10- laboratoriya mashg‘ulot
Download 1.54 Mb.
|
10-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- PIYOZ NAVLARI
- MAR G‘ILON MAHALLIY
- SAMAR QAND QIZILI 172
Uyaliligi: kam (uyasida 1-2 ta piyozboshi bo‘lgan), o‘rtacha (2-3), kup (4-6 ta uyasi bo‘lgan);
Piyozning mazasi: shirin, bir oz achchiq, yarim achchiq, achchiq; Vegetatsiya davri: ertapishar (maysa chiqargandan to piyozi etilguncha 150 kun), o‘rtapishar (150-180 kun), kechpishar (180 kundan ortiq). Ishni bajarish tartibi. O‘quvchilar yangi uzib olingan o‘simliklar, ya’ni piyoz va mulyajlardan foydalanib, oddiy piyozning morfologik belgilari bilan tanishadilar, respublikamizda rayonlashtirilgan navlarini 1-jadval bo‘yicha ta’riflaydilar. Ta’riflash sxemasining bo‘sh ustunlariga navlarning nomi yoziladi. Piyozning juda qisqarib ketgan poyasi tubi deyiladi. Naysimon barglari ana shu tubiga birikkan bo‘ladi. Bu barglar qo‘ltig‘ida kurtaklar (boshlang‘ich kurtak) shakllanadi. Har bir navbatdagi barg oldingi bargining maxsus teshigi ichidan chiqadi. Natijada soxta poya hosil bo‘ladi. Barglar novi asosida zaxira oziq moddalar to‘planadi, ular yo‘g‘onlashib piyoz bosh hosil qiladi. O‘rta Osiyoda ekiladigan navlari maysa chiqargandan to piyozni yetilguncha 130 – 200 kun o‘tadi. Vegetatsiya davri 150 kungacha bo‘lganlarni ertapishar, 150 – 180 kun bo‘lganlari o‘rtapishar va 180 kundan ortiq bo‘lganlari kechpishar hisoblanadi.
Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling