10- laboratoriya mashg‘ulot
Download 1.54 Mb.
|
10-mavzu (1)
Nav belgilari. Oddiy piyoz navlari bargi va piyozboshining qator morfologik belgilariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
1. B a r g l a r i n i n g k a t t a-k i ch i k l i g i. Barglari yirik, o‘rtacha va mayda bo‘ladi. 2. B a r g l a r i n i n g r a n g i och yashil, yashil, to‘q yashil bo‘ladi. 3. B a r g l a r i d a m u m g‘ u b o r ko‘p, o‘rtacha, kam bo‘ladi yoki bo‘lmaydi. 4. B a r g l a r i s o n i: ko‘p, o‘rtacha va kam bo‘ladi. 5. B a r g l a r i n i n g sh a k l i ko‘ndalang kesimida yumaloq va yassi bo‘lib ko‘rinadi. 6. P i yo z b o sh i n i n g sh a k l i yassi, yumaloq-yassi, yumaloq, ovalsimon, uzunchoq-ovalsimon uzun (sigarasmon) bo‘ladi. Yassilarga shaklining indeksi 0,6, yumaloq-yassilarga – 0,65 – 0,8; yumaloqlarga – 0,85 – 1,0; ovalsimonlarga – 1,05; cho‘ziq-ovalsimonlarga – 1,25 – 2,0 va uzun (sigarasmon) larga – 2,0 dan ortiq bo‘lgan piyozboshlar kiradi. Bu shakllar yuqoriga va pastga qaragan bo‘lishi mumkin. Urug‘lar chuqur ekilsa, yassi piyozboshlar uzunchoq shaklga kiradi. 7. P i yo z b o sh n i n g y i r i k-m a y d a l i g i. Piyozboshlar mayda – 50 g gacha, o‘rtacha – 50 – 120 g, yirik – 120 g dan og‘ir bo‘ladi. Oziqlanish maydonining qisqarishi, noqulay tuproq sharoiti, urug‘lik-ning maydaligi piyozboshlar maydalashib ketishiga sabab bo‘ladi. 8. T a sh q i q u r u q q o b i g‘ i n i n g rangi och sariq, jigar rang, to‘q jigar rang, pushti-jigar rang, har xil binafsha rang, oq (kul rang qirrali jilvali), oq-yashil bo‘ladi. 9. S ye r s u v q o b i g‘ i n i n g r a n g i v a q a l i n l i g i. Ularning rangi oq, oq-yashilroq, oq-sariq jilvali, oq-binafsha jilvali bo‘lishi mumkin. Qalinligiga ko‘ra qobig‘i qalin, o‘rtacha va yupqa bo‘ladi. O‘rta Osiyo navlarida sersuv qobig‘i qalin bo‘ladi. 10. M u r t a k l i l i g i. Bu belgisiga ko‘ra, kam murtakli – 2 – 2 ta murtagi bo‘lgan, o‘rtacha murtakli – 2 – 3 va ko‘p murtakli 3 – 5 ta va undan ko‘p murtagi bo‘lgan piyozboshlar bor. O‘simliklarning qalinlashuvi, namlik yetishmasligi, yerning qatqaloqlanishi, murtak hosil bo‘lishini susaytiradi. 11. U ya l i l i g i. Bu belgisiga ko‘ra piyoz navlari kam uyali (usida 1 – 2 ta piyozbosh bo‘lgan), o‘rtacha uyali (2 – 3) va seruli (4 – 6 ta uyasi bo‘lgan) xillarga bo‘linadi. Ikki yillik qilib o‘stiriladigan O‘rta Osiyo navlari hayotining birinchi yili bir uyali piyozboshi hosil qiladi. 12. P i yo z n i n g m a z a s i shirin, bir oz achchiq, yarim achchiq, achchiq bo‘ladi. Piyozning O‘rta Osiyo navlari shirin, bir oz achchiq xillarga kiradi. 13. P i yo z b o sh n i n g t i g‘ i z l i g i. Piyozboshi tig‘iz, o‘rtacha tig‘iz, yumshoq bo‘ladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling