10- мавзунинг номи: Мантиқ илмининг предмети, асосий қонунлари. Тушунча тафаккур шакли сифатида


Download 243 Kb.
bet4/5
Sana27.08.2020
Hajmi243 Kb.
#127900
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 Мантиқ илмининг предмети, асосий қонунлари Тушунча тафаккур шакли


v) qisman moslik munosabati.

- Hajmlari o‘zaro bir-birga qisman mos keladigan tushunchalar orasidagi munosabat qisman moslik munosabati deyiladi.

Bunda ikki guruh predmetlari o‘rtasidagi munosabat aks etadi: birinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismi ikkinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismiga mos keladi. Ushbu munosabatdagi tushunchalar hajmi jihatidan qisman mos kelsalarda, lekin mazmun jihatidan har-xil ifodalanadi.

Masalan: A. Ishchi. B. tadbirkor.



Ishchilarning bir qismi tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan tadbirkorlarning orasida ishchilar ham bo‘lishi mumkin. Qisman moslik munosabatidagi tushunchalar chatishma tushunchalar ham deb yuritiladi.

Qisman moslik tushunchalar munosabatini quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin.

Eyler Leonard (1707-1783) yirik nemis olimi, matematik, fizik, astranom, mantiqshunos. U tushunchalar orasidagi munosabatlarni tasvirlashda doira shaklidan keng foydalangan.



ishchi ”-A tushuncha

tadbirkor” – B tushuncha.

Ishchilarning bir qismi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish mumkin. –A.



Tadbirkorning bir qismi “ishchi” bo‘lishi mumkin – B.

“Tadbirkor” bo‘lmagan ishchilar va ishchi bo‘lmagan tadbirkorlar bor.

Ishchi - tadbirkor” (AB) – chatishma tushuncha.

Sig’ishmaydigan tushunchalar o‘rtasida: a) birga bo‘ysunish; b) qarama-qarshilik; v) zidlik munosabatlari mavjud.

a) birga bo‘ysunish munosabatida tushunchalar o‘zaro bir-birini istisno qiladi, lekin ular birgalikda hajmi keng boshqa tushunchaga bo‘ysunadi.

Bir jinsga mansub bir qator tushunchalar orasidagi munosabat birga bo‘ysunish munosabati deyiladi.



Masalan, A. Badiiy adabiyot B. Arxitektura V. Amaliy san’at

A, B, V tushunchalari birgalikda nisbatan kengroq hajmli D (san’at) tushunchasiga bo‘ysunadi. Bunda A, B, V lar birga bo‘ysunuvchilar;

Birga bo‘ysunish munosabatini quyidagi grafik shaklida ifodalash mumkin.







b) qarama-qarshilik munosabatida tushunchalar bir jinsga mansub bo‘ladi. Ular odatda o‘zaro bir-birini inkor etadi. Bir tushunchaning to‘g’riligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqadi. Lekin qarama-qarshilik munosabati orasida uchinchi bir tushunchaning bo‘lishiga imkon qoldiradi.

Masalan, oq – A tushuncha. Qora-B tushuncha.

Bu misolda A-B ni inkor etadi, B ham A ni inkor etadi. A ning chinligidan B ning xatoligi kelib chiqadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda “A” ham “B” ham xato; uchinchi “V”tushuncha chin bo‘lishi mumkin. Qarama - qarshilik munosabatida uchinchi bir tushuncha chin bo‘lishi nazarda tutiladi.

Qarama-qarshilik – munosabatini quyidagi grafik usulda

ifodalash mumkin.



v) zidlik munosabatidagi tushunchalar ham qarama-qarshi munosabatidagi tushunchalar kabi o‘zaro bir-birini inkor qiladi. Zidlik munosabatida inkor etilayotgan tushuncha noaniq bo‘lib qolaveradi. Munosabati qarama-qarshi tushunchalar singari bir doiraga kirsada, inkor etgan tushuncha doiraning noaniq qismini tashkil qiladi. Agar qarama-qarshi tushunchalar uchinchi tushunchaga o‘rin qoldirsa, zid tushunchalar ularga hech qanday o‘rin qoldirmaydi. SHuning uchun ikki zid tushunchaning biri rost bo‘lsa, ikkinchisi albatta xato, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas.

Masalan: Katta – A

Katta emas – A emas

Zidlik munosabatida A tushuncha biror - bir belgini ifodalaydi. Ikkinchisi (A-emas) bu belgining mavjudligini tamomila inkor qiladi.

Berilgan misoldagi A tushunchaning chinligi B ning xatoligini keltirib chiqaradi yoki aksincha. Ular bir birini tamoman inkor etadi, uchinchisining bo‘lishi mumkin emas.

Ziddik munosabatini quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin:

SHunday qilib, tushunchalar orasidagi munosabatlarni quyidagi grafik usulida ifodalash mumkin.


Тушунчалар





Таққосланадиган тушунчалар

Таққосланмайдиган


Sig’ishadigan Sig’ishmaydigan



zidlik


ayniyat bo‘ysunish birga



bo‘ysunish



qisman moslik qarama-qarshilik



  1. Tushunchani bo‘lish va ta’riflash.

Tushunchalar ustidagi mantiqiy amallar deganda: a) tushunchalarni umumlashtirish: b) chegaralash: v) tushunchalarni bo‘lish: g) tushunchalarni ta’riflash nazarda tutiladi.

Olamning mohiyatini anglashda fikrimiz ba’zan hajmi kengroq tushunchadan torroq tushunchaga qarab harakat qilsa, ba’zan esa aksincha bo‘ladi. Ushbu jarayon mantiq fanida tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash deyiladi.



a) tushunchalarni umumlashtirish. Fikrlash jarayonida tor hajmli (tur) tushunchadan keng hajmli (jins) tushunchaga qarab borish – tushunchani umumlashtirish deyiladi. Masalan, o‘qituvchi-ziyoli- inson.

Tushunchalarni umumlashtirishda yakka tushunchadan umumiy tushunchaga qarab boriladi. Umumlashtirishning muayyan chegarasi mavjud. Uning natijasida ortiq umumlashtirish mumkin bo‘lgan tushunchalar hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalar kategoriyalar deyiladi. Kategoriyalar olamdagi narsa, xodisalarning eng umumiy xususiyatlarini, aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Har bir fan o‘ziga xos kategoriyalar sistemasiga ega. Masalan, fizikada «atom», «molekula», «energiya», «quvvat» matematikada son, tenglama, differertsional, integral va hokazo.

Umumlashtirish mantiqiy amalini quyidagicha ifodalash mumkin: Akula (A) – yirtqich baliq (B) – baliq (V) suv hayvoni (G)

Bu misolda fikr tor hajmdagi tushunchadan keng hajmli tushunchaga qarab borgan. Buni A-B-V-G mantiqiy shaklda yoki grafik usulda - Eyler doirasi tarzida ifodalash mumkin. Grafikdagi strelka A dan G ga qarab boradi va umumlashtirishni ifodalaydi.



Grafikdagi strelka Adan Gga qarab



boradi va chegaralash yo‘nalishini

ifodalaydi.

Umumlashtirish mantiqiy usuli tushunchalarni ta’riflashda qo‘llanadi.



b) tushunchani chegaralash. Fikr yuritish jarayonida hajmi keng (jins) tushunchadan torroq (tur) tushunchaga tomon borish tushunchani chegaralash deyiladi. Tushunchalarni chegaralash natijasida yakka tushunchalar hosil qilinadi. CHegaralash natijasida hosil bo‘lgan tushunchalar yakka yoki «individ» tushunchalar deyiladi. Masalan: «harakat» tushunchasini shunday chegaralash mumkin: harakat (A) -mexanik harakat (B) - aylanma xarakat (V) - yer planetasi xarakati (G)

Harakat - A

Mexanik harakat - AB

Aylanma harakat - ABV

Er planetasi harakati – ABVG

CHegaralash quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin.









Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlash operatsiyasidir. Agar umumlashtirish orqali narsa va hodisalarning muhim, bir-biriga o‘xshash tomonlarini bilsak, chegaralash orqali esa har bir narsaning o‘ziga xos, konkret tomonlarini, ichki xususiyatlarini bilamiz.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling