10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja
Download 177.35 Kb.
|
10- maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall konstruktsiyalar va ramalarni tiklash texnologiyasi.
- Listlardan yasalgan metall konstruktsiyalarda
Alyuminiyni gaz va yoy bilan payvandlashdaqo’llaniladigan flyuslar tarkibi(massaning ulushi hisobida, %da) Gaz alangasida payvandlash va eritib qoplashda metallarni eritish uchun kislorod muhitida yonuvchi gazlar (atsetilen, metal propan va b.) alangasidan foydalaniladi. Yonuvchi gazlar ichida atsetilen keng tarqaldi, chunki u yongandagi alangasi 3100-33000S gacha harorat beradi. Galvanik qoplamalar yoyilgan sirtda, detalni deyarli qizdirmasdan turib, metall qatlamini qoplab uni dastlabki o’lchamigacha tiklash imkonini beradi. Ular kam yeyilgan sirtlarga (0,10-0,20 mm gacha) metall qoplab, detalning yeyilishi va korroziya bardoshligini oshirish uchun xizmat qiladi. Metall konstruktsiyalar va ramalarni tiklash texnologiyasi. Mashinalarning metall konstruktsiyalari profilli (shvillerlar, burchakliklardan) va tunuka (list) materiallardan yasaladi. Nuqul metall konstruktsiyalar asosan payvandlab va kamdan-kam xolda parchalanib tayyorlanadi. Payvand choklarda darzlar paydo bo’lishi payvand konstruktsiyalarining asosiy nuqsoni xisoblanadi, parchinlar tayyorlangan konstruktsiyalarda birikmalar bo’shashib qoladi, parchinlar uzilib, parchin mix o’tgan teshiklar yeyilib ketadi. Pavandlab tayorlangan metallokonstruktsiyalarda ham, parchinlab tayyorlangan konstruktsiyalarda ham bo’ylama to’sinlarda, ko’ndalang bruslarda va tirgovuchlarda darzlar, o’zaro tutashadigan detallar uchun mo’ljallangan (o’qlar, barmoqlar, vallar o’tadigan) tashiklarning yeyilishi, tob tashlashi, egilish va buralishlar uchraydi. Listlardan yasalgan metall konstruktsiyalarda (kabina, kuzov, sisternalar, barabanlar va b.da) zanglash va mexanik shikastlanish (darzlar, ezilishlar, uzilishlar) lar uchraydi. - Bo’shashib qolgan parchinlar olib tashlanadi, buning uchun ularning kallagi oddiy yoki pnevmatik zubilo bilan, yoki gaz alangasida kesib tashlanadi yoki maxsus uchlik o’rnatilgan drel bilan o’yiladi. Parchin mix o’tadigan yeyilgan teshik parmalanadi va kattalashtirilgan o’lchamda yo’nib kengaytiriladi yoki teshik payvandlab to’ldiriladi va qaytadan teshik ochilib nominal o’lcham bilan yo’nib kengaytiriladi. Birikmadagi barcha parchin mixlar almashtirilganda barcha teshiklar parmalanib, konduktorlar yordamida yo’nib kengaytiriladi. Download 177.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling