10 – Mavzu: Estetika nazariyasi Ma’ruza rejasi


Download 84.54 Kb.
bet4/10
Sana15.12.2022
Hajmi84.54 Kb.
#1008273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-мавзу. Эстетика назарияси

«Dizayn» - bu ishlab chiqarishda rassomlar tomonidan bo‘lajak buyum loyihasining yaratilishini ham o‘z ichiga oladigan estetik faoliyatning turi hamda ijod natijasi-estetik sifatga ega bo‘lgan tayyor sanoat buyumi. Texnika estetikasi dizayn nazariyasidir. Dizayn ommaviy sanoat ishlab chiqarish hamda atrof pretmetlar muhitini bilishning go‘zallik haqidagi tasavurlarimizga mos keltirish ehtiyoji bilan bog‘liq xolda vujudga keladi. Predmetlar tartibsizligiga barham berish va predmetlar olamini tartibga keltirish texnika estetikasi va dizayn nazariyasi amaliyotining vazifasi ana shunday.
Ishlab chiqarish muhitining nafosatli jihatlarini vujudga keltirish, unga «ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (texnika nafosatshunosligi)ga oid rasm-chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi.
Texnika estetikasi tushunchalarining vujudga kelishi tarixining o‘zi ham qiziq. Qadimgi vaqtlarda san’at alohida ishlab chiqarishdan ajralgan xolda mavjud emas edi, balki u bilan amaliy jihatdan boqliq edi. Masalan, Qadimgi Gresiyada shaharlar qurilishi ham, haykaltaroshlik ham, astronomiya bilan shug‘ullanish ham, tabobat amaliyoti ham, oddiy buyumlar tayyorlash ham birgina so‘z «texne» bilan san’at va mahorat kabilar birlashtirilgan.
Rassom-konstruktor (dizayner) - bu ishlab chiqarishda faqat vazifa talablariga ko‘ragina emas, balki go‘zallik talablariga ko‘ra ham javob bera oladigan san’at buyumlari formasini loyihalaydigan mutaxassisdir.
Rassom konstruktor o‘z kasbiga ko‘ra, injener konstruktorlar yoki texnikadan farq qiladi, texnik konstruksiya bo‘limi va uning vazifasi asosida o‘zining foydalanganligi bilangina emas, guzallik bilan ham ajralib turadigan buyumlarning tashqi shaklini tayyorlaydi. Injenerlik va konstruktorlik g‘oyasi rassomning idroki va fantaziyasi sanoat buyumining o‘zida ifodalanadi.
Har qanday texnik shaklga dizayn tomonidan qo‘yiladigan asosiy talab foydalilik, qulaylik va go‘zallikdir.
Dizaynerdan; birinchidan, konstruksiyaning ishonchliligi, shaklning go‘zalligi va ravshanligini ta’minlovchi predmet yechimlari, ikkinchidan ayrim predmedlar, detallar va elementlar o‘zaro aloqasini ta’minlovchi yechimlar, uchunchidan tabiatni ham qo‘shganligi muxitning butun komponentlari sintezining beradigan yaxlid yechim talab qilinadi.
Dizaynning uch birlik - foyda, qulaylik, go‘zalliklardan kelib chiquvchi tamoyillari ana shulardan iborat.
Dizaynlar faqat yaxshi, chiroyli buyumlar yaratibgina qolmaydi, shu bilan birga keraksiz, usti yaltiroq va qiymatsiz buyumlardan xalos bo‘lishni taqozo etadi. Sanoat ishlab chiqaradigan buyumlar xilma-xilligini har bir buyumning aniq maqsadli bo‘lishini o‘ylash shuning uchun ham muhimdir.
Predmetlar dunyosi va texnika estetikasini tartibga sola turib, dizayn ayni vaqtda kishilarning didi va ehtiyoji turli-tuman ekanligini ham xisobga oladi. Shuning uchun ham, dizayn sof individual talablar bilan boshqa buyumlar ishlab chiqarishda chegaralanishga yo‘l qo‘ymaydi.
Dizaynerning vazifasi bu shunchaki tashqi muhit tashkil qilgan yaxshi va qulay buyumgina emas, balki ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishdir.
Texnika estetikasi ishchiga quyidagi vazifalarni olib keladi. Avvalo estetik jixatdan yaratilgan, mehnat va ishlab chiqarish sharoiti ishchi kuchining kayfiyati, sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. U ishchining jismoniy kuchini tejaydi va asab sistemasini asraydi, didini tarbiyalaydi, mehnat unumdorligining o‘sishiga ta’sir qiladi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatli va samarali tarzda vujudga keladi.

Download 84.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling