, baland va pichirlab “av-av-av”(kuchuk ) va “ pi-pi-pi”(qushcha) ovoziga taqlid qilish, bolani ismini, “kksh” kabi tovushlar birikmasini aytish. Tovushlarni bolani orqasidan 6 metr masofada ifodalanishi kerak. Ko‘ruv idroki orqali nutqida ifodalashini cheklash lozim.

Ilk yoshda ovozga reaksiya qilish tovush chiqayotgan tomonga boshini o‘girib, 6 metr masofadan pichirlab gapirishga ovoz chiqarib javob reaksiyasini (tovushni o‘xshatish, nutqni qaytarish) berishi.

Bolada 2-3 yoshda tovushga shartli ravishda harakatli reaksiyalari paydo bo‘ladi. Bu bola shivirlaganni eshityaptimi va qanday masofa oralig‘idaek anligini aniqlashga yordam beradi. Bolaninig eshitishi pasaygan deb gumon qilinsa, uni maxsus audiologik tekshiruvga yo‘naltirilishi kerak.

Ilk yoshda ko‘rishi pasayganlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: taktil organ sifatida og‘izdan qo‘shimcha foydalanish; predmet yoki rasmlarni ko‘zining oldigacha keltirib qarashi, predmet yoki tasvir mayda detallarini e’tiborga olmaslik.

Ilk yoshdagi bolalarni bilish jarayonlarini tashxis qilishning o‘ziga xos tomonlari bu bolaning psixik faoliyatini ifodalovchi alohida vazifalarni bajarilishini taxlil qilishga tekshiruvchilarning diqqat markazini qaratishidir. Bunda faqatgina natijasigagina emas, balki vazifa bajarish bo‘yicha tashkiliy faoliyatini imkoniyatlari qandayligiga e’tibor qaratiladi. Ilk yoshda bilish faoliyatining asosiy baholash parametrlari quyidagilar deb xisoblash mumkin:



  • vazifani qabul etishi;

  • vazifani bajarish yo‘li;

  • tekshiruv jarayonida o‘rgatilishi;

  • o‘zining faoliyat natijalariga munosabati.

Vazifani qabul etish deganda bolani bajarish sifatidan qat’iy nazar berilgan vazifani uni bajarishga roziligi nazarda tutiladi. Bu vazifani bajarishning birinchi, absolyut zaruriy shartidir. Bunda bola o‘yinchoq yoki kattalar bilan muloqot qilishga qiziqish bilan qaraydi.

Ilk yoshdagi bolalarda asosiy vazifani bajarish yo‘llari quyidagilardir:



  • mustaqil bajarishi;

  • kattalar yordamida;

  • o‘rgatilgandan so‘ng mustaqil bajarishi.

Berilgan vazifani shartlariga mos ravishda bolaning harakatlari, materialning xarakteri va yo‘lanmaning talablariga qarab aniqlanadi. Barcha xollarda vazifani noadekvat bajarilishi bolaning aqliy rivojlanishida nuqsonlari borligidan dalolat beradi.

Bolaning yoshiga qarab tavsiya etilgan ta’limiy vazifalargina amalga oshiriladi. Tekshiruv davomida quyidagi yordam turlaridan foydalanish mumkin:



  • taqlid ostida harakatlarni bajarilishi;

  • taqlid ostida vazifani ko‘rsatuvchi jestlardan foydalangan holda bajarish;

  • taqlid ostida harakatlarni nutqiy yo‘llanma orqali bajarish.




Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling