10 – Mavzu: Estetika nazariyasi Ma’ruza rejasi


Download 84.54 Kb.
bet2/10
Sana15.12.2022
Hajmi84.54 Kb.
#1008273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-мавзу. Эстетика назарияси

Nafosat. Nafosat bir tomondan, real voqelikni, ikkinchi tomondan ilmiy tushunchani anglatadi. U real voqelik sifatida inson hayotining barcha sohalarini nurlantirib turuvchi qamrovli ma’naviy hodisa, tushuncha sifatida esa estetika faniga oid yuzlab, ehtimol, minglab atamalarni o‘z ichiga olgan eng yirik istiloh, yevropacha ta’rifda –metakategoriya, estetika fanining tadqiqot ob’ekti. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, nafosatning «hududi» nihoyatda keng, u ob’ektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarini anglatsa, sub’ektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir.
Biroq, bu nafosatning bir tomoni, uni shartli ravishda tashqi nafosat yoki ob’ektdagi nafosat deyishimiz mumkin. Nafosatning ikkinchi tomoni ham borki, o‘zini ichki nafosat yoki sub’ektdagi nafosat tarzida namoyon qiladi. Ana shu ikkinchi jihat estetik jarayonni vujudga keltirishlik xususiyatiga ega bo‘lgan falsafiy hodisa - voqelikni estetik anglash bilan belgilanadi.


2-savol bayoni: Estetik anglash va uning tuzilmasi
Estetik anglash inson ruhiyatida o‘ziga xos, chuqur ijobiy ruhiy o‘zgarishlarni vujudga keltiradigan estetik holat.
Estetik (nafosatli) ongma’naviy-ruhiy hodisalar majmui bo‘lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan nafosatli his, did, fikr, orzu, qarash, nazariya tizimini anglatadi. Estetik ong ijtimoiy hayot zaminida uning bilan mutanosib tarzda o‘zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi.
Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro‘y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy–biologik, ham ijtimoiy–ma’naviy mohiyatga ega; «go‘zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo‘zg‘atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi.
Jamiyatning estetik ongi murakkab tizimli, harakatchan, o‘zaro uzviy aloqador qator qismlardan iborat bo‘ladi.
Estetik ongning turg‘un va uyg‘un qismlari – bular nafosatli hislar, tuyhular, did, orzular (estetik ideal), qarashlar va nazariyalardir. Ular bir-biri bilan aloqador holda o‘zaro ta’sirda bo‘lsada ularni alohida-alohida tahlil etgandagina bu umumiylik mohiyatini anglab olish osonroq bo‘ladi.
Estetik his-tuyg‘ular. His-tuyg‘ular umuman inson ongining ajralmas qismi bo‘lib, nafosatli ong sohasida alohida o‘rin tutadi. Ular nafosatli ongning asosiy qatlamini tashkil etib, uning poydevori hisoblanadi, uning barcha jabhalarini bezaydi va boyitadi.
Estetik hissiyot. Ko‘pincha adabiyotlarda estetik hissiyot «estetik tuyg‘u» so‘zida, birlik shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. Chunki hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg‘udan emas, tuyg‘ular silsilasidan iborat bo‘ladi, shu sababdan uni ko‘plikda–hislar yoki hissiyot shaklida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Estetik did. Estetik did tushunchasining o‘ziga xosligi shundaki, u bir tomondan, idrok, fahm, farosat kabi ildizi aqlga borib taqalsa, ikkinchidan, o‘zining ehtiros, his—hayajon, sub’ektiv baxolash xususiyati bilan ulardan ajralib turadi
Estetik ongning yana bir tarkibiy qismi estetik qarashlar va nazariyalar bo‘lib, ular nafosatli ongning g‘oyaviy sohasini tashkil etadi va ular tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi fikr-mulohazalar va g‘oyalar tizimini anglatadi.

Download 84.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling