10 – Mavzu: Estetika nazariyasi Ma’ruza rejasi


Download 84.54 Kb.
bet7/10
Sana15.12.2022
Hajmi84.54 Kb.
#1008273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-мавзу. Эстетика назарияси

Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go‘zallikning xususiyatlari esa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa–hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baxolanmaydi.
Shu o‘rinda go‘zallik tushunchasi «chiroyli», «ko‘rkam», «nafis», «jozibador», «maftunkor», «latofatli» kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go‘zallik bilan kundalik turmushimizda tez–tez tilga olinadigan «chiroylilik» tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud. Chiroylilik – narsalarning tashqi ko‘rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan harakatdagi o‘zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha.
Inson go‘zalligi. Insondagi go‘zallik aksariyat xollarda uning xulqi, odobi, axloqi va fazilatlari bilan belgilab kelinadi. Avval ham bugun ham inson borliq – jamiyat – texnika o‘r­tasidagi munosabat masalasi ko‘plab ilmiy sohalarning tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelmoqda. Nafosat falsafasi inson go‘zalligining mohiyatiga doir muammolarni tadqiq etishni o‘zining muhim vazifasi qilib belgilaydi. Estetik tafakkur tarixida inson go‘zalligi jism (tana) va ruhiyat masalalari bilan izohlangan. Bu boradagi fikr–mulohazalarning asosida insonning tashqi ko‘rinishi hamda axloqiy fazilatlariga bo‘lgan munosabat masalasi yotadi.
Bir so‘z bilan aytganda, go‘zallik – ma’naviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda aha­miyat kasb etuvchi hamda narsa–hodisalarning uyg‘unligi, hamohangligi, mutanosib­ligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadriyatdir.
Go‘zallikning ziddi xunuklikdir. Xunuklik – nuqsonli, cheklangan, yomon, buzuq, yaramas, g‘ayriinsoniy hodisalar va munosabatlarni ifodalash va salbiy baholashning estetik kategoriyasidir.

Download 84.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling