1. Zamonaviy korxonalarda mehnat omilini boshqarish. Korxonalarni boshqarishda kadrlar siyosati


Download 0.99 Mb.
bet1/4
Sana28.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1136596
  1   2   3   4
Bog'liq
8 mavzu

KORXONA BOSHQARUVI FUNKSIONAL TUZILMALARINING STRATEGIK AFZALLIKLARI

VA KAMCHILIKLARI

Reja:

KIRISH

1. Zamonaviy korxonalarda mehnat omilini boshqarish.

2. Korxonalarni boshqarishda kadrlar siyosati

3. Korxonani mehnat resurslari bilan ta`minlash va uning dinamikasining tahlili.

1.Zamonaviy korxona va tashkilotlarda mehnat resurslarini boshqarish.

  • “Xodim” iborasi o`zbek tilining izohli lug`atida “biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi ” ma`nosida talqin etiladi. Hozirgi kunda xodim va uni boshqarish muamosiga 2 xil yondashuv mavjud.
  • Inson resurslarini boshqarish;
  • Xodimlarni boshqarish;
  • “Inson resurslarini boshqarish” – tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek sotsial rivojlanish masalalarini o`z ichiga oladi va ularga ustivorlik beriladi. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi ko`proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi.

Xodimlarni boshqarish deganda korxonada band bo`lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo`tadil) faoliyat ko`rsatish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish bo`yicha o`zaro bog`langan tashkiliy-iqtisodiy va sotsial tadbirlar tizimi tushuniladi.
Funksional boshqaruv deganda bevosita kadrlar masalasini yechish bilan bog`liq masalalar, y’ani kadrlarni tanlash,ishdan bo`shatish malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar tushuniladi.
Tashkiliy boshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha shaxs va institutlar ,yani rahbarlar , kadrlar bo`limi , kasaba uyushmalar va boshqalarni o`z ichiga oladi.

Korxona va tashkilotlarda xodimlarni boshqarish tizimi.

    • Xodimlarni boshqarish tizimi deganda korxonada band bo`lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, larning normal faoliyat ko`rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo`yicha o`zaro bog`langan iqtisodiy-tashkiliy va sotsial tadbirlar tizimi tushuniladi

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling