10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja


Detallarni mexanik ishlov berib tiklash


Download 177.35 Kb.
bet5/15
Sana18.06.2023
Hajmi177.35 Kb.
#1583086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10- maruza

Detallarni mexanik ishlov berib tiklash
Detalni ta’mirlash o’lchamiga moslab tiklash ancha keng tarqalgan usuldir. Uning mohiyati asosiy, ancha murakkab detalga ixtiyoriy o’lchamgacha emas, balki normal o’lchamdan farqlanuvchi oldindan belgilangan o’lchamgacha mexanik ishlov berishdan iborat. Ikkinchi tutashtiriluvchi detal yangi detal qo’yimlarini saqlagan holda shu o’lchamga muvofiq tayyorlanadi. Ta’mirlash o’lchamlari oldindan belgilanganligi va ma’lumligi sababli ikkinchi detalni birinchi detalga bog’liq bo’lmagan holda boshqa korxonada ham tayyorlash mumkin. Detallarning o’zaro almashinuvchanligi bir muncha murakkablashsa ham, biroq ta’mirlash o’lchamlari chegarasida saqlanadi. Bu xol sanoatda qo’llaniladigan usullarni ta’mirlashda qo’llash imkonini beradi? ta’mirlashni arzonlashtiradi va uning sifatini yaxshilaydi.


Detallarni plastik deformatsiyalash (bosim ostida) usuli bilan tiklash.
Detallarning ishlash imkoniyatini bosim ostida ishlash yo’li bilan tiklash materiallarning plastiklik xossasidan foydalishga asoslangan. Metalning ma`lum sharoitda tashki kuch ta`sirida yemirilmay qoldiq (plastik) deformatsiyalanish xossasi ularning plastikligi deb ataladi.
Bosim ostida ishlangan detalning shakli va o’lchamlarigina o’zgarib qolmay, balki uning strukturasi va mexanikaviy xossalari ham o’zgaradi.
Metalning elastik deformatsiyalanishida uning kristal panjarasidagi atomlar bir-biriga nisbatan elastik tarzda siljiydi, quch berilganda bu atomlar asli vaziyatiga qaytib, kristal panjara tiklanadi. Quch oshirilsa elastik o’zgarish plastik o’zgarishga aylanadi va quch olingandan keyin kristall panjara o’zining dastlabki xolatiga qaytmaydi, ya`ni metall plastik deformatsiyalanadi.
Plastik deformatsiyalanishda kristalning bir qismi boshqa qismiga nisbatan siljiydi. Siljish natijasida kristall panjarada atomlarning joylashish o’rni o’zgaradi, buning oqibatida kristall panjaraning shakli buziladiyu, lekin kristallning yaxlitligi buzilmaydi.
Detallarning ishlash imkoniyatini tiklashda ular turli usullarda plastik deformatsiyalanishi mumkin. Bu usullar jumlasiga qo’yidagilar kiradi:
1.Cho’ktirish; 2.To’g’rilash; 3.Kengaytirish; 4.Toraytirish; 5.Botirish; 6.Cho’zish; 7.Nakatkalash:


  1. Download 177.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling