10 – Mavzu: Estetika nazariyasi Ma’ruza rejasi


Tragiklik (fojiaviylik) –


Download 84.54 Kb.
bet9/10
Sana15.12.2022
Hajmi84.54 Kb.
#1008273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-мавзу. Эстетика назарияси

Tragiklik (fojiaviylik) – ilg‘or, progressiv ijtimoiy kuchlarning reaksion, konservativ kuchlarga qarshi ayovsiz, tarixan zaruriy kurashi natijasida vujudga keladigan o‘lim, halokatga olib keladigan voqea-hodisalarni ifdalovchi estetika tushunchasi.
Komiklik (kulgililik) – eskirib, umrini o‘tab bo‘lgan qoloq, nomunosib ijtimoiy hodisalar, hatti-harakatlar va munosabatlarni ifodalovchi estetika tushunchasi.
Qahramonlik – buyuk va ajralib turuvchi mardlik, matonat, dovyuraklik, fidokorlik kabi hatti-harakatlarni va munosabatlarni ifodalovchi estetik kategoriya.


4-savol bayoni: Voqelikning san’atda aks ettirilishi va san’at rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganish ham estetika predmetidir. San’at – bu estetik faoliyatning o‘ziga xos turi, voqelikning badiiy obrazlar vositasida aks ettirilishidir. U kishini yashashga o‘rgatadi, go‘zallikka da’vat etadi, ma’naviy yuksaltiradi. Shu bois,”san’atsiz yashash vaxshiylikdir” deb bejizga aytilmagan. Badiiylik – estetik hodisalarning san’atda aks etishini ifodalovchi estetik kategoriya. Bu tushuncha, keng ma’noda, san’atning voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettirishini anglatadi. Badiiyliksiz obrazlilik, obrazli aks ettirishsiz badiiylik mavjud bo‘la olmaydi. Tor ma’noda, san’at asarining badiiy saviyasini ifodalaydi. San’atnig asosiy xususiyatlarini quyidagi ikki jihatiga ko‘ra tasniflash mumkin:

  1. San’atning ichki estetik jihatlariga xos xususiyatlari:

  • Majoziyligi – narsa-hodisalar yoki so‘z-iboralar ko‘chma ma’nolarda, ko‘p ma’noli tarzda vo‘llanilishi. Majoziylik, keng ma’noda, badiiy qiyofa yaratish, umumlashtirish, ramziylik. O‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, kinoya singari badiiy vosita va usullarni o‘z ichiga oladi.

  • Demokratikligi – San’atning bu xususiyati erkinlik bilan bog‘liq. Ijodkor fikr erkinligi, so‘z erkinligi, g‘oya erkinligi, mavzu erkinligi, uslub erkinligi, rang erkinligi va boshqa ijodiy erkinliklar tizimiga ega bo‘lsagina uning asari san’at namunasi bo‘la oladi. Faqat ijod emas, badiiy asarni estetik idrok etish ham erkin bo‘lishi zarur.

  1. San’atning tashqi, ya’ni boshqa ma’naviy hodisalar o‘rtasidagi mavqeiga xos xususiyatlari:

  • Ijtimoiyligi – har bir san’at asari ijtimoiy hayotning dolzarb muammolarini, yetakchi g‘oyalarini, muayyan mafkurani ko‘tarib chiqmasligi mumkin emas. Asar markazidagi badiiy qiyofa – asar qahramoni ijtimoiyliksiz mavjud bo‘la olmaydi. Bu zamonaviylik, mafkuraviylik, hozirjavoblik, dolzarblik kabi sifatlap bilan bog‘liq.

  • Individualashtirish xususiyati – voqelikdagi makon va zamon uchun umumiy bo‘lgan fazilatlar yoki illatlarni, go‘zallik yoki xunuklikni, ulug‘vorlik yoki tubanlikni va boshqa jihatlarni muayyan bir badiiy qiyofada, tasvirda, ifodada umumlashtirib gavdalantiradi. Masalan, “O‘tgan kunlar” romanidagi O‘zbek oyim qiyofasi, qiz majlis tasviri umumiylikning individualashtirilgan, takrorlanmas ifodasi.

  • Tarixiylik xususiyati – har bir san’at asari vaqt nuqtai nazaridan zamonaviy yoki tarixiyligidan qat’iy nazar, u – tarix, badiiylashtirilgan tarixdir.

  • Milliylik va umuminsoniylikning birligi xususiyati.


Download 84.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling