1. Yuritmalarning turlari bilan tanishish va ularni kinematik hisoblash
Download 69.99 Kb.
|
1-Amaliy mashg (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuritmaga elektrodvigatel tanlash
1. Yuritmalarning turlari bilan tanishish va ularni kinematik hisoblash. Mexanik yuritmalarning kinematik hisobi yuritmani tashkil etuvchi uzatma, mufta, podshipnik, vallarni hisoblashning ilk dastlabki hisobi sanaladi.Mexanik yuritmalar kinemtik belgilar yordamida belgilanadi. Asosiy mashina detallarining uzatmalar, muftalar podshipniklari shartli belgilashlari standart bo‘yicha qabul qilinadi. «Mashina detallari» fanida mexanik yuritmalarning harakat manbai sifatida 4A seriyali elektrodvigatellar ishlatiladi.Mexanik yuritmalarda ochiq uzatma sifatida tasmali, zanjirli yoki tishli uzatmalardan foydalaniladi.Yopiq tishli uzatmalar aksariyat hollarda tishli yoki chervyakli bir, yoki ikki pog‘onali reduktor sifatida qo‘llanadi.Mexanik yuritmaning kinematik hisobida quyidagi hisoblash ishlari bajariladi. 1. Elektrodvigatelning zarur qiymat miqdori aniqlanadi, bu qiymat asosida maxsud jadvaldan 4A seriyali asinxron elektrodvigatel tanlanadi. 2. Tanlangan elektrodvigatelning aylanishlar takroriyliklari asosida mexanik yuritmaning uzatmalarini uzatish nisbatlari taqsimlanadi. Uzatish nisbatlari tavsiyaviy qiymatlarini qabul qilishda ishchi val aylanishlar takroriyligi va uni hisobiy qiymatini berilgan farqi tekshiriladi va uni tavsiyaviy oraliqda bo‘lishiga e‘tibor berish kerak. 3. Mexanik yuritma vallarining kinematik va kuch parametrlari hisoblanadi, vallarning kinematik parametrlarida aylanish takroriyliklari va burchak tezliklari aniqlanadi, kuch parametrlari bo‘yicha esa vallardagi quvvat va burovchi momentlari hisoblanadi. Yuritmaga elektrodvigatel tanlash Elektrodvigatel tanlash yuritma ishchi validagi quvvat asosida bajariladi. Elektrodvigatelning zarur (talab qilingan) quvvati: , (1.1) bunda – yuritma ishchi validagi quvvat, kWt hisobida. Uning qiymati masalaning shartida to‘g‘ri kWt hisobida beriladi. Agar bunday bo‘lmasa lenta yoki barabanda aylana kuch va aylana tezlik (m/s) beriladi. Bunday holda , kWt; – mexanik yuritmalarning umumiy foydali ish koeffisienti: , – yuritma alohida uzatma(tayanch)laridagi quvvat yoqotishlarini hisobga oluvhchi koeffisient. Elektrodvigatelning zaruriy qiymati bo‘yichastandart jadvaldan elektrodvigatel tanlanadi, bunda elektrodvigatelning aylanishlar takroriyligi 4 hil variant bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Elektrodvigatelning aylanishlar takroriy 4 hil qiymatga ega bo‘lishi mumkin: 3000; 1500; 1000; 750 min-1. Bunda ko‘rsatilgan qiymatlar elektrodvigatelning sinxron (magnit oqimi) aylanishlar takroriyligiga teng bo‘ladi. Elektrodvigatelning asinxron (rotorning) aylanishlar takroriyligi sirpanish koeffisientiga bog‘liq bo‘ladi, , min-1 (1.2) Elektrodvigatelning aylanishlar takroriyligini tanlaganda, quyidagilarga e‘tibor berish kerak: aylanishlar takroroiyligida uzatma uzatish nisbatlari katta chiqadi; aylanishlar takroriyligida uzatma pog‘onalaridagi burovchi momentlar qiymatlari katta bo‘lib, ularning o‘lchamlari ortib ketishi mumkin. Yuqorida aytilganlarga binoan, eng maqsadga muvofiq yechimlarga yoki bo‘lganda erishish mumkin. Download 69.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling