1. Yugurib kelib uzunlikka sakrash Yengil atletikada turgan joydan uzunlikka sakrash Chidamlilikni oshiruvchi mashqlar bajarish


-rasm. Depsinayotganda gavda bilan oyoqlar holatining sxemasi


Download 1.45 Mb.
bet4/7
Sana06.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1169638
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu. FANNING TARKIBI VA MAZMUNI

3-rasm. Depsinayotganda gavda bilan oyoqlar holatining sxemasi.
Agarda yugurish vaqtida gavda engashgan bo‘lsa, oyoqni taxtaga qo‘yayotganda u vertikal yoki juda kam engashgan bo‘lishi kerak. Bu sakrovchining depsinuvchi oyoqqa shiddatliroq o‘tishiga, gavda og’irligini tezroq tayanch ustiga yuklashiga va depsinishning oxirgi fazasiga o‘tishga imkon beradi.
2. Yengil atletikada turgan joydan uzunlikka sakrash
Sakrovchilar ko‘pincha “qadam” qismini uzaytirish hisobiga uzoqroq sakrayman deb, oyoqni juda oldinga chiqarib yuboradilar. Bu noto‘g’ri, chunki bunda katta tormozlanish hosil bo‘lib, gorizontal tezlik keskin pasayadi va uchinchi sakrash uzunligi kamayib ketadi. “Sakrash”. Mumkin qadar balandroq ijro etiladigan uchinchi sakrashga tez va shiddatli depsinish uchun “sapchish”dan keyin yerga tushgandagi kabi bunda ham “qadam” qismi bajarilgandan keyingi amortizasiyada tayanch oyoq unchalik ko‘p bukilmasligi kerak.
Uchinchi sakrashda depsinish burchagi taxminan “sapchish”dagi kabi, ammo uchib chiqish burchagi ko‘proq – 18-220 bo‘ladi. Sakrovchi depsingandan keyin “qadam” holatida uchishga o‘tadi va orqadagi oyog’ini oldinga tomon tortib, xuddi uzunlikka sakrashning oddiy usulidagi kabi oyoqlarni bukkan holatga keladi. Bu paytda oldinga aylanib ketmaslik uchun sakrovchi qo‘llarini ko‘tarib, umurtqa pog’onasini to‘g’rilashi kerak. Keyingi harakat, ya’ni gavdani oldinga engashtirish, qo‘llarni pastlatib orqaga tushirish, yerga tushish oldidan oyoqlarni to‘g’rilash va yerga tushishning o‘zi xuddi uzunlikka sakrashdagidek bajariladi. Ayrim sakrovchilar turg’unlikni saqlash va oyoqni olg’a “tashlash” oson bo‘lishi uchun uchinchi sakrashni “ko‘krak kerish” usulida bajaradilar. Bu samaraliroq. yerga tushgandan keyin oldinga chiqib ketish – yugurib kelib uzunlikka sakrashdagi kabi bajariladi.
Uch hatlab sakrashni to‘la bajarishdagi ayrim xususiyatlar. Uch hatlab sakrashda uchala depsinish ham, uchala yerga tushish ham bitta to‘g’ri chiziqda bo‘lishi kerak. Uch hatlab sakrashda shoshilmaslik kerak. Uning ritmi “uzoq uchiladigan” sakrashga, depsinish joyiga oyoqni juda tez qo‘yib, undan ham tez va kuchli depsinishga asoslangan. Uch hatlab sakrashni to‘la bajarishning ma’nosi “uchish”, mushaklarni tarang qilib yerga tushish va shu zahoti depsinib, yana “uchish”dan iboratdir.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling