EKISH SXEMASI: bahorgi 70x25(30) sm, yozgi 70x40, 90x35 sm.
Ko‘chat sarfi: (1 ga xisobida)- bahorgi muddatda 47000 dona, yozgi muddatda 35000 dona ko‘chat ekiladi. Urug‘ sarfi 0,5 kg/ga.
Parvarishlash: Ko‘chatlar ekilgandan so‘ng 15-16 kun o‘tgach egat ichi, pushta va qatordagi ko‘chatlar orasi yumshatiladi, oziqlantiriladi va sug‘oriladi. Ikkinchi ishlov birinchi ishlovdan so‘ng 12-15 kun o‘tgach o‘tkaziladi. Bunda begona o‘tlardan tozalanadi, yumshatiladi, tuproq karam ko‘chatining atrofiga bosiladi, oziqlantiriladi va sug‘oriladi.
Sug‘orish: Sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda hosil yetilguncha ertagi muddatda 5-6 marta, yozgi muddatda 10-12 marta.
Sizot suvi yuza joylashgan yerlarda bahorgi muddatda 4-5 marta, yozgi muddatda 8-10 marta sug‘oriladi.
O‘g‘itlash: (1 ga xisobida) Karamni yillik o‘g‘itlash normasi quyidagicha : 20 -30 t/ga go‘ng, N 200 P 150 K 75 kg/ga sof modda holida. Yerni haydashdan oldin 20 t/ga go‘ng, fosforning 75% va kaliyning 50% beriladi.
Fosforning 25% va kaliyning 50 % va azotning 20% kuchatni ekishdan oldin beriladi.
Ishni bajarish tartibi. Talabalar yangi o‘simliklardan yoki sabzavot omborlarida saqlanayotgan ekinlardan foydalanib, karamning morfologik belgilari bilan tanishadilar va respublikamizda rayonlashtirilgan navlarini 15-jadval bo‘yicha ta’riflaydilar.
15- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |