10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja


Elektr yoy bilan qo’lda payvandlash va eritib qoplash


Download 177.35 Kb.
bet9/15
Sana18.06.2023
Hajmi177.35 Kb.
#1583086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
10- maruza

Elektr yoy bilan qo’lda payvandlash va eritib qoplash.


Gaz alangasida payvandlashda detal yonuvchi gazlarning kislorod muxitida yonishidan hosil bo’ladigan issiqlik xisobiga suyuqqlantiriladi. Bunda yon> vchi gaz sifatida atsetilen. suyo’ltirilgan tabiiy gazlar, benzin va benzol bug’lari, vodorod ishlatilishi mumkin. Atsetilen kislorod alangasida payvandlash Gaz alangasida payvandlashning eng ko’p ishlatiladigan turidir, bunda alanganing temperaturasi 31003200 ° S ga teng.
Detalning payvandlanayotgan joyga yonuvchi gaz bilan kislorod keltirish va normal alanga hosil qilish uchun payvandlash gorelkalaridan foydalaniladi. Avtomobillar ta’mirlash qilinadigan korxonalarda kal tsiy karbiddan atsetilen olish uchun GVR 3, GSD5, GRK10 markali statsionar generatorlar ishlatiladi. Payvandlash gorelkasi sifatida past bosimda ishlaydigan SU markali gorelka va o’rtacha bosimda ishlaydigan GS53, GSM53 markali gorelkalardan foydalaniladi.
Detallarning ishlash imkoniyatini elektr yoyi vositasida payvandlash usuli bilan tiklash
Elektr yoyi vositasida payvandlashda detal elektr yoyi ta`sirida suyuqqlanadi. Avtomobil detallarining ishlash imkoniyatini tiklashda N.G.Slavyanov usulidan keng foydalaniladi (6.5-rasm).

6.5-rasm. N.N.Slavyanov usulida payvandlash sxemasi. 1-elektrod; 2-elektrod tutqich; 3-sim; 4-tok manbai; payvandlanadigan detal.


Bu usulda metall elektrodlar ishlatiladi. Bunda payvandlanadigan detal metall stolga qo’yiladi, Tok manbai 4 dan sim stolga keltirilgan. Boshqa sim 3 elektrod 1 kistirilgan elektrod tutqich 2 ga ulanadi. Tok ulangandan keyin elektrodni payvandlanishi lozim bo’lgan detalga tekizish, keyin esa detal yuzasidan tezda 46 mm uzoqlashtirish kerak. Shunda detal bilan elektrod orasida elektr yoyi hosil bo’ladi.
Elektr yoyi vositasida payvandlashda yoy mumkin qadar qisqa bo’lib turishi kerak. Yoy qisqa bo’lganda havo suyuqqlangan metalga kam ta`sir etadi, natijada chokning mexanikaviy puxtaligi ortadi.
Payvandlash tokining qiymati payvandlanayotgan detalning metaliga, uning qalinligiga. elekgrodning diametriga, payvandlash tokining turiga, elektrodning tipiga bog’liq bo’ladi.
Dastaki usulda elektr yoyi vositasi bilan payvandlashda payvandlash yoyining uzunligi, tokning qiymati ham vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi. Elektrod metali bilan detal metali bir tekis suyuqqlanish payvandlash toki qiymatining ortishi yoki kamayishi uncha katta bo’lmasligi lozim.
Dastaki usulda elektr yoyi vositasi bilan payvandlashda kam uglerodli simdan yasalgan elektrodlar ishlatilib, metalning sachrashini ancha kamaytirsa bo’ladi.



Download 177.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling