25. Hukmdorlardan qaysi biri pul zarb etish orqali rasman o`zining hukmdorlik maqomini tasdiqlab oldi?
A) Olimxon B) Norbo`tabiy
C) Umarxon D) Muhammad Alixon
26. Qaysi hukmdorlar davrida tilla yoki oltin pullar zarb etilishi yo`lga qo`yilgan?
1. Norbo`tabiy 2. Abdullaxon II
3. Anushaxon 4. Umarxon 5. Olimxon
A) 1, 5 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 2, 4
27. "Musulmonlar amiri, Sayid Muhammad Umar Sulton" nomi tushirilgan tangalar qachondan boshlab zarb etila boshlandi?
A) 1810 yil B) 1822 yil
C) 1817 yil D) 1812 yil
28. Turkiston shahrini bosib olgan hukmdorlarni ko`rsating.
1. Amir Temur 2. Umarxon
3. Erdonabiy 4. Yunusxo`ja
5. Muhammad Alixon
6. Xudoyorxon 7. Olimxon
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 7
C) 3, 5, 6, 7 D) 2, 4, 5, 6
29. Qaysi yurishdan so`ng din peshvolari hukmdor hokimiyatining qonuniyligini asoslash maqsadida “Qaysi hukmdor 12 ming lashkarni kerakli qurol-yarog` va anjomlar, otlarini esa yem-xashak bilan ta’minlasa, uni musulmonlar amiri ( Amir al-muslimin) deb atash joiz” degan fatvo chiqaradilar?
A) Olimxon B) Muhammad Alixon
C) Umarxon D) Xudoyorxon
30. Umarxon davridagi davlatning shimoliy chegarasi qaysi hududlarga borib taqalgan?
A) Shimolda Yettisuv va Dashti Qipchoqqa qadar cho`zilgan
B) Shimoliy chegarasi Katta juz qozoqlari dashtlarigacha cho`zilgan
C) Shimolda Volga daryosidan Irtish daryosiga qadar cho`zilgan hududlar bilan chegaradosh bo`lgan
D) Rossiya chegaralaridan Ko`xiston va Qashg`argacha ulangan
31. Umarxon vafotidan so`ng taxtga kim o`tiradi?
A) Umarxonning to`ng`ich o`gli
B) Muhammad Alixon
C) Umarxonning kichik og`li
D) A va B javoblar to`g`ri
32. 1822-1840 yillarda davlatni idora qilgan shaxs davrida qaysi hududlar xonlik tasarrufiga o`tgan?
A) Qorategin, Darboz va Ko`lob shaharlari
B) Asosan tojik o`troq aholisi yashaydigan hududlar
C) Farg`onaning janubida joylashgan hududlar
D) Barcha javoblar to`g`ri
Do'stlaringiz bilan baham: |