10- laboratoriya mashg‘ulot


Download 1.54 Mb.
bet2/9
Sana20.06.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1631552
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu (1)

Uyaliligi: kam (uyasida 1-2 ta piyozboshi bo‘lgan), o‘rtacha (2-3), kup (4-6 ta uyasi bo‘lgan);
Piyozning mazasi: shirin, bir oz achchiq, yarim achchiq, achchiq;
Vegetatsiya davri: ertapishar (maysa chiqargandan to piyozi etilguncha 150 kun), o‘rtapishar (150-180 kun), kechpishar (180 kundan ortiq).
Ishni bajarish tartibi. O‘quvchilar yangi uzib olingan o‘simliklar, ya’ni piyoz va mulyajlardan foydalanib, oddiy piyozning morfologik belgilari bilan tanishadilar, respublikamizda rayonlashtirilgan navlarini 1-jadval bo‘yicha ta’riflaydilar.
Ta’riflash sxemasining bo‘sh ustunlariga navlarning nomi yoziladi.
Piyozning juda qisqarib ketgan poyasi tubi deyiladi. Naysimon barglari ana shu tubiga birikkan bo‘ladi. Bu barglar qo‘ltig‘ida kurtaklar (boshlang‘ich kurtak) shakllanadi. Har bir navbatdagi barg oldingi bargining maxsus teshigi ichidan chiqadi. Natijada soxta poya hosil bo‘ladi. Barglar novi asosida zaxira oziq moddalar to‘planadi, ular yo‘g‘onlashib piyoz bosh hosil qiladi.
O‘rta Osiyoda ekiladigan navlari maysa chiqargandan to piyozni yetilguncha 130 – 200 kun o‘tadi. Vegetatsiya davri 150 kungacha bo‘lganlarni ertapishar, 150 – 180 kun bo‘lganlari o‘rtapishar va 180 kundan ortiq bo‘lganlari kechpishar hisoblanadi.



PIYOZ NAVLARI









51-rasm. SUMBULA
Ertapishar nav, o‘suv davri 110 kun. Hosili aprelning ikkinchi yarmi, mayning birinchi o‘n besh kunligida pishib yetiladi. Hosildorligi 40-45 t/ga. Erta kuzda avgustning ikkinchi va sentabrning birinchi yarmida ekishga yaroqli.



52-rasm. OQ DUR
Ertapishar nav, o‘suv davri 110 kun. Hosili aprelning ikkinchi yarmi, mayning birinchi o‘n besh kunligida pishib yetiladi. Hosildorligi - 38-43 t/ga. Erta kuzda avgustning ikkinchi va sentabrning birinchi yarmida ekishga yaroqli.









53-rasm. 3AFAR
O‘rtapishar nav, o‘suv davri- 138-143 kun. Hosildorligi 40-45 t/ga. Bahorgi va to‘qsonbosti muddatlarda ekishga yaroqli

54-rasm. MARG‘ILON MAHALLIY
Kechpishar nav, o‘suv davri 150-160 kun. Piyozboshi tuxumsi- mon, ba’zan sigaret simon, qobig‘i oq rangli, eti ok, juda mayin, sersuv, tig‘iz emas, vazni 80-100 g, degustatsion bahosi 5 ball, shirin. Hosildorligi 29-31 t/ga.









55-rasm. KABA 132
Kechpishar nav, o‘suv davri 150-160 kun. Piyozboshi yumaloqsimon yoki cho‘yan qozonsimon, ustki qismi keng, il- dizga yakinlashgan sari ingichkalashib boradi, qobig‘isarik, eti ok, tig‘izligi o‘rtacha, vazni 80-100 g, yarim achchiq. Tarkibida quruq modda miqdori 8,9%. Hosildorligi 25- 30 t/ga.



56-rasm. ISTIQBOL
O‘rtapishar nav, o‘suv davri- 133-143 kun. Hosildorligi 45-50 t/ga. Bahorgi va to‘qsonbosti muddatlarda ekishga yaroqli.





57-rasm. SAMARQAND QIZILI 172
Kechpishar nav, o‘suv davri 150-160 kun. Piyozboshi yassi- yumaloqsimon» qobig‘i siyoh, rang, etli, eti och gunafsha yoki och pushti rang, tig‘izligi o‘rtacha, vazni 70-90 g. Hosildorligi 25-30 t/ga


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling