ShOLG‘AM NAVLARI
|
|
79-rasm. MUYaSSAR
Ertapishar nav, o‘suv davri 45-60 kun. Ildizmevasi oq, sersuv, shirin, degustatsion bahsi 3,8 ball. Ildizmevasi 60- 70 g bo‘lganda iste’molga yaroqli bo‘ladi. Yoshligida bargi ham iste’mol qilinadi. Hosildorligi 35-40 t/ga.
|
80-rasm. NAMANGAN MAHALLIYSI
Tezpishar nav, o‘suv davri 54-60 kun. Ildizmevasi katta emas, yassi-yumaloqsimon, sersuv, shirin, oq tusli, ayrim paytlarda och sariq, eti tig‘iz, yon ildizlari ko‘p, tuproqqa to‘liq botadi, vazni 138-140 g, degustatsion bahsi 4,5 ball. Hosildorligi 40-42 t/ga
|
|
|
DAYKON NAVLARI
|
|
|
81-rasm. KUZ XADIYaSI (DAYKON)
Ertapishar nav, o‘suv davri 65-77 kun. Palagi tik, uzunligi 30-40 sm, diametri 58-78 sm. Bargi sharsimon, qirqilgan, yuqori tomoni ovalsimon, och yashil rangli, g‘uborli. Ildizmevasi konussimon, o‘lchami 25-33 sm, vazni 0,4-0,5 kg, po‘sti va eti oq, rangli, bo‘yin tomoni och yashil, yuzasi biroz notekis, uch tomoni 3-5°ga egilgan, eti mayin, ta’mi redis va turpning aralashmasi, degustatsion bahosi chuchuk. Hosildorligi 37-50 t/ga. Yangiligicha iste’mol qilinadi
|
82-rasm. SODIQ (DAYKON)
Ertapishar nav, o‘suv davri 70 kun. Ildizmevasi uzunchoq silindrsimon, kuzgi muddatda ekilganda: uzunligi 30- 35 sm, diametri b,0-6,5 sm, bahorgi muddatda: uzunligi 10- 15 sm, diametri 2,5-3,0 sm, vazni: kuzgi muddatda 650-750 g, bahorgi muddatda 270-300 g. Eti oq, silliq, sersuv, shirin. Ildizmevasi uchdan biri yer ustida joylashgan, bu esa hosilni yig‘ishda qulaylik yaratadi. Hosildorligi kuzgi muddatda 40-45 t/ga.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |