10- мавзунинг номи: Мантиқ илмининг предмети, асосий қонунлари. Тушунча тафаккур шакли сифатида


Download 243 Kb.
bet3/5
Sana27.08.2020
Hajmi243 Kb.
#127900
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 Мантиқ илмининг предмети, асосий қонунлари Тушунча тафаккур шакли


4. Yetarli asos qonuni. Bizning olam, undagi biron narsa, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Fikrning chinligi tafakkurga xos xususiyat bo‘lib, chin fikrlar haqiqatlar, deb yuritiladi, ularga amaliy va nazariy faoliyat tufayli erishiladi. CHin fikrlash to‘g’ri fikrlashdir, to‘g’ri fikrlash aniqlik, ravshanlik, izchillik, ziddiyatsizlik bilan bir qatorda asoslanganlikni, isbotlanganlikni talab qiladi. Bu narsa tafakkurning yetarli asos qonunida o‘z ifodasini topadi.

Etarli asos qonuni, nemis faylasufi va mantiqshunos olim Leybnits (1646-1716) tomonidan tavsiflab berilgan. Lekin u haqidagi dastlabki fikrlar antik davrga mansub bo‘lib, yunon faylasuflari Levkipp (er.av. 500-450) va Demokrit (er.av. 460-370) tomonidan bayon etilgani ma’lum. Ular hech qanday narsa biron-bir asos, sababsiz paydo bulmaydi, hamma narsa biron bir asos va zaruriyat tufayli yuzaga keladi, deb bilganlar.

Leybnits nuqtai-nazaricha, hamma narsa o‘z mavjudligining muayyan asoslariga ega. Ayni vaqtida ular –haqidagi fikr ham asosli bo‘lishi lozim. Har qanday chin fikr asoslangan bo‘lmog’i lozim. Bu- yetarli asos qonunining talabi. Fikrning asoslari deganda real va mantiqiy asoslar nazarda tutiladi. Fikrning chinligi unda voqelikning qanchalik to‘g’ri aks ettirilganligiga bog’liq. Bu real asos sifatida nomlanadi. Lekin fikrni asoslash uchun har safar inson tajribasiga, amaliyotiga murojaat qilish shart emas. Yetarli asos deganda mantiqiy asos nazarda tutiladi. Inson olam haqida bilim hosil qilar ekan, faqat o‘z tajribasiga emas, balki boshqalar tajribasiga ham tayanadi. Bu tajriba insoniyat qo‘lga kiritgan bilimlarda mujassamlashgan bo‘ladi. Ilmiy bilimlar taraqqiyoti tufayli qonun va qonuniyatlar, aksiomalar, tamoyillar va boshqa bilimlar ishlab chiqiladi va ular fanlar mazmunida ifodalanadi. Bu bilimlar kishilarning odam haqidagi yangi bilimlar hosil qilishlari uchun yetarli asos vazifasini o‘taydi. Demak, bilim fikr asoslangan bo‘lmog’i lozim deganda, mantiqiy asos nazarda tutiladi.

Mantiqiy asoslanganlik fikrlar izchilligi, ketma-ketligi, bir fikrning boshqa bir fikrdan kelib chiqishi tarzida kechadi. Fikr, mulohaza, mushohadaning chinligi boshqa chinligi isbotlangan fikrlar yordamida asoslab beriladi. Yetarli asos qonuni: agar A fikr chin bo‘lsa, uning asosi V ham chin bo‘lishi kerak, tarzida ifodalanadi. Bunda A - fikrni, V - uning asosini ifodalaydi. Ilmiy tadqiqot fikrlar mujassami, izchilligida ifodalanadi. Bunda bir fikrning ikkinchisidan, uning o‘z navbatida boshqa fikrdan kelib chiqishi ilmiy bilish jarayonining uzluksiz davom etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Bu holni mantiqda fikrlar tizimini ifodalaydigan (a-v), (v-s),,, tarzida berish mumkin. Fikrlar bilan ularning mantiqiy asosi orasidagi aloqadorlik obyektiv mazmunga ega, unda olamdagi real munosabatlar aks etadi.

Etarli asos qonunida narsa va hodisalar orasidagi turli bog’lanishlar aks etadi. Masalan, sababiy bog’lanishlar. Sababiy bog’lanishlarni keng ma’noda tushunmoq joiz. Asoslangan fikr deganda fikrlardagi sabab – oqibat aloqadorligi nazarda tutiladi. Demak, chin bilim olamdagi va fikrdagi aloqadorliklarni to‘g’ri aks ettirgan bilimdir. Inson bilish jarayonida asos sifatida ilgaridan hosil qilingan fikrlar tizimiga suyanishi mumkin. Bu fikrlar tizilmasidagi ayrim fikrlar asosni ifodalasa, boshqalari natijani - yangi bilimni ifodalaydi. SHu tariqa fikrning to‘g’riligini asoslash uchun keltirilgan fikrlar mantiqiy asos, deb yuritiladi. Real asos ham, mantiqiy asos ham inson bilimlarida mushohadalar tarzida namoyon bo‘ladi. Obyektiv reallikda sababiy aloqadorlik voqealar ketma-ketligida namoyon bo‘ladi. Dastlab mavjud, biron-bir natijaga olib keladigan hodisa - sabab (asos), uning natijasi – oqibati yangi fikr hisoblanadi. Ayrim hollarda real mavjud sabab va fikriy asos (muhokama) o‘zaro bir-biriga muvofiq kelishi mumkin. Masalan: yer ust qatlamining muzlashi yo‘l transport hodisalarining ko‘payishiga olib keladi. Lekin ayrim hollarda sabab va fikriy asos o‘zaro muvofiq kelavermasligi mumkin.

Aksari hollarda bilish jarayoni hosil qilingan bilim (natija)ni bayon etishdan shu natijaning mantiqiy asoslarini keltirishga qarab boradi. Mantiqning yetarli asos qonuni boshqa turdagi munosabatlar (yakkalik, maxsuslik va umumiylik, butun va qism)ni ham ifodalaydi. Inson biron - bir narsa haqida fikr yuritar ekan, umumiylikdan yakkalikka qarab borish orqali shu narsa haqida yangi bilim hosil qilishi mumkin. Bunda umumiylikka xos bo‘lgan tomonlar, qonuniyatlar alohida narsa va hodisalarga tatbiq etiladi: umumiylik asosni, yangi bilim esa natijani ifodalaydi. Asos bilan natija orasidagi o‘zaro bog’lanish tushunchalar, mulohazalar, xulosalarda ifodalanadi. Umumiy va yakka tushunchalar, umumiy va yakka mushohadalar, hosil qilingan xulosalar fikr izchilligi va ketma-ketligidan iborat bog’lanishlarni aks ettiradi.

Etarli asos qonuniga rioya qilish fikrning mantiqli, tartibli, ishonarli bo‘lishini ta’minlaydi, chin bilimni asossiz qarashlar, uydirmalar, aqidalardan ajratish imkonini beradi.

Yetarli asos qonuni fikrning mazmuniga taalluqli talabni ilgari suradi. Uning boshqa mantiq qonun (ayniyat, ziddiyatsizlik, uchunchisi istisno) lardan farqi – formulaga ega emasligi.

Yetarli asos qonuni ilmiy bilishda muhim o‘rin tutadi. Fanlar mazmuni, qonunlari, tamoyillari ilmiy qarashlar asoslangan fikrlar bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotchi tadqiqot ob’ektini o‘rganish jarayonida uni keltirib chiqargan real sabablar, uning boshqa ob’ektlar bilan munosabatlarini tahlil qiladi, ilgarigi bilimlar mazmunidan kelib chiqqan holda o‘z qarashlarini dalillaydi, mantiqiy izchillikda yangi xulosalar chiqaradi.

Ilmiy bilimlarning asoslari deganda: a) muammo doirasida qo‘lga kiritilgan avvalgi bilimlar; b) ilmiy qonunlar, tamoyillar aksiomalar; v) ilmiy tajribalar natijalari nazarda tutiladi.

Ko‘rinib turibdiki, mantiq qonunlarini bilish va ulardan foydalanish ilmiy izlanishda muhim o‘rin tutadi. CHunki tadqiqotchiga to‘g’ri tafakkur qilish, bir muhokamadan boshqa bir muhokamaga o‘tish qoidalarini, o‘z fikrlarini aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli bayon qilish yo‘llarini o‘rgatadi.

Olamni bilish, u haqida chin bilimlar hosil qilish uchun mantiq va uning qonunlarini bilishning o‘zi kifoya qilmaydi. Olamni bilish uchun - uni qanday bo‘lsa, shundayligicha, barcha aloqa va munosabatlarini hisobga olgan holda har tomonlama o‘rganish, narsa va hodisalarda uzluksiz tarzda kechadigan harakat, o‘zgarish, taraqqiyotni hisobga olish talab etiladi. Bu narsa tadqiqotchidan dialektika qonun - qoidalarini bilishni, olamga dialektik tarzda yondashishni talab qiladi. Dialektika keng qamrovli ta’limot bo‘lib, u olamdagi murakkab aloqa va munosabatlar, o‘zgarish, taraqqiyotnigina aks ettirib qolmay, olamni bilishning eng umumiy ilmiy metodi bo‘lib hisoblanadi. Dialektika formal mantiqning ahamiyatini inkor etmagani holda olamni, undagi o‘zgarishlar, aloqadorliklar, taraqqiyotni chuqur va har taraflama tushunishga yordam beradi.

Tafakkurga nisbatan qo‘yiladigan aniqlik, ziddiyatsizlik, izchillik, dalillanganlik shartlari narsa va hodisalardagi o‘zgarishlarni, taraqqiyotni inkor etmaydi, balki bu holatlarning inson bilimlarida to‘g’ri aks etishini nazarda tutadi. Bilishdagi ziddiyatsizlik olamdagi mavjud ziddiyatlarni inkor etish emas, narsa va hodisalar mohiyati, ichki aloqadorliklarni tushunish, ularga xos bo‘lgan ziddiyatlarni tahlil etishdir; zotan olamning butun siru-sinoati, murakkabliklari undagi ziddiyatlarda, o‘zgarishlarda, muayyan sifat holatlaridan yangi sifat holatlariga o‘tishlarida namoyon bo‘ladi. Olam haqidagi bilimning chinligi uning asoslanganlik darajasiga bog’liq. SHubhasiz, bunda izchil fikr yuritish, fikrlar munosabatiga tayangan holda bir fikrdan ikkinchi bir fikrni keltirib chiqarish muhim o‘rin tutadi. Lekin har qanday chin bilim reallikda mavjud narsa va hodisalar, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni o‘rganishdan kelib chiqadi va bilimning to‘g’riligi uning reallikka mos kelishida ifodalanadi. Ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida mantiq qonunlariga rioya qilish yo‘li bilan bir qatorda dialektik tafakkur hislatlariga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega.

3.Tushuncha tafakkur shakli sifatida. Tushunchaning mazmuni va xajmi.

Mantiqiy (ratsional) bilish, yuqorida ko‘rganimizdek, olamning inson ongida bevosita aks etishi bo‘lib, u uch shakl (tushuncha, mushohada, xulosa)da namoyon bo‘ladi. Olamni bunday aks ettirish til bilan bevosita bog’liq, zotan mantiqiy tafakkur shakllari so‘z va gaplar orqali ifodalanadi.

Tushuncha mantiqiy tafakkurning ilk shakli hisoblanadi. Inson tushunchalar yordamida fikrlaydi hamda bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiladi. Uzoq tarixiy rivojlanish davomida olamni bilish tajribalarini umumlashtirish tushunchalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Olamni bilish til vositasida aks ettirishi deganda, avvalo muayyan turkumga mansub narsa va hodisalarning fikran umumlashtirlishi nazarda tutiladi. Inson atrofidagi narsa va hodisalarni o‘rganish jarayonida uning muhim, umumiy tomonlarini ajratib, umumlashtirib boradi, natijada turli tushunchalar hosil qilinadi.

Tushuncha abstrakt tafakkurning murakkab shakli bo‘lib, u hissiy bilishning shakllari: sezgi, idrok, tasavvurdan farq qiladi. Agar hissiy bilishda obyektiv olamdagi alohida (yakka) narsa, hodisani ongimizda in’ikos etsa tushunchalarda narsalarga xos yakka belgilardan uzoqlashadi va narsa, hodisalarning umumiy tomonlari ongimizda aks etadi.

Tushuncha narsa, hodisalar, ularning muhim belgilari, xususiyatlarini inson ongida yaxlit aks ettiradigan tafakkur shaklidir.



Inson kundalik hayotda turli tushunchalardan foydalanadi. «Uy», «daraxt», «inson», «quyosh», «suv» va hokazo tushunchalar kundalik hayotda narsalarning ko‘zga tashlanib turgan belgilarini umumlashtirish asosida hosil qilingan. Tushunchalar ikki xil vazifani bajaradi, avvalo mushohada (hukm)ning vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi va uning elementi sifatida tarkibiga kiradi. Ikkinchidan, inson ongida olam haqidagi bilimning yaxlit holdagi ifodasi xisoblanadi.

Tushuncha mantiqiy bilish shakli sifatida grammatikaning o‘rganish ob’ekt so‘z bilan chambarchas bog’liq. Bilishning quyi bosqichi bo‘lmish hissiy bilishda obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning obrazi ongimizda aks etadi va sezgi, idrok va tasavvurlar hosil bo‘ladi. Ularda predmetlarning ma’lum bir tomoni aks etadi. Predmetlarning mohiyati, muhim xususiyatlarini aks ettirish, ularni so‘z bilan ifodalashni talab qiladi, har qanday so‘zda umumiylik bor. Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida reallashadi.

Xar bir tushuncha - bu ko‘rib, eshitib, sezib, hidlab bo‘lmaydigan fikr shaklidir. Inson tafakkuri til bilan qanday bog’langan bo‘lsa, tushuncha ham so‘z bilan shunday bog’liqdir. So‘zdan ajralgan hech qanday tushuncha yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. So‘z tushunchaning moddiy-material qobig’idir.

Tushuncha olamdagi narsa va hodisalarning asosiy belgilarini aks ettiradi, lekin uni ifodalash shakli turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, «qalam» tushunchasi turli tillarda turlicha ifodaga ega, lekin u qaysi tilda bo‘lmasin, bitta predmetni ifodalaydi. Tushunchalar tilda so‘z yoki so‘z birikmalarida ifodalanadi va «nom» deb ataladi. Nom yakka yoki bir sinfga mansub predmetlarni aks ettirishi mumkin. Tushuncha bilan so‘z bir narsa emas. So‘z - til kategoriyasi; tushuncha tafakkur kategoriyasidir. Agar tushunchada narsa va hodisalarning mohiyati, asosiy belgilari, xususiyatlari, munosabatlari ifodalansa, so‘z esa buyumlarning nomini ifodalaydi. Ma’lumki, narsa va hodisalarning tabiati ularning nomi bilan umumiylikka ega emas. Agar ular bir umumiylikka ega bo‘lganda edi, bir buyum hamma jahon xalqlari tillarida bir nom bilan atalgan bo‘lar edi.

Hissiy bilishda olamdagi narsa va hodisalarning individual tomonlari aks etadi, tushunchalarda esa umumiylik ifodalanadi.

Tushuncha va tasavvurni ham o‘zaro farqlash lozim.

Tushuncha - mantiqning o‘rganish ob’ekti, tassavurni psixologiya o‘rganadi. Agar biz ma’lum bir guruh kishilariga biror predmet obrazini (masalan: shkaf) tasavvur etishlarini va ushbu tasavvurlarini qog’ozga tushirishlarini so‘rasak, ularning qog’ozga tushirgan tasavvurlari bir-biriga mos emasligini ko‘ramiz. Har bir shaxs predmetni (shkafni) individual o‘ziga xoslik asosida tasavvur etadi. Biz ushbu shaxslarning predmet (shkaf) haqidagi individual tasavvurlaridagi predmetning (shkafning) rangi, materiali, shakli, ulardagi polkalar soni, nimaga xizmat qilishi kabi belgilaridan chetlanib, shkaflar uchun xos umumiy belgi, ya’ni shkaf - bu kiyim, idish, kitob va boshqalarni saqlash uchun xizmat qiluvchi buyum desak, bu alohida qaysidir shkaf bo‘lmay, balki hamma shkaflar uchun xos bo‘lgan umumiy belgini ko‘rsatadi. Demak, tasavvurda individuallik, tushunchada umumiylik mavjud.

Tushunchalar ularda ifodalangan narsa, hodisalarning muhim belgilari asosida yuzaga keladi. Bizni o‘rab turgan narsa hodisalar ko‘plab belgilarga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Kishilik jamiyati tarixida tushunchani izohlashda u ifodalagan alohida narsalarning xususiy belgilari yig’indisi bilan uyg’unlashtirishga harakatlar bo‘lgan. Narsa va hodisalar ko‘p belgilarga ega, tushunchada esa ularning mohiyatini, xususiyatini ifodalaydigan muhim belgilari nazarda tutiladi.

Narsa va hodisalardagi, belgilarni biz avvalo ikki guruhga, ya’ni muhim va muhim bo‘lmagan belgilarga ajratamiz. Muhim bo‘lmagan belgilarning yo‘qolishi yoki o‘zgarishi fikr qilinayotgan predmetning asosiy sifatlari o‘zgarishiga olib kelmaydi. Aksincha, muhim belgilar narsa yoki hodisalarga har qanday holatda ham xos bo‘lib, ushbu belgilarsiz predmetning mavjudligi haqida fikr yuritishi mumkin emas. Masalan, millatning muhim belgisi til birligidir. Boshqa muhim belgilari bo‘lsa-yu, lekin til birligi belgisi bo‘lmasa, u millat bo‘la olmaydi.

Tushunchalarning muhim va muhim bo‘lmagan belgilari nisbiy xarakterga ega, chunki vaqt o‘tishi bilan ilgari muhim hisoblangan belgi nomuhim belgiga aylanishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.

Tushuncha o‘zining mazmuni va xajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig’indisi tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, ya’ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, printsiplar shaklidagi obyektiv chin (xaqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.

Tushunchaning xajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig’indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining xajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va xokazolarni o‘zida qamrab oladi.

Tushunchaning mazmuni va xajmi uzviy bogliq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va xajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning xajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha xajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»ga oid bo‘lish» belgisini qo‘shish bilan xajm jixatidan undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi.

«Fan» tushunchasining xajmini kengaytirish bilan mazmun jixatidan unga nisbatan torroq bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli «tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan san’atda bo‘lmagan spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.

Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.

Mantiqda tushunchalar mazmuni va xajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, xajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.

Yakka tushunchaning xajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Er planetasi», «O‘zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, «ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni hisobga olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi xajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni hisobga olib bo‘lmaydi.

Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning xar bir predmetiga xosdir. Masalan, « O‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini o‘rganmoqda» degan fikr O‘zMUning xar bir talabasiga tegishli. Demak, « O‘zMU talabalari» tushunchasi bu yerda ayiruvchi tushunchadir." O‘zMU talabalari ikkinchi chakiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muxokama etishmoqda» degan fikrda esa, « O‘zMU talabalari» tushunchasi to‘plovchi tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to‘plamiga nisbatan bildirilgan.

Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadilar. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, Alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qaxramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.



Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, Alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.

Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, « O‘qituvchi» va « O‘quvchi», «Ijobiy qaxramon» va «Salbiy qaxramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.

Ba’zi xollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir.

Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O‘zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, to‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.

  1. Tushunchalar orasidagi munosabatlar.

Biz falsafa kursida olamdagi barcha narsa hodisa, jarayonlar o‘zaro bir-birlari bilan aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Olamni anglamoq, u haqida chin bilimlarni hosil qilmoq uchun narsa va hodisalarni aloqadorlikda olib o‘rganish lozim degan xulosaga kelgan edik.

Olamdagi narsa va hodisalar aloqa va munosabatlari inson ongida aks etadi va tushunchalar orasidagi aloqa va munosabatlarni keltirib chiqaradi.

Tushunchalar mazmun jihatidan 2 guruhga: taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarga bo‘linadi.

Mazmun va hajm jihatidan yaqin va o‘zaro munosabatda bo‘lgan tushunchalar taqqoslanadigan tushunchalar deyiladi. «Uy jihozlari» va «shkaf»-taqqoslanadigan tushunchalar.

Mazmuni va hajmi jihatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar taqqoslanmaydigan tushunchalar deyiladi. Masalan, «paxta dalasi» va «yoshlar yili» tushunchalari umumiylikka ega emas. Ular – taqqoslanmaydigan tushunchalardir.

Taqqoslanadigan tushunchalar o‘z navbatida sig’ishadigan va sig’ishmaydigan tushunchalarga bo‘linadi. Hajm jihatdan bir-biriga ma’lum bir darajada aloqasi bo‘lgan tushunchalar sig’ishadigan tushunchalar deyiladi.

Masalan, «kitob» bilan «darslik» - sig’ishadigan tushunchalar. Hajmlari turlicha, o‘zaro mos kelmaydigan tushunchalar sig’ishmaydigan tushunchalar deyiladi. Sig’ishadigan tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar deganda: a)ayniyat; b) bo‘ysunish v) qisman moslik munosabatlari nazarda tutiladi.

a) ayniyat munosabati. Hajm jihatidan o‘zaro bir biriga to‘la mos keladigan tushunchalar orasidagi munosabat-ayniyat munosabat, deyiladi.

Ayniyat munosabatidagi tushunchalar hajmi jihatdan teng bo‘lib, bir predmetni turli tomondan ifodalaydi. Ular mos tushunchalar deb ham nomlanadi. Sinonimlar bunga misol bo‘la oladi Mos tushunchalarning birida predmetning bir belgisi, ikkinchi tushunchada esa boshqa belgisi ko‘rsatiladi. Mos tushunchalardan to‘g’ri foydalanish fikrni aniq tushunish va ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi. Masalan, notiq biror shaxs haqida gapirar ekan, nutqida bir tushunchani boshqa bir tushuncha bilan almashtira olsa, uning nutqi mazmunan boyiydi va tinglovchilarda qiziqish uyg’otadi.

G’azal mulkining sultoni- A

O‘zbek adabiy tilining asoschisi- B.

Bu misolda A va B – ayniyat munosabatidagi tushunchalar. Ular mos, aynan bir hil tushunchalardir. Ularni har ikkisida buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiy ifodalangan..

Mantiqiy shakli: A-V



V-A

Tushunchalar orasidagi ayniyat munosabatini quydagicha Eyler doirasi shaklida ifodalash mumkin





b) bo‘ysunish munosabati.

- Keng hajmli tushuncha bilan tor hajmli tushunchalar orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bunda keng hajmli tushuncha-bo‘ysundiruvchi, tor hajmli tushuncha bo‘ysunuvchi, deb yuritiladi.

Masalan: A. Fan

B. Kibernetika,

Berilgan misoldagi A tushuncha (fan) keng hajmli. B tushuncha (kibernetika) A ning tarkibiga kiradi, tor hajmli.

Bo‘ysunish munosabati quyidagi grafik usulida ifodalash mumkin:



Keng hajmi tushunchani – jins tushuncha; tor hajmli tushuncha-tur tushuncha, deb turkumlagan edik. Umuman olganda, jins va tur tushunchalar orasidagi munosabat bo‘ysunish munosabati, deb yuritiladi.



Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling